Metodologiyasi
Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Hindiston. — Т.: Fan. 1968. 40-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Hindiston. — Т.: Fan. 1968. 40-b.
2 Qarang: Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. Hindiston. т- Т.: Fan. 1968. 214-b. 3 0 ‘sha joyda. sifatida ajratilishi uchun asos bo‘lgan tarixiy voqea yoki hodisa- larni aniqlashtirish, u yoki bu xalqlar (yoki hududlar)da bu davr- larning boshlanishida ixtiloflar mavjud bo‘lsa, ularning bosh- lanishidagi asl holati qanday ekanligini mavjud manbalar orqali dalillar asosida ko‘rsatib berish lozimligi ta’kidlanmoqda. Zamonaviy tarix fani metodologiyasida diaxron uslub borasida quyidagi jihatlar asosiy o‘rin tutadi. Ya’ni, tarixiy tadrijiylik asosi da tadqiqotning amalga oshirilishi, tarixiy voqealarning ketma-ket, bosqichma-bosqich rivojlanishi bo‘yicha tadqiqot amalga oshiriladi. Vaqt bo‘yicha jarayonlarning eng ahamiyatli xususiyatlari, yan gi bosqichlarning, davrlarning shakllanish holatlari aniqlanib, ja rayonlarning boshlanish davridagi va yakuniy davridagi holatlari solishtirilib, taqqoslanadi, taraqqiyot va rivojlanishning umumiy yo‘nalishlari aniqlanadi. Beruniy asarida quyidagi so‘zlarni o‘qish mumkin: «Meni irnkon boricha ularni juda ravshan bayon etib, o'quvchi fahm- laydigan, [turli] kitoblarni axarish va u kitob egalarini surishti- rishga ehtiyoj qoldirmaydigan [bir asar yozishga] da’vat etdi. Bu ishning [yetishish] qiyin va olinadigan [manbai] uzoq ekanini va uni yaxshi bilgan odam qalbida shubha qolmaydigan aniq fanlar qatoriga qo‘ymoqchi bo‘lgan kishiga bo‘ysunmasligini bildim»1. Tarixni davrlashtirishdagi an’anaviy boMgan «davr», «asr», «yuz yillik» kabi tushunchalar qadimgi Yunonistonda shakllangan. Tarixni davrlashtirishni interpretatsiyalash metodi va hattoki, tarixiy jarayonlar va voqealarni tushunish va anglash deb ham nomlash mumkin. Tarixni o‘lchash — bu shunchaki mexanik tarzdagi xatti-harakat emas, balki tarixiy hodisalarning tarkibiy qismlarini chuqur tarzda tushuntirib berishga olib boruvchi o‘ziga xos tarzdagi ilmiy tadqiqot deb ham qarash m um kin2. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling