Metodologiyasi


Qarang: Ilhomov Z. Tarix fani metodologiyasi. Tadqiqot uslublari va


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Qarang: Ilhomov Z. Tarix fani metodologiyasi. Tadqiqot uslublari va 
terminlarining izohli lug'ati. — Т.: 2013.


nida yuzaga kelgan shubhani «tajriba va takroriy sinov bartaraf 
etishi mumkin» («Minerologiya»), boshqa asarida «kuzatuvchi- 
dan e’tiborli bolish talab etiladi, o‘z tadqiqotlarining natijalarini 
diqqat bilan qayta ko‘rib chiqishi va ayni vaqtda o‘zini qayta tek- 
shirishi» kerakligini ko‘rsatib o‘tadi («Geodeziya»)1.
Daliliy materiallarni, m a’lumotlarni yig‘ish, dalillarni tizim - 
lashtirish va tahlil qilish jarayonida tarixchi ko‘pgina jarayon­
larning mazmunidagi o'xshashlikni, biroq ayni vaqtda jarayon­
larning zamon va makon bo‘yicha turliligi, bir-biridan farqlanishi 
omillari sababli turlilik kasb etishini va yana ayni vaqtda shak­
lan umumiylikni ko‘rishi mumkin. M azkur uslubning bilish 
jarayonidagi mohiyati uning tarixiy jarayonlarning mohiyati­
ni tushuntirib berish uchun yo‘naltiradigan imkoniyatlarida- 
dir. Jarayonning mohiyatini anglash va tushunish uchun uning 
o‘xshashlik va farqlanuvchi xususiyatlarini tushunish kerak. 
Bu uslubning mantiqiy asosini analogiya tashkil etib, tadqiqot 
obyektidagi biror-bir o‘xshashlik asosida jarayonning boshqa ji­
hatlari haqida ham xulosalar chiqarilishi mumkin.
Tarixiy taqqoslash uslubi tarixiy jarayon tafsilotlari aniq va 
ravshan bo‘lmaganda uning mohiyatini ochishga, shuningdek, 
umumiylikni, qonuniylikni, takrorlanuvchanlikni aniqlash ham ­
da umumlashtirishga va tarixiy parallellikni yuzaga chiqarish 
uchun imkon beradi. Bunda albatta bir qator talablarga rioya et- 
ishga to‘g‘ri keladi. Jumladan, avvalo taqqoslash tarixiy jarayon­
ning shaklan o‘xshash jihatlarini emas, balki mohiyatini aks et- 
tiruvchi aniq va konkret dalillar (faktlar) bilan amalga oshirilishi 
lozim, ikkinchidan, hodisalar va jarayonlarning tipologiyasi va 
davrini yaxshi bilish va tushunish lozim. Taraqqiyotning bir bos- 
qichida yoki turli bosqichlarida bo‘lgan bir xil va turli xil hodisa- 
larni taqqoslash mumkin. Bir holatda mohiyat o‘xshashlik asosi­
da ochiladigan bo‘lsa, boshqa holatda turlilik asosida aniqlanishi

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling