Metodologiyasi
Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 75-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 75-b.
2 Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. 58—59-bb. «Agarki mendan, hozirgi kunda m a’naviyatimizni asrash uchun nim a qilish lozim va unga tahdid soladigan xurujlarga nim ani qarshi qo‘yish kerak, deb so‘rasa, men avvalambor shu yurtda yashayotgan har qaysi inson o‘zligini anglashi, qadimiy tariximiz va boy madaniyatimiz, ulug‘ ajdodlarimizning merosi- ni chuqurroq o‘zlashtirishi, bugungi tez o‘zgarayotgan hayot vo- qeligiga ongli qarab, mustaqil fikrlashi va diyorimizdagi barcha o‘zgarishlarga daxldorlik tuyg‘usi bilan yashashi zarur, deb javob bergan bo‘lardim. Ishonchim komilki, ana shunday noyob insoniy fazilatlarga, yuksak ma’naviyatga ega bolgan xalq hech kimga hech qachon qaram boMmaydi, o‘zining ezgu maqsadlariga albatta yetadi»1. Tarix va tarixiy xotira haqida «Tarix falsafasining nazariy asos- lari» kitobidan quyidagi fikrni o‘qish mumkin: «Aslini olganda, tarix faqat o‘tmish haqidagi ma’lumotlar yoki xotiralar ham emas. Uning buyuk qudrati, tarbiyaviy kuchi, mu- rabbiylik mohiyati o‘tmishni o‘rganish, tadqiq etish orqali bugun- ni baholash, bugunni anglash, bugungi odam larni tushunish va ularni yo‘naltirish borasidagi fikrlarni, g‘oyalarni o‘zida mujas- sam etganida!»2 Tarixiy ong tushunchasi faqatgina fanning muammolaridan birigina bo‘lib qolmasdan, har qanday jamiyat hayotidagi eng muhim va zarur masalalardan biri hisoblanadi. Har qanday jam i yat barqarorligining, ayniqsa ma’naviy yuksakligining eng mu him omillari qatorida mustahkam ko‘rinishdagi tarixiy ong tu shunchasi ham turadi. 0 ‘zbekistonda tarixiy ong, xotirani shakllantirish milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi, umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi tamoyillarini hisobga olgan holda olib borilmoqda. Tarixiy ongni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Dunyo tajribasida bu noyob hodisa. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling