Metodologiyasi
Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 45-b
Download 7.14 Mb. Pdf ko'rish
|
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A
1 Yuksak ma’naviyat - yengilmas kuch. 45-b.
2 Tarix falsafasining nazariy asoslari. 25-b. buyuk ajdodlarimizning nomi qoralandi, milliy madaniyatlar, urf-odatlar, ma’naviy-axloqiy hamda diniy qadriyatlar oyoqosti qilindi. «Bularning barchasi zamirida sovet mafkurasiga xos bolgan, odamzotni tarixiy xotira, Vatan tuyg‘usidan judo qilishga qaratil- gan g‘arazli intilishlar mujassam ekanini anglash, tushunish qiyin emas»1. Vatan tarixidan bexabarlik va uni bilmaslik milliy urf-odat- lar va qadriyatlardan uzoqlashish oqibatida jamiyatimizda avlod- ning ayrim vakillari shakllandiki, ularda milliy ong, milliy g‘urur barham topa boshladi, istiqlol tafakkuri, milliy o‘zlik tushuncha si so‘na boshladi. Ularning ongida Vatan taqdiriga, 0 ‘zbek mil- lati taqdiriga, ona tilimiz, dinimiz, madaniyatimiz va tariximiz taqdiriga befarqlik munosabati qaror topdi. «Marksistik nazariya metodologiyasiga asoslangan va kommu- nistik mafkura bilan tish-tirnog‘igacha qurollangan tarixnavislik metodologiyasi butun o‘tm ishimizm soxtalashtirib yubor- di. Milliy o‘zligimizni unutishga, ajdodlarimizni xotiramizdan o‘chirishga majbur qildi. Faqat o‘z maqsadi va g‘oyalariga mos , keladigan jihatlarnigina saqlab qolib, qariyb uch ming yillik ta- riximizni xaspo‘shlab keldi. Tarixiy xotiradan, tarixiy tafakkur- dan ayirib qo‘yish oqibatida insonni oliy mavjudot sifatidagi qad- riyatini poymol etdi»2. Mustaqillikning dastlabki qadamlaridan boshlaboq xal- qimizning asrlar davomida bosib o‘tgan shonli tarixini, ozodlik uchun olib borgan tengsiz kurashlarini, milliy-ozodlik harakat- larini adolat tarozisiga qo‘yib o‘rganish, ulug‘ bobokalonlarimiz nomini tiklash, yosh avlodni ular bilan faxrlanish, tomirlarida oqayotgan muqaddas qonni his etish, alloma-ajdodlarga munosib vorislar bo‘lish, buyuk yaratuvchanlik ishlarini davom ettirish ru- hida tarbiyalashga alohida e’tibor berila boshlandi. Download 7.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling