nuqtayi
nazaridan yondashib, o‘zi kashf etgan tarix saboqlari-
ni ko‘rsata bilishi kerak. U shunday xolisona ish yozishi ke
rakki, bu jihatdan uning ilmiy xulosalari asrlar davomida ham
ahamiyatini yo‘qotmasligi kerak, buning uchun esa tarixiy ja
rayonlar haqqoniy ko‘rsatilishi kerak.
Tadqiqotchilar yosh av-
lodni vatanparvarlikka, ularda milliy g‘urur uyg‘otishga xizmat
qilishi, ajdodlarimizning ishlarini davom ettirishga undashi ke
rak.
Lekin bundan shovinizm, millatchilik, aqidaparastlik kelib
chiqmasligi, tadqiqotlar umuminsoniy
qadriyatlarga hurmat ru-
hida yozilgan bo‘lishi kerak, tarixiy tadqiqotlar tom ma’noda is-
tiqlol yalovbardori bo'lishi kerak. Xolisona tadqiqot yoza bilish
tadqiqotchining mukammal bilim egasi ekanligi va ma’naviy
komilligini ko‘rsatadi.
Insoniyatning ming yillardagi tarixi va tarixiy taraqqiyoti ja
rayonlariga hamda madaniyati va ma’naviy, ilmiy hazinasiga be-
baho hissa qo‘shgan
buyuk ajdodlarimizga, xalqimizning ming-
lab farzandlarining yurt mustaqilligi,
taraqqiyoti, tinchligi va
osoyishtaligi yo‘lidagi faoliyati va ular qoldirgan merosga mu-
nosib boMish istagi jamiyatimiz a’zolari
orasida tarixiy xotira va
tarixiy ong sifatida keng yoyilishi, har bir fuqaroning ongidan
mustahkam joy olishining ta’minlanishi zamonaviy tarix fanining
muhim vazifalaridan biridir. Zero 0 ‘zbekiston
Respublikasi-
ning Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlaganidek: «Xotira-
si bo‘lmagan, tarixini unutgan, o‘z ajdodlarining qadriga yetmay-
digan millatning istiqboli yo‘q».
Tayanch tushunchalar:
Xotira, tarixiy xotira,
tarixiy ong, mod-
diy va ma’naviy madaniyat, ma’naviy meros, miqdoriy va emot-
sional,
mutanosiblik, tarixiy ong egasi.
Do'stlaringiz bilan baham: