Metodologiyasi


Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 16-b


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. 16-b.


tan aytiladi. Butun ommani, bir necha yuz minglab, millionlab 
aholini birlashtirgan aqidalarga, mezon va qoidalarga ega bo‘lgan 
xalqni qanday izohlash, ta’riflash mumkin?! Ana shu hayotiy va 
ijtimoiy mantiqdan kelib chiqsak, ta’rif va izoh bitta bo'ladi — 
milliy borlig‘imiz, madaniyatimiz ildizi, tomiri o‘troq bo‘lgan.
Masalaga boshqa tomondan yondashib ko'raylik. Bugungi boy 
madaniyatimiz qaysi sivilizatsiyaning mahsuli? Shunday madani- 
yat bor ekan, uni shu zaminda yashagan xalq yaratganmi yoki u 
bo‘m -bo‘sh joyda paydo bo‘lganmi?
Demoqchimanki, tarixim iz kabi, qadim madaniyatimizning 
yaratilishida ham unga ko‘plab etnik guruhlar, el-elatlar o‘z ulu- 
shini qo‘shgan. Bu — tabiiy hoi. Chunki, hech qachon, hech qa- 
yerda faqat bitta millatga mansub madaniyat bo‘lmaydi. Har 
qanday sivilizatsiya ko‘pdan ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoli- 
yatining va samarali ta’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytgan­
da, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq bo- 
qiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi»1.
Xotira va qadrlash insonning ezgu va muqaddas fazilatidir. 
Bu fazilat hayotimizning ko‘rki hisoblanadi. Ulug‘ bobolarimiz, 
m o tab ar vatandoshlarimizni xotirlash bilan birga, ularning ja- 
soratli, savobli ishlarini davom ettirish, ularga munosib vorislar 
bo‘lish inson ma’naviyatining yuksalishi va ayni vaqtda yosh av- 
lod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. E’tirof etish kerakki, 
0 ‘zbekiston o‘tganlar yodi va xotirasiga chuqur hurmat ko‘rsatib 
xotira va qadrlash fazilatlarini umumxalq miqyosida «Xotira va 
qadrlash kuni» sifatida nishonlaydigan dunyodagi kam sonli dav- 
latlardan biridir.
Hozir mustaqil yurtim iz hayotining barcha sohalarida tub is- 
lohotlar, yangiliklar jadal ro‘y bermoqda. Tarixchi tadqiqotchi 
ham tadqiqotlarga yangicha ko‘z bilan qarashi, ularning ortidan 
ergashmasligi, fikrni isloh qila bilishi, tadqiqotda vatanimiz ta­
rixi muammolari ko‘rilayotgan bo‘lsa, milliy g‘oya tamoyillari

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling