Metodologiyasi


Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. — Т.: Sharq, 1998. 6-b


Download 7.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/201
Sana23.11.2023
Hajmi7.14 Mb.
#1796365
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201
Bog'liq
Tarix fani metodologiyasi. Alimova D.A, Ilxamov Z.A

1 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo‘q. — Т.: Sharq, 1998. 6-b.
9


da tarixni yaratishga bo‘lgan munosabat boshqa geografik hudud- 
lar mamlakatlari tarixini yaratish uslublaridan ma’lum darajada 
farqlangan. Bundan Sharqda yaratilgan tarixiy asarlarning o‘zi- 
ga xos xususiyatlari, tarixiy asarlar mualliflarining tarix asarlarini 
yaratish yoki tarixiy jarayonlar tavsifmi yoritishdagi asosiy falsafiy 
qarashlari va yondashuvlari, Sharq tarixchilarining tarixnavislik ja­
rayonida rioya etgan tamoyillari, ilmiy yondashuvlari va uslublari­
ni o‘rganishni ham mazkur fanning asosiy vazifalaridan biri sifa­
tida e’tirof etish lozim. Shundan kelib chiqqan holda qo‘llanmada 
Sharq tarix falsafasining ayrim xususiyatlari haqida ham so‘z yu- 
ritiladi.
Zamonaviy ijtimoiy fanlar sohasida tarixiy xotira tushuncha­
si va tamoyiliga e’tibor kuchayib bormoqda. Zamonaviy tarix fa­
nida tarixiy xotira alohida mavjud tamoyil emas, balki fanlar­
aro yondashuv asosida shakllanib borayotgan alohida maxsus fan 
sohasiga aylanib bormoqda. Tarixiy xotira nazariyasi faol tarzda 
rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, tarix darslarining o‘qitilishi jara­
yonida tarixiy xotira tushunchasining amalda qo‘llanilishiga kat­
ta urg‘u berilmoqda. M azkur qo‘llanmada tarixiy xotira va tari­
xiy ong tushunchalari haqida ham so‘z yuritiladi.
Qo‘llanmada manbalar va ulardan foydalanish tamoyillari xu- 
susida ham so‘z yuritiladi. Tarix fani tadqiqotlarining bu sohasi­
da tarixchi olimlar tomonidan bildirilgan fikrlar va nazariyalarni 
tahlil qilgan holda tarixiy manbalar va dalil interpretatsiyasi 
masalalarida manitiqiylik va mantiqiy izchillik masalasi haqida 
bir qator fikrlar va farazlar berib o‘tiladi. Shuningdek, qo‘llan- 
mada talabalarning o‘tilayotgan mavzularni teranroq o‘zlashti- 
rishlarini osonlashtirish maqsadida fan terminologiyasiga oid bir 
qator so£zlar va ularning tarix fani hamda tarix fani tadqiqot- 
lari bilan bog‘liq vazifalari va izohli tushunchalari berib o‘tilgan. 
«Tarix fani metodologiyasi» fanini o‘qish davomida tarixiy bilim- 
lar nazariyasi haqidagi turli fikrlar o‘rganiladi, ularning tarixiy 
bilimlarga xos bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlariga asosiy e’tibor qa- 
ratiladi.


Q ollanm a mazkur fan yuzasidan dastlabki tajribalardan sana- 
ladi va uni tayyorlashda bugungi kungacha tarix fani hamda fan­
ning metodologiyasi sohasida turli yillarda yurtimizda va xorijda 
nashr etilgan adabiyotlar, fan sohasida tadqiqotlar olib borgan bir 
qator mualliflarning ilmiy maqolalari materiallaridan foydalanil- 
di va o‘z o‘rnida mazkur kitobning tuzuvchilari ularga o‘z min- 
natdorchiligini bildirib qoladilar. Qo‘llanma va unda keltirilgan 
materiallar yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan fan xususi- 
yatidan kelib chiqqan holda ayrim e’tirozlar va bahs-munozara- 
li fikrlar bildirilishi tabiiy. Bu esa albatta, tarix fani va uning 
tadqiqotlari borasida, qolaversa «Tarix fani metodologiyasi» fani 
o'quv adabiyotlarining yanada mukammallikka erishishiga xiz­
mat qilishi shubhasiz.


«TARIX FANI METODOLOGIYASI» FANINING 
PREDM ETI, M A ZM UNI YA VAZIFALARI
Tarix fani metodologiyasi haqida tushuncha. Tarix fa n i metodo- 
logiyasi shakllanishining bosqichlari. Tarixchilarning tarixiy tad­
qiqotlar haqidagi fikrlari.
0 ‘zbekistonda tarix fani rivojlanishining tarixiy yo ‘li haqida. 
0 ‘zbekiston tarixini o‘rganishning tarixshunoslik masalalari.
«Tarix fani metodologiyasi» fanida eng asosiy ko‘riladigan 
masalalar «nazariya», «metodologiya», «tarix falsafasi», «metod» 
(uslub) kabi bir qator tushunchalar va ilmiy qarashlar bilan bog‘liq 
holda ochib beriladi.
Tarix nazariyasi — tarix haqidagi va ayni vaqtda u yoki bu tari­
xiy voqealar, hodisalar va jarayonlar haqidagi umumiy tasavvur- 
lar majmuyidir. Tarix nazariyasi har qanday holatda ham faqat­
gina tarixiy hodisalar haqidagi konkret — tarixiy tasavvur sifatida 
cheklanib qolmasdan, balki tarixiy bilishning eng yuqori dara­
jasi sanaladi. Tarix nazariyasida asosiy e’tibor tarixni real voqe- 
lik sifatida o‘rganuvchi umumiy muammolar (ontologiya) hamda 
tarixni bilish sifatida o‘rganishga (gneseologiya) qaratiladi1.
Tarix fani metodologiyasi ilmiy bilish faoliyati bo‘lib, tarixiy 
tadqiqotlarning amalga oshirilishi, tahlili va o‘rganilishiga qa- 
ratilgan faoliyatdir. Metodologiya ilmiy muammolarning qo‘yi- 
lishi xarakterini aniqlaydi, ularning yechilishidagi eng maqbul 
prinsiplar va yo‘nalishlarni aniqlaydi, tadqiqot metodlarini tan- 
qidiy baholaydi va tahlil qiladi.
Tarix fani metodologiyasi (yunon. metodos — usul, bilish yo‘li, 
logos — so‘z) — mustaqil fan sohasi bo‘lib, tarixni bilish, anglash 
uslublari haqidagi tarix fani tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Bun­
da uslub (metod) tarixiy tadqiqot vositasi sanaladi.
Uslub (metod)lar yordamida tarixchi yoki tadqiqotchi yangi 
bilim larni o‘zlashtirishi yoki tarixiy jarayonlar haqida amaldagi
---------------------- 
/

Download 7.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling