Metrologiya asoslari
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
7 1-AMALIY MASHG’ULOT KATTALIKLARNING MIQDOR VA SIFAT XARAKTERISTIKALARI. Ishning maqsadi: kattalikni o`lchamligi, uning miqdor va sifat xarakteristikalarini o`rganish va shu mavzularda masalalar echish. Ma‟lumki, o‟lchash natijasida biron bir kattalikni son qiymatini aniqlashimiz mumkin, binobarin, bunda shu kattalik miqdori birga teng deb qabul qilingan kattalik bilan solishtiriladi. Umuman olganda har qanday o‟lchash – bu solishtirish demakdir. Unda o‟lchash natijasi tajriba yo‟li bilan, hamda to‟g‟ridan-to‟g‟ri o‟lchash natijalari asosida xisoblab topilishi mumkin. O‟lchanayotgan kattalikning son qiymatini uning o‟lchov birligiga ko‟paytmasi o‟lchash natijasini ifodalaydi, ya‟ni X=n[x], (1.1) bunda X- o‟lchanadigan kattalik; n- kattalikning son qiymati; [x]- kattalikning o‟lchov birligi. Hozirgi zamon raqamli o‟lchash kurilmalarida o‟lchash natijasi o‟zgartirilmasdan analog raqamli o‟zgartkichlarga beriladi va impul‟s signallariga aylantiriladi. O‟lchash qurilmasining oxirgi elementi bo‟lgan suyuq kristalli indikatorda o‟lchash natijasi vizual tasvirlanadi. Bu erda o‟lchash natijasi informativ kattalik sifatida namoyon bo‟ladi. Kattalikning o‟lchamliligi uning sifat xarakteristikalarini ifodalaydi. O‟lchamlilik kattalikning Xalqaro birliklar sistemasining asosini tashkil etgan fundamental kattaliklar bilan bog‟lanishini ko‟rsatadi. Kattalikning o‟lchamliligini dimension-o‟lcham ma‟nosidan kelib chiqqan holda dim simvoli bilan va mos holda lotin grafikasidagi bosh xarflar bilan belgilanadi, ya‟ni dim I=I, dim m=M. (1.2) Matematik ifodalardan iborat bo‟lgan hosilaviy kattaliklarni o‟lchamliligini aniqlashda qo‟yidagi matematik amaliyotlar qo‟llaniladi: 8 - bir necha kattaliklar ko‟paytmasining o‟lchamliligi ular o‟lchamliklarining ko‟paytmasiga teng. Agar Q=A B C matematik ifoda berilgan bo‟lsa, Q kattalikning o‟lchamliligi quyidagi ko‟paytmadan iborat bo‟ladi: dim Q = dim A dim B dim C; (1.3) - agar Q = A/B bo‟lsa, u holda o‟lchamlilik dim Q = dim A/dim B; (1.4) - agar Q = A n darajali ko‟rinishda berilgan bo‟lsa, u holda o‟lchamlilik dim Q = dim A n . (1.5) Yuqoridagi matematik mulohazalar asosida hosilaviy kattalikning o‟lchamliligi umumiy ko‟rinishda darajali algebraik ko‟pxaddan iborat bo‟lib, quyidagi formula bilan ifodalanadi, ya‟ni Dim Q = L n M k ………….., (1.6) bunda L, M, T, I – asosiy fundamental kattaliklarning o‟lchami; n, k, – o‟lchamlilikning daraja ko‟rsatkichlari. Kattaliklarning o‟lchamini aniqlashning yana bir amaliy axamiyati shundaki, ular yordamida matematik ifodalarni to‟g‟ri yoki noto‟g‟ri ekanligini tekshirib ko‟rish imkoniyati mavjud. O‟lchash birligi bilan ham xuddi shunday amaliyotni bajarish mumkin. Kattalikning birligi uning sifat xarakteristikasini aniqlab beradi, binobarin, bu ob‟ekt parametrlarini solishtirishdan kelib chiqadi. 1960 yili o‟lchov va torozilarning XI Bosh konferensiyasida Xalqaro birliklar tizimi qabul qilingan bo‟lib, uning asosiga quyidagi 7 ta kattalik kiritilgan: - uzunlik: metr (m); - massa: kilogram (kg); - vaqt: sekund (s); - elektr tokining kuchi: amper (A); - termodinamik temperatura: kel‟vin (K); - yorug‟lik kuchi: kandela (kd); - modda miqdori: mol‟ (mol’). 9 Xalqaro birliklar tizimining hosilaviy birliklari orasida oddiy tenglamalar yordamida hosil qilinadi va bunda sonli koeffisientlar birga teng bo`ladi. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling