Metrologiya asoslari
Download 1.68 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- 15- Amaliy mashg’ulot.
- 16- Amaliy mashg’ulot.
- Ilovalar
13- Amaliy mashg’ulot. O`lchash xatoliklarning normal taqsimlanish qonuni
Masalalar echish (2 soat)………………………………………………………….66 14- Amaliy mashg’ulot. O`lchash xatoliklarning taqsimlanish qonunlari. Masalalar echish (2 soat)……….…………………………………………………71 4 15- Amaliy mashg’ulot. Bilvosita o‟lchash natijalarining xatoligini baholash. O‟lchanayotgan kattalik va o`lchash natijalarining funksional boglanishi (2soat)……………………………………………………………………………..75 16- Amaliy mashg’ulot. O‟lchanayotgan kattalik va o`lchash natijalarining funksional boglanishi Masalalar echish (2 soat)………………………………….80 17- Amaliy mashg’ulot. O‟lchash vositalari xatoliklarini normallashtirish usullari (2soat)…………………………………………………………………...87 18-Amaliy mashg’ulot O‟lchash vositalarining aniqlik sinfining metrologik asoslari (2 soat)…………………………………………………………………....91 Ilovalar……………………………………………………………………….......97 Adabiyotlar ro’yxati………………………………………………………........101 5 Kirish Metrologiyaning bilish nazariyasida muhim o‟rin tutishining ta‟qidlagan holda, uni o‟rganishdan maqsad – bu talabalarda turli soxalardagi ishlab chiqarish, nazorat va boshqaruv, iste‟mol tovarlarining savdosi, ilmiy tekshirish ishlarida o‟lchashlarni olib borish, mahsulot sifati va uni boshqarish tizimini joriy qilish bilan chambarchas bog‟liq bo‟lgan turli metrologik masalalarni hal qilish uchun zarur bo‟lgan bilim va ko‟nikmalarni shakllantirishdan iboratdir. O‟lchashlarni olib borish asosida modda va materiallarning tuzilishi va ularning sifat ko‟rsatkichlari, ishlab chiqarilgan mahsulotning narxi, qazilma boyliklarni qidirib topish va ulardan samarali foydalanish, ekologiya tizimining rivojlanishi, atom tuzilishi va energetikasi hamda boshqa soxalarda aniq ma‟lumotlar olish mumkin. Insonlarning yashash tarzi va jamiyat formasiyalarining rivojlanishi natijasida turli xil antropometrik o‟lchash birliklari paydo bo‟lgan. Jumladan qarich, quloch, qadam, tirsak, chaqirim va fut shunday o‟lchov birliklaridir. Bu o‟lchov birliklari bilan bir qatorda tabiiy sharoitlar bilan bog‟liq bo‟lgan o‟lchov birliklari ham ishlatila boshlangan, jumladan, qimmatbaho toshlar va kristallarning massa o‟lchovi sifatida karat va grandan foydalanilgan. Astronomik kuzatishlardan kelib chiqqan holda Erning o‟z o‟qi atrofida aylanishidan vaqt o‟lchov birligi sifatida foydalanilgan. Ma‟lumki, har qanday o‟lchashlarning eng asosiy metrologik xarakteristikalaridan biri – bu ularning aniqligi yoki xatoligidir. Metrologiyaning bosh masalalaridan biri o‟lchash xatoliklarini maksimal kamaytirish usullarini ishlab chiqish va ularni matematik statistik taqsimot qonunlari bilan asoslashdan iboratdir, zeroki, bunda yuqorida ta‟kidlab o‟tilgan fikr mulohazalar o‟z isbotini topadi. Texnik sohasida esa o‟lchashlarning ahamiyati texnologik jarayonlarni boshqarish, zarur parametrlarini o‟lchash va taxlil qilish, mahsulotning yuqori sifatliligini ta‟minlash, ob‟ektni boshqarish, nazorat qilish bo‟yicha informasiya hosil qilinishi bilan belgilanadi. 6 Hozirgi kunda o‟lchash jarayonlarini avtomatlashtirilishi, kom‟pyuterlashtirilishi va zamonaviy texnologiyalarning ishlatilishiga faqat programmalashtirilgan tizimga tayangan holda erishish mumkin. Zamonaviy metrologiyaning rivojlanishida murakkab empirik metodlarini, ehtimollik nazariyasiga tayangan holda statistik metodlarini qo‟llanilishi katta o‟rin tutmoqdaki, bu metrologiyaning ilmiy asoslarini tashkil etadi. Bir necha muxandislik va metrologik masalalarni yechishda tasodifiy jarayonlarni eng oddiy elementar funksiyalar orqali ifodalash qulay bo‟ladi. Chunki har qanday o‟lchash vositasi va o‟zgartkichining statik xarakteristikasi har qancha murakkab bo‟lishidan qat‟iy nazar oddiy elementar funksiyaga yaqinlashtiriladi. O‟lchash qurilmalarining xatoligi yoki xatolik intervali ham o‟lchash natijalarini qayta ishlash va statistik taqsimot qonunlar asosida aniqlanadi, jumladan, o‟lchash natijalarining statistik funksiyalar orqali bog‟lanishi kabi masalalarni hal qilish bilan tasodifiy jarayonlarning o‟lchash aniqligiga ta‟siri kamaytiriladi. Shu nuqtai nazardan ushbu o‟quv uslubiy qo‟llanma metrologiyaning nazariy asoslariga bag‟ishlangan bo‟lib, uning barcha bo‟limlari amaliy masala variantlari bilan ta‟minlangan, ularning yechish usullari, matematik ifodalari va masalalarni yechish namunalari ko‟rsatilgan. Download 1.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling