Metrologiya haqida
O`lchash nazariyasining asoslari
Download 26.86 Kb.
|
14-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`lchash usuli
- Bir marta o`lchash
- Ko`p marta o`lchash
O`lchash nazariyasining asoslari
Xalqaro sistemaning asosiy birliklari quyidagilar hisoblanadi: m - metr-uzunlik birligi, kd - qandela-yoruglik kuchi birligi, mol - modda miqdori birligi, s - sekund-vaqt birligi, kg - kilogramm-massa birligi, A - amper-elektr tok kuchi birligi, K –kelvin - termodinamik temperatura birligi. Har qanday o`lchash ma`lum o`lchamni nisbatlar shkalasi yordamida noma`lum o`lcham bilan taqqoslashdan iborat bo`ladi. Bunday o`lchashlarni inson hayoti davomida ko`p marta amalga oshiradi. Odamlarning bo`yini xayolan uzunlik o`lchovi bilan taqqoslab taxminan aniqlaymiz. Avtomobil taxminan qanday tezlik bilan harakatlanayotganligini oson aniqlash mumkin. Bunday o`lchashlarning natijasi uni amalga oshirayotgan kishining malakasiga bog’liq bo`ladi. shtangachi kutarayotgan shtanga og’irligini aniq belgilaydi, vrach bemorning haroratini quli bilan kelvinning undan bir ulushigacha aniq belgilaydi. Barcha holatlarda u yoki bu fizik kattalikning o`lchamlari haqidagi axborot sezgi organlari orqali aniqlanib, shu birliklar to`g’risidagi tasavvur bilan taqqoslanadi. Organoleptik o`lchash paytida o`lchash inson sezgi organlari vositasida amalga oshiriladi (hid bilish, sezish, ko`rish, mazasini bilish, eshitish va x.k.). Bu usul asosan kundalik hayotda qo`llanilib shu bilan bir qatorda fan va texnika sohalarida ham ishlatiladi. Misol: Tajribali novvoy nonning qaysi navli undan tayyorlanganligini etarli darajadagi aniqlikda ayta oladi yoki yaxshi injener-texnolog unning rangiga qarab va maydaligini e`tiborga olib etarli darajada bu un qaysi navga tegishli ekanigini aytib bera oladi. Maxsus texnik vositalar yordamida amalga oshiriladigan o`lchashga instrumental o`lchash deyiladi. Instrumental o`lchash qisman avtomatlashtirilgan va to`liq avtomatlashtirilgan bo`lishi mumkin, qisman avtomatlashtirilgan o`lchash paytida natija bevosita insonning aralashishi yordamida amalga oshiriladi. Masalan: qabul qilingan don mahsulotlarining o`lchash natijalarini tarozibon tarozi ko`rsatkichidan olib qaydlov jurnaliga yozadi. To`liq avtomatik o`lchash paytida esa inson ishtirokining keragi yo`q, natija hujjat shaklida taqdim qilinib ob`ektiv hisoblanadi. Masalan: Abiturentning bilim doirasini test sinovi yordamida baholash. Inson sezgi organlari yordamisiz aniqlanayotgan xossalar qaysidir usulda aniqlanishi va nimadadir qayd etilishi kerak. Fizik xossalarni aniqlashga mo`ljallangan texnik qurulmalar indikatorlar deb ataladi. Magnitli kompos strelkasi magnit maydoni kuchlanishi indikatori, elektr yoritish lampochkasi elektr kuchlanishi indikatori, lakmus qog’ozi eritmalardagi vodorod ionlari faolligi indikatori hisoblanadi. Indikatorlar yordamida o`lchanayotgan fizik kattalikning mavjudligi aniqlanadi. Bunda indikatorlar inson sezgi organlari vazifasi singari vazifani bajaradi. O`lchash usuli. Metrologik xizmat amalida ko`pincha bitta o`zgarmas kattalikni turli usullar yordamida o`lchaganda turlicha natijalar olinishi mumkin. Bu usullarning har biri o`zining yutuq va kamchiliklarga ega. shunday kamchiliklarni yo`qotish uchun bir qancha amallar mavjud. shulardan bir nechtasini ko`rib chiqamiz. Almashtirish usuli. Bu usulda o`lchanadigan kattalik uning o`lchamiga teng bo`lgan boshqa bir narsa bilan almashtiriladi. Masalan, yuk massasini teng elkali tarozilarda tortish paytida uning massasi muvozanatlashtiruvchi tarozi toshlari massasiga teng deb hisoblanadi. Birok, bu holat faqat elkalar qat`iy ravishda teng bo`lgandagina maxsatga muofikdir. Ammo, amalda koromislo elkalari xech qachon bir-biriga teng bulaolmaydi. shuning uchun, yuk uning massasiga teng bo`lmagan toshlar massasi bilan muvozanatlashtiriladi. Almashtirish usulini kullashda usha yuk har qanday boshqa bir predmet bilan muvozanatlashtiriladi, so`ngra o`lchanayotgan yuk o`rniga tarozi toshlari qo`yiladi va koromislo muvozanatlashtiriladi. Albatta bunda yuk massasini toshlar massasiga teng deb olish mumkin. Elkalarning notengligini shu usul bilan engamiz. Ta`sir kiluvchi omilni karama-qarshi belgi bo`yicha kompensatsiya qilish. Bu usul quyidagicha amalga oshiriladi. O`lchash ikki marta bajariladi, ya`ni ta`sir kiluvchi omil o`z-o`ziga karama-qarshi yunaltirilsin. O`lchash natijasi sifatida ikki tajribaning o`rta arifmetik qiymati qabul qilinadi. Masalan, ayrim o`lchash vositalarning mexanik qismlari lyuftga ega, uning ta`siri o`lchash mexanizmi dastlab katta tomondan so`ngra kichik qiymat tomonidan o`lchash kattaligiga yaqinlashtirilib kompensatsiya qilinadi. Bir marta o`lchash Aksariyat hollarda o`lchash bir marta o`lchashdan iborat bo`ladi. Aytish mumkinki, hayotda savdo-sotiqda, ishlab chiqarishning ko`pgina tarmoqlarida faqat bir marta o`lchash amalga oshiriladi. Oddiy sharoitda ularning anikligi to`la maqsadga muvofiq va ularning yuqori unumdorligi va kamxarajatligi katta ahamiyat kasb etadi. Metrologik analiz bir marta o`lchashning ikkita asosiy xususiyatini ta`kidlaydi. 1. Juda ko`p sanoq qiymatlaridan faqat bittasi olinadi va foydalaniladi. 2. Sanoq qiymati ehtimoli tarqalish qonuni va uning o`rta kvadrat chetlanishi to`g’risidagi tasavvur faqat aprior ma`lumot asosida shakllanadi: o`lchashgacha ma`lum bo`lgan ma`lumot aprior ma`lumot deyiladi. Bir marta o`lchash paytida amal qilish tartibi 4-rasmda ko`rsatilgan. Ko`p marta o`lchash Doimiy razmerga ega bitta kattalikni bir necha marotaba o`lchash aniqlikka bo`lgan talab yuqori bo`lgan holatlarda amalga oshiriladi. Bunaka o`lchash professional metrologik faoliyat uchun taalukli bo`lib, asosan davlat tomonidan, shuningdek muhim ilmiy eksperementlar paytida bajariladi. Bu murakkab, mehnattalab va qimmat turuvchi o`lchashlarning lozimligi har doim ishonarli darajada tasdiqlangan bo`lishi kerak. Ko`p marta o`lchash paytida aprior ma`lumot tahlilidan so`ng va o`lchashga puxta tayyorgarlik ko`rilgandan keyin n ta mustaqil sanoq qiymatlari olinadi. Download 26.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling