Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
Download 365.75 Kb. Pdf ko'rish
|
1-a
ISO 9001:2008. ISO 9001, ISO 9002, ISO 9003 1994 yildagi
versiya standartlari qayta ko‘rib chiqilgan ISO 9001:2008 standarti almashtiradi. Ushbu hujjat amaliyotda ISO 9001:1994 ning barcha talablarini va unga qator yangi qo‘shimchalarni o‘z ichiga olgan. Standartning tuzilmasi to‘liq o‘zgartildi: 20 ta elementga bo‘lingan «keskin» talablari 5 ta asosiy bo‘limga kirtilgan – «Sifat menejmenti tizimi», «Rahbariyatning javobgarligi», «Resurslar menejmenti», «Mahsulotning hayotiy sikli jarayonlari», «O‘lchashlar, tahlil qilish va yaxshilash». ISO 9001:2000 standarti ilovasida ISO 9001:1994 va ISO 9001:2000 bo‘limlarga muvofiq jadvali keltirilgan. Ushbu jadval sifat tizimini hujjatlashtirishda va qayta ko‘rishda qulay bo‘lib, ikkita ish bajarmasdan Sifat bo‘yicha qo‘llanmani shu bo‘limni oddiygina ko‘chirib, ya’ni o‘zgartirishga mashaqat chekmasdan qayta ishlab chiqishda foydalaniladi. ISO 9004:2000. U barcha qiziquvchi tomonlarning: buyurtmachilar, jarayon egalari, ta’minotchilar, jamiyat talablarini maksimal qanoatlantirish va uning hisobiga ishlarni tashkillashtirishga mo‘ljallangan. Bu yerda korxona daromadi va boshqa yuqorida tilga olingan subyektlar va buyurtmachilarni qanoatlantirish yo‘llarini ta’minlash to‘g‘risida fikr yuritilmoqda. ISO 9004:2000 qo‘llanma ISO 14001:1996 «Atrof-muhitni muhofazalash menejmenti tizimi» standarti bilan ko‘p jihatlari uyg‘unlashgan bo‘lib, bu ikki standartdan birgalikda foydalanish jamiyat uchun foyda keltiradi. Qayta ko‘rib chiqilgan ISO 9004 standarti buyurtmachilar, jarayon egalari, ishchilar, ta’minotchilar va jamiyat hamda iste’molchilar qiziqishlariga tashkilot faoliyatining natijaviyligiga erishishga mo‘ljallangan. Bunda ISO 9004 standartining har bir bo‘limi ISO 9001:2000 standartining bo‘limlariga muvofiq matnlardan takib topgan. O‘zbekistonda 2002 yildan ISO 9000 seriyali 2000 yil versiya standartlariga asl nusxasiga teng bo‘lgan O‘z DSt ISO 9001:2002 standartlari amal qilinadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida 2008 yildagi ISO 9001 standarti versiyasini 2009 yilda tasdiqlanib, O‘z DSt ISO 9000:2009 standarti amalga kiritilgan. Hozirgi vaqtda O‘zbekiston Respublikasida sifat menejmenti tizimlariga talablarni o‘rnatuvchi quyidagi standartlar qabul qilingan va amal qiladi: O‘z DSt ISO 9000:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Asosiy qoidalar va lug‘at»; O‘z DSt ISO 9001:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Talablar»; O‘z DSt ISO 9004:2009 «Sifat menejmenti tizimlari. Faoliyatni yaxshilash bo‘yicha tavsiyalar». ISO 9000 sifat tizimi standartlari joriy etilgan bo‘lsa, ta’minotchilarga ko‘proq ishonch hosil qilish imkoniyatini beradi deb hisoblash mumkin. Sifatni boshqarish va sifat tizimini sertifikatlashtirish tushunchalariga aniq bo‘lishi muhimdir. Sifatni boshqarish – ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni oqilona va e’tiborli boshqarish hisobiga mahsulot va xizmatlarning yuqori sifat darajasini amalda ta’minlash imkoniyatini beruvchi korxonani boshqarish vazifalaridan biridir. Sifat menejmenti tizimi muayyan korxonaning vazifa va xusisiyatlariga muvofiq tashkillashtirishdir. ISO 9000 standartlari bunday tizimni qurish usulini taklif qiladi va rasmiy ravishda sertifikatlashtirish mumkin. SMT sertifikatlashtirish ushbu mahsulot va xizmatlar sifatining yuqoriligi va barqarorligini ta’minlab, talablarni aniqlab va samarali ishchi holatdaligi hisobiga ushbu korxona SMT ishlab chiqilganligi va tashkillashtirilganligi bozordagi boshqa ishtirokchilarga nomoyon qiladi. ISO 9000 standartlari oilasining universalligi har bir alohida mahsulot yoki xizmatlar turi (masalan, mahsulotning talb etilgan texnik tavsiflari) uchun sifat mezonlarini mutloq o‘lchanishini tavsiya etilmaydi. Mahsulot yoki xizmatlarning insonlarni talablarini qondirish xususiyati bo‘lsa bu sifatlidir, buning esa iloji yo‘q, lekin talablar turli va tugalmasdir. ISO 900 standartlar oilasi faqat sifat tizimi ishchi holati usuliyatini namoyon etadi, o‘z o‘rnida ishlab chiqarish korxonalarining mahsulot va xizmatlar yuqori sifatililigini ta’minlashi lozim, boshqacha so‘z bilan aytganda, iste’molchilarning yuqori darajada qanoatlanishini ta’minlash lozim. ISO 9000 standartlarini joriy etishga ikkita yondoshuv mavjud. Birinchi holatda standartlardan tashkilot samaradorligini oshirish vositasi sifatida foydalaniladi. Bunda ularni joriy etishga ichki talab paydo bo‘lishi va buni yuqori rahbariyat yaratadi biroq busiz kelgusida rivojlanish bo‘lmaydi. Bunday strategiyada tizimning natijaviyligini oshirish, xolisona ichki auditni o‘tkazish, o‘z-o‘zini baholash uchun resurslarni belgilash, eng maqbul hujjatlar tarkibini ishlab chiqish zaruriyati paydo bo‘ladi va sifat tizimi tashkillashtirish, jarayonlar, mahsulot sifati birinchi o‘rinda turadi. Ikkinchi holatda esa, sertifikat olish maqsadida standartlar joriy etiladi. Bunda boshqalardan qolishmaslik istagida, shartnomalar tuzishda iste’molchilar, hamkorlar yoki tender talablari shartlari bo‘lishi mumkin bo‘lgan zaruriyat yuzaga keladi. Bunday yondoshuvda barcha kuch va e’tibor sertifikatlashtirish idorasi talablarini rasmiy bajarish va hujjatlarni ishlab chiqishga jalb etiladi. Texnik, iqtisodiy va boshqaruv qarorlarini qabul qiluvchi mutaxassislar bir tomonga qolib, xodimlar faqat tekshiruvchilar uchun zarur bo‘lgan ishlarni bajarishadi. Standartlarni joriy qilishdan asosiy maqsad bu tizim sifatni yaxshilashi lozim. SMT samarali joriy etish va qurish uchun korxonaning sifat sohasidagi strategiyasini aniqlash, korxonada SMT ishlab chiqish va joriy etish bo‘yicha ishchi guruhini yaratish, biznes jarayonlar tahlilini o‘tkazish, korxonada sifatni boshqarish sohasida bajarilgan ishlarning butun tafsilotini tahlil qilish kerak. Sifat menejmenti tizmini va SMT hujjatlashtirilgan protseduralarini ishlab chiqish mashaqqatli va mas’uliyatli bosqich bo‘lib hisoblanadi va shuning uchun loyihaning alohida bosqichi etib belgilangan. ISO 9000 standartlari bo‘yicha sertifikatlashtirish korxona sifat tizimining qator tarkiblari sifatida va rasmiy talablar sifatida muvofiqligi ko‘zlangan. Sifat tizimini bu talablarga muvofiqligini o‘rnatish jarayoni o‘ta mashaqqatli bo‘lishi mumkin ya’ni ko‘p vaqt talab etiladi. Buning uchun, korxona rahbariyati ISO 9000 bo‘yicha sertifikatlashtirishga sifat tizimi tayyorligi to‘g‘risida qaror qabul qilishdan oldin, barchadan «Rozi» va «Qarshi»ligiga puxtalik bilan yondoshmog‘i lozim, shuningdek, korxona uchun sifat tizimiga sertifikat nima uchun kerakligini yaqqol aniqlashi lozim. ISO 9001 standartlar talablariga muvofiq Sifat menejmenti tizimini ishlab chiqish va joriy etish bosqichlari 1-rasmda keltirilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling