Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
Quyidagi savollarga javob bering
Download 365.75 Kb. Pdf ko'rish
|
1-a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazariy qism
Quyidagi savollarga javob bering:
1.«Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti»fanini o‘rganishning tabiiy zarurligi. 2.«Metrologiya»ning fan sifatida shakllanib borish jarayoni qanday kechgan? 2- amaliy mashg‘ulot "Metrologiya to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni Ishdan maqsad: Qonun bilan yaqindan tanishish hamda amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalarini o‘rganishdan iboratdir. Nazariy qism: 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni- "Standartlashtirish to‘g‘risda", Metrologiya to‘g‘risda" va "Mahsulot va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risda"gi Qonunlar imzolangan edi. Bu qonunlarning hayotga tadbiq etilishi Respublikamizdagi mavjud metrologiya xizmatini yangi rivojlanish bosqichiga ko‘tarilishiga asos bo‘ldi. 2020-yil 7-aprel, O‘RQ-614-son qarori bilan "Metrologiya to‘g‘risida"gi qonunga o‘zgartirishlar kiritildi. "Metrologiya to‘g‘risida"gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 32 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish, va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funksiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan. Qonunda ko‘rsatilganidek, o‘lchash vositalarining davlat sinovlarini o‘tkazish, ularning turlarini tasdiqlash va davlat ro‘yxatiga kiritish «O‘zstandart» agentligi tomonidan amalga oshiriladi. Qonunning bo‘limlari quyidagicha nomlanadi: I bolim. Umumiy qoidalar; II bo‘lim. Metrologiyaga oid faoliyat sohasini tartibga solish; III bo‘lim. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish; IV bo‘lim. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati; V bo‘lim. Yakunlovchi qoidalar . Qonunning I bo‘limi 1—5-moddalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu Qonunning maqsadi metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining metrologiya to‘g‘risidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi. Qonunning II bo‘limi 6—12-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, Metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari, Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari, Maxsus vakolatli davlat organi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi bo‘linmalarining vakolatlari, O‘zbekiston milliy metrologiya institutining vakolatlari, 12-modda. Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari metrologiya xizmatlarining hamda yuridik shaxslar metrologiya xizmatlarining vakolatlari keltirilgan. Qonunning III bo ‘ limi 13—17-moddalardan tashkil topgan bo‘lib, bu moddalar olcham birliklari; o ‘ lchamlar birliklarining etalonlari; o‘lchov vositalari, o‘lchovlarni bajarish uslubiyotlariga bag‘ishlangan. Qonunning IV bo‘limi 18—28-moddalar iborat bo‘lib, Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga rioya etilishi ustidan tekshirishni amalga oshirishga bag‘ishlanadi. Qonunning V bo ‘ limi 29—32-moddalardan iborat va unda metrologiya ishlarini davlat tomonidan moliyaviy ta’minlash; metrologiya ishlari va xizmatlari uchun haq to‘lash tartiblari keltirilgan. Qonunda metrologiya sohasidagi atamalar va ta’riflar, davlat boshqaruv vakolatli idorasining faoliyat sohasi, kattaliklarning birliklari, ularni qayta tiklash va qo‘llash, O‘zbekiston Respublikasining metrologik xizmatlari, davlat metrologik tekshiruv va nazorati, metrologiya bo‘yicha ishlarni tashkillashtirish belgilangan. O‘lchashlar birliligi o‘lchash holati sifatida belgilangan. Bunda o‘lchash natijalari qonunlashtirilgan birliklarda ifodalanadi va o‘lchashlarning xatoliklari belgilangan ehtimollik bilan berilgan. Qonunga muvofiq metrologiya faoliyati davlat boshqaruvini metrologiya bo‘yicha milliy idora — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart» agentligi) amalga oshiradi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-avgustdagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi 410-sonli, 1996-yil 9- fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasi M illi y etalon bazasini shakllantirishni va metrologik ta’minlashni takomillashtirish to‘g‘risida»gi 53-sonli qarorlariga muvofiq metrologik faoliyatning ba’zi sohalari aniqlangan. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5- avgustdagi 373-sonli «O‘zbekiston davlat standartlashtirish, metrologiya va sertilikatlashtirish agentligi tuzilmasini takomillashtirish va uning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi qarorida «O‘zstandart» agentligining tashkiliy tuzilmasi, asosiy vazifalari, ishlari va huquqlari belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 iyundagi «Texnik jihatdan tartibga solish sohasida davlat boshqaruvini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida»gi PF-6240 -son Farmoniga asosan O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi negizida Download 365.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling