Metrologiya, standartlashtirish va maxsulot sifati menejmenti
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot
Download 365.75 Kb. Pdf ko'rish
|
1-a
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YEOKK)
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot
(MOZM) Xalqaro miqyosda metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi xalqaro tashkilot ham mavjuddir. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdunarodnaya organizatsiya zakonodatelnoy metrologii) deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi – davlat metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassasalarning faoliyatlarini xalqaro miqyosda muvofiqlashtirishdir. MOZM faoliyatining asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat: - MOZMga a’zo bo‘lgan mamlakatlar uchun o‘lchash vositalarining uslubiy meyoriy metrologik tavsiflarining birliligini belgilash; - qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va attestatlashini, namunaviy va ishchi o‘lchash asboblarini uyg‘unlashtirish; - xalqaro ko‘lamda birxillashtirilgan o‘lchash birliklarini mamlakatlarda qo‘llanishini ta’minlash; - metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarinii shlab chiqish va ularni joriy etish bo‘yicha davlat ko‘rsatmalarining birliligini ta’minlash; - rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish; - metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun-qoidalarini belgilash. MOZM ning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro konferensiyasi hisoblanib, u har to‘rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZMning rasmiy tili - fransuz tilidir. Sifat bo‘yicha Yevropa tashkiloti (YEOKK) Sifatni nazorat qilish Yevropa tashkiloti YeOKK (Yevropeyskaya organizatsiya po kontrolyu kachestva) birinchi konferentsiyasi chaqirilgan yili – 1957 yilda tashkil topdi, biroz keyinroq uning nizomi ham tasdiqlandi. YeoKKning har yili konferensiya o‘tkazishdan asosiy maqsadi mahsulot sifatini boshqarish boyicha tajriba almashinish, sifatning nazariy va amaliy masalalarini hal qilish, bu sohadagi so‘nggi yutuqlarni targ‘ibot qilish, sifatning aktual mummolari boyicha fikr almashinish, yangi muammolarni izlab topish va sifatga taalluqli ko‘pgina boshqa masalalarni ko‘rib chiqishdir. 1992 yili Yevropa iqtisodiy uyushmasi (YeES) doirasida umum Yevropa bozori tashkil qilinishi bilan YeOKKning rahbariy hujjatlari qaytadan ko‘rib chiqildi. U 1998 yilning 1 iyulidan boshlab o‘z nizomini o‘zgartirib, hozirda sifat boyicha Yevropa tashkiloti (YeOK) deb ataladi. Sifat boyicha Yevropa tashkilotining hozirgi vaqtdagi asos bo‘luvchi hujjatlari YeOKning nizomi, ish tartibi qoidalari, qumita va seksiyalari uchun qoidalar hamda besh yilga mo‘ljallangan asosiy masalalar boyicha yo‘nalish rejalari mavjuddir. YeOK tarkibida 26 ta to‘la huquqli a’zolari, 12 ta muxbir a’zolari hamda 37 ta alohida muxbir a’zolari va 10 ta faxriy a’zolari bor. Qardosh tashkilotlarning 11 tasi bilan o‘z bitimlariga egadir.YeOk maxsus bitimlari asosida sifat boyicha Argentina, Braziliya, Isroil, Kolumbiya, XXR, Yangi Zelandiya, AQSH, Chili, Janubiy Koreya va Yaponiyalarning mintaqaviy, milliy va kasaba uyushmalari bilan hamdo‘stlik aloqalari o‘rnatilgan. YeOKning Oliy lavozimi egasi, uning prezidenti bo‘lib, u har ikki yilda saylanadi. Asosiy ma’muriy idoralari – kengash, ijroiya qumitasi va sekretariatdir. YeOKning ish yuritish rasmiy tillari – ingliz va fransuz tillaridir. Bu tashkilot o‘zining ilmiy – texnikaviy jurnaliga ega, jurnal yiliga 4 marta chop etiladi. Hozirgi vaqtda YeOkning 12 ta texnikaviy qo’mitalari mavjud bo‘lib, ular ishonchlilik, statistik usullar, atamalar, iste’mol masalalari boyicha standartlashtirish, sifatni boshqarish, kadrlar tayyorlash, funktsional – baholashni tahlil qilish, sifat sohasida siyosat olib borish, sertifikatlashtirish va sifat tizimlarining nazorati, EHMning matematik ta’minlanishida sifat, sifat to’garaklari, mahsulot sifatini metrologik ta’minoti bilan shug‘ullanadi. Undan tashqari 7 ta turli seksiyalari mavjuddir: ● avtomobil; ● energetika; ● qurilish; ● oziq – ovqat; ● farmatsevtika; ● sifat masalalari bo‘yicha maslahatlar ko‘rsatish. Texnikaviy qo’mitalar va tarmoq seksiyalari YeOKning to‘la huquqli vakillaridan tashkil topadi. Ular o‘z navbatida YeOKning a’zo mamlakatlarining milliy tajribalariga suyanadi va xalqaro miqyosda mahsulotning sifatini ta’minlaydigan tashkilotlarning hujjatlaridan foydalanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling