Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Etalonlarning solishtirilishi
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- Etalonlarning ekvivalentligi
Etalonlarning solishtirilishi - kattalikni yoki uning hosilaviy o‘lchamlarini ishtirokchi-davlat solishtirish etalonlar yordamida qayta tiklash natijasida aniqlangan o‘lchamlari o‘rtasidagi nisbatni belgilovchi amallar majmui.
Fizik kattalikning, uning karrali yoki ulushli qiymatlarining o‘lchamini qayta tiklash, saqlash va uzatish uchun mo‘ljallangan milliy (davlat) etalonlari solishtirilishi kerak. Solishtirish amalini o‘tkazish zarurligi to‘g‘risidagi qarorni metrologiya bo‘yicha xalqaro va regional tashkilotlarning tavsiyalarini hisobga olgan holda etalon - ega (davlat) si qabul qiladi. Milliy etalonni tekshirish (tadqiq qilish) va qayta tiklanadigan birlik o‘lchamini aniqlash bo‘yicha ishlarning majburiy tarkibiy qismi bo‘lib solishtirish hisoblanadi. Qoidaga binoan, aniqlik darajasi bir xil bosqichda bo‘lgan etalonlar solishtirilishi kerak. Etalonlarning solishtirilishi etalonlar yordamida amalga oshiriladi, bunday etalon bo‘lmagan holda ishtirokchi davlatlar kelishuvi bo‘yicha solishtirish vositasi tanlanadi. Solishtirish etaloni (solishtirish vositasi) barqarorlik talablariga muvofiq bo‘lishi kerak. Etalonlarni solishtirilishi aylanma, radial yoki kombinatsiyalangan bo‘lishi mumkin. Solishtirish turini tanlash (aylanma yoki radial) taqqoslash etaloni (solishtirish vositasi) ning barqarorligiga qarab o‘tkaziladi. Solishtirish ishtirokchi - davlatlar soniga qarab solishtirish ikki tomonlama va ko‘p tomonlama solishtirishga bo‘linadi. Ko‘p tomonlama solishtirishning eng tarqalgan turi xalqaro va regional solishtirishlardir. Etalonlarni xalqaro solishtirilishi konsultativ komitet (KK) rahbarligi ostida O‘lchovlar va tarozilar xalqaro kamitetining (O‘TXK) va regional metrologik tashkilotlarning ruhsati nazorati ostida o‘tkaziladi. Ular solishtiriluvchi etalonlarning ekvivalentligini tan olinishini va o‘lchashlarning hamda solishtirish ishtirokchilarining sertifikatsion sinovlarining to‘g‘riligini yuridik asosini tashkil etadi. Etalonlarning ekvivalentligi deganda etalonlarni metrologik maqsadlarda ishlatishda ularning muhimligi va qiymatliligi bo‘yicha tengligi tushuniladi. Mazkur sohada asosiy usullarni tekshirish uchun Konsultativ komitet tomonidan tanlagan solishtirish usullaridan biri - tayanch solishtirish deyiladi. Tayanchli solishtirishni ikkita asosiy turi mavjud. Birinchi turiga shunday etalonlarni solishtirish kiradiki, ularda davomli barqarorlik kuzatiladi (bu turdagi etalonlar kvant effektiga asoslangan bo‘ladi). Ikkinchi kategoriyaga shunday etalonlarni solishtirish kiradiki, ular uchun barqarorlik uzoq muddatli deb bo‘lmaydi. Solishtirish usuliyatlarini o‘tkazish va ba’zi xollarda, natijalarni baholash, bu ikkala xolda bir - biridan farq qilishi mumkin. Tayanchli solishtirish natijalari etalonlarni ekvivalentligi to‘g‘risida mulohaza qilishga imkon beradi. Ikkita milliy etalonlarning ekvivalentlik darajasi - etalon yordamida qayta tiklangan birliklarni qiymatlari bo‘yicha metrologik institutlarning ikki milliy etalonlarining darajasi bir-biriga mos bo‘lgan darajadir. Tayanchli solishtirish natijalari muayyan noaniqlikka ega. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling