Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 -жадвал
8-AMALIY MASHG‘ULOT
URUG‘LIK PAXTA VA URUG‘LIK CHIGITGA DOIR STANDART SINASH USULLARINI O‘RGANISH Ishning maqsadi: Ushbu standart urug‘i ekish uchun mo‘ljallangan, qo‘lda va mashinada terilgan paxta uchun joriy qilinadi. Ushbu standart talablari majburiydir. Urug‘lik paxta: urug‘lik paxta xar bir g‘O‘za tupida uchunchi hosil shoxidan to 7 – 8 hosil shoxchalarigacha pishib ochilgan ko‘saklardan qo‘l bilan terilgan, mashinalarda terilganda esa 60 – 65 % ko‘saklar ochilgan urug‘ning daladan terilgan va ekish uchun chigit olishga mo‘ljallangan paxta. Ushbu standartda quyidagi texnik talablar keltirilgan: Urug‘lik paxta maydonlari aprobatsiya qilingandan keyin istiqbolli va rayonlashtirilgan navlardan tayyorlanishi kerak. O‘zDSt 642:2013da Urug‘lik paxta quyidagilar bilan tavsiflanadi (O‘zDSt 642:2013) Seleksion navi, tola tipi, paxta sinfi, urug‘ avlodi. Urug‘lik paxta tolaning tipi, pishib yetilganlik koeffitsiyenti, rangi va tashqi ko‘rinishi bo‘yicha O‘zDSt 615 da ko‘rsatilgan 1 nav talablariga javob berishi kerak. Ifloslik (iflos aralashmalarning massaviy nisbati), namlik (namlikning massaviy nisbati) va chigitning mexanik shikastlanganligiga ko‘ra urug‘lik paxta 2 ta sinflarga bo‘linadi: 1 va 2 sinf meyorlari bo‘yicha 11-jadvalda ko‘rsatilgan. 10-жадвал
Urug‘lik paxta sinfi ifloslik yoki mexanik shikastlanishning eng yomon ko‘rsatkichi bo‘yicha belgilanadi Urug‘lik paxta avlodiga qarab: superelita, elita, R1, R2, R3 ga bo‘linadi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi Vazirligi ruxsatiga binoan ba’zi xollarda R4, R5 avlodlarini ishlatishga ruxsat beriladi. Суперэлита, элита ва R1 urug‘lik paxta 1 sinf talablariga javob berishi kerak. Urug‘lik paxtada tosh, gazlama qiyqimlari yashil ko‘sak yoki uning chanoqlari, yashil barglar (4 sm2 dan katta) begona o‘tlar hamda yashillangan va moy tekkan pallachalar va shunga o‘xshash ko‘rinishdagi begona aralashmalar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Shudring, namgarchilikdan keyin, qurib qolgan tup va pishib yetilmagan (abortlik pallakcha) ko‘raklardan urug‘lik paxta terish mumkin emas. Urug‘lik paxtada “shiraga” (medovaya rosa) kuchsiz ruxsat etilgan darajasi 3.1-jadval bo‘yicha yo‘l qo‘yiladi. Urug‘lik paxtada bakterial – zamburug‘ bilan zararlanganligi ruxsat etilgan darajadan oshmasligi kerak Urug‘lik paxtaning superelita, elita va yangi navlarining R1 avlodi GOST 30090 bo‘yicha yangi qoplarda saqlanadi. Paxtaning massasi 40 kg dan kam bo‘lmasligi kerak. Har bir qopga quyidagilar qayd etilgan yorliq yopishtiriladi va ichiga solinadi: Mahsulot nomi; To‘da soni; G‘O‘za seleksion navi; Tola tipi; Paxta sinfi; Avlodi; Dalalar guruhi aprobatsiya bo‘yicha; Kelib chiqishi (elita xo‘jaligi); Tayyorlangan davr va hosil olingan yili; Mazkur standart ko‘rsatkichi. Yuklarni transportda tashish uchun markalash va manipulyatsion belgilar qo‘yish ГОСТ 14192 bo‘yicha Qabul qilish bo‘yicha talablar: Urug‘lik paxta konditsion massasiga ko‘ra O‘zDSt 615 talabiga asosan to‘da bo‘yicha qabul qilinadi. Urug‘lik paxta aprobatsiya qilingan dalalardan teriladi va topshiruvchida urug‘lik ekinning aprobatsiya akti bo‘lgandagina qabul qilinadi. 1 sinf urug‘lik paxtada namlik yoki ifloslik yoki mexanik shikastlanganlik meyorlari oshib ketsa urug‘lik paxta 2 – sinfga o‘tkaziladi. Namlik 2 sinf uchun meyoridan oshgan holda yoki pishmagan (abortlik) pallachalari bo‘lsa urug‘lik paxtani quritish uchun topshiruvchiga qaytariladi yoki urug‘lik fondidan o‘chiriladi va O‘zDSt 615 bo‘yicha qabul qilinadi. Urug‘lik paxtada ifloslik yoki chigitning mexanik shikastlanganligi bo‘yicha 2 sinf meyoridan yuqori bo‘lsa: Urug‘lik paxtada aralashmalar borligi 4,8 bo‘yicha; Urug‘lik paxtada kuchsiz, o‘rtacha va kuchli “shira” (medovaya rosa) zararlanish darajasi 3.1-jadval bo‘yicha; Urug‘lik paxtada bakterial – zamburug‘lik bilan kuchsiz va o‘rtacha darajada zararlanganligi bo‘yicha; Mikroneyr ko‘rsatkichi 3,5 dan past va 4,9 yuqori bo‘lganda urug‘lik paxta urug‘lik fondidan chiqariladi va O‘zDSt 615 bo‘yicha qabul qilinadi. Tekshirish usullari: Tayyorlov davrida namuna tanlash O‘zDSt 643 bo‘yicha; Paxta tayyorlash punktlaridan olib kelingan va joylash vaqtida namuna tanlab olish usullari O‘z DSt 1080 bo‘yicha; Namlikni aniqlash O‘z DSt 644 bo‘yicha; Ifloslikni aniqlash O‘z DSt 592 bo‘yicha; Chigitning mexanik shikastlanganligini aniqlash GOST 21820.3 bo‘yicha; Paxta tolasining tavsifnomalarini aniqlash usullari O‘z DSt 593 bo‘yicha; Chiziqli zichlik va mikroneyr ko‘rsatkichini aniqlash usullari O‘z DSt 620; Paxta tolasining yopishqoqliginianiqlash bo‘yicha; Paxta tolasining bakterial – zamburug‘ bilan zararlanganligini aniqlash; Tashish va saqlashga bo‘lgan talablarni keltiramiz Urug‘lik paxtani tashish turli transport vositalarida amalga oshirish mumkin, bunda elita hamda yangi navlarining R1 avlodi – yangi qoplarda, qolgan rayonlashtirilgan navlarning birinchi R1 avlodi uyulgan holda. Urug‘lik paxtaning superelita, elita va yangi navlarining R1 avlodi qoplarda yog‘och taglikda shtabel usulida taxlangan holda quruq omborlarda saqlanadi. Davlat reyestriga kiritilgan navlarning R1 avlodini urug‘lik paxtasi usti yopiq omborlarda uyulgan holda saqlanadi. Ikki yoki undan ortiq to‘dalar bo‘lgan bir seleksion navning bitta inshootda ishonchli bo‘lishi uchun bir – biridan 1,0 – 1,5 m masofada, shuningdek massasi 200 t dan ortiq bo‘lgan to‘dalarni ochiq maydonchalarda, usti namlikdan ximoyalovchi yangi brezentlar bilan yopilgan holda saqlashga yo‘l qo‘yiladi. Urug‘lik paxtaning R2 va R3 avlodlari ochiq maydonchalardagi buntlarda namlikdan himoyalovchi yangi brezentlar bilan yopilgan holda saqlanadi. Bir g‘aramda faqat bir avlod va bir seleksion navga tegishli urug‘lik paxta saqlanadi. Paxta dalasi chekkalarida va moslashtirilmagan maydonchalarda urug‘lik paxtani saqlash va quritish mumkin emas Har bir urug‘lik paxta g‘aramiga quyidagilar ko‘rsatilgan hujjat osib qo‘yiladi: Xo‘jalik nomi, mahsulot nomi, to‘da soni va massasi, seleksion va ishlab chiqarishdagi nav, sinfi, namlik %, Ifloslik %, chigitning mexanik shikastlanganligi %, avlodi, dalalar guruhi aprobatsiya bo‘yicha, ombor yoki g‘aramning tartib raqami, g‘aramlashning boshlangan va tugallangan kuni, mikroneyr ko‘rsatkichi; Nuqsonli chigitning massaviy ulushini aniqlash usulini O‘z DSt 597:2008 asosida o‘rganish Ushbu standart O‘zbekiston paxta tolasini sertifikatlashtirish “Sifat” markazi va “PAXTA TOZALASH IICHB” ochiq aksiyadorlik jamiyati tomonidan ishlab chiqildi va standartlashtirish bo‘yicha “Paxta” texnik qo‘mitasi tomonidan taqdim etildi. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi («O‘zstandart agentligi” agentligi)ning 2008-09-10 № 05 – 113 sonli qarori bilan tasdiqlandi va joriy etildi. Standartga doir ma’lumotlar quyidagi ketma – ketlikda bayon etilgan: Qo‘llanish doirasi Meyoriy havolalar Atamalar va ta’riflar O‘lchash usuli O‘lchash vositalari, yordamchi qurilmalar va materiallar O‘lchashni o‘tkazish tartibi O‘lchash natijalariga ishlov berish Ruxsat etiladigan o‘lchash xatoligi O‘zDSt 597:2008 standart yog‘ – moy sanoati korxonalarida qayta ishlab chiqarish uchun yetkazib beriladigan chigitga joriy qilinadi, shuningdek nuqsonli chigitning massaviy ulushini 0% dan 33 %gacha bo‘lgan oraliq qiymatlarida aniqlash usulini belgilaydi. Nuqsonli chigitga quyidagilar kiradi: mag‘zi qora rangli bo‘lgan (kuygan) chigit va mag‘zining rangi shu navning O‘zDSt 596 bo‘yicha ko‘rsatilgan mag‘zining rangidan qoramtir bo‘lgan (qizdirish jarayonida bo‘lgan) chigit, mag‘zi yarmidan kam bo‘lgan shikastlangan chigit, chigitning butun mag‘zi va uning qismlari, mag‘zi bo‘lmagan puch chigit kiradi. Ushbu standartning talablari majburiydir Ushbu standartda quyidagi standartlarga qilingan havolalardan foydalanildi: GOST 24104 – 2001 Vesi laboratorniye. Obshiye texnicheskiye trebovaniya O‘zDSt 581:2002 Paxtani qayta ishlash. Atamalar va ta’riflar O‘zDSt 596:1993 Texnik chigit. Texnikaviy shartlar. O‘zDSt 598:2008 Texnik chigit. Namuna tanlab olish usullari O‘zDSt 599:2008 Texnik chigit. Mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushini aniqlash usuli Ushbu standartda atamalar O‘z DSt 581 ga muvofiq qo‘llanilgan Nuqsonli chigitni aniqlash usuli mag‘zining rangi bo‘yicha past sifatli va shikastlangan chigitlarni ajratishga asoslangan. O‘lchash vositalari, yordamchi qurilmalar va materiallar Sinovlarni o‘tkazish uchun quyidagi laboratoriya jihozlari qo‘llaniladi: GOST 24104 bo‘yicha shkalasining bo‘linmalari 10 mg dan ko‘p bo‘lmagan eng katta tortish chegarasi ko‘pi bilan 1000 g bo‘lgan laboratoriya tarozi; Diametri 40 dan 100 mm gacha, balandligi 10 dan 50 mm gacha bo‘lgan metall yoki shisha, yoki plastmassa byukslar. O‘lchashni o‘tkazish tartibi Namuna tanlab olish O‘zDSt 598 bo‘yicha; Mineral va organik aralashmalarning massaviy ulushini aniqlash O‘zDSt 599 bo‘yicha; O‘zDSt 599 bo‘yicha iflos aralashmalardan tozalangan chigitning xoxlagan ikkita joyidan xar biri 100 ta chigitdan iborat bo‘lgan ikkita sinash uchun namuna ajratiladi va ular 0,01 g aniqlikda tortiladi; Xar sinash uchun namunadan mag‘zi yarmidan kam bo‘lgan siniq va shikastlangan chigit, chigitning butun mag‘zi va uning qismlari ajratiladi. So‘ngra butun chigit o‘rta qismidan ko‘ndalangiga kesiladi va ko‘riladi. Mag‘zining rangi shu navning O‘zDSt 596 bo‘yicha ko‘rsatilgan rangidan to‘qroq bo‘lgan chigit ajratib olinadi va uni shikastlangan chigit solingan byuksga joylashtiriladi Mag‘zi qora rangli va mag‘zi bo‘sh bo‘lgan chigitlar alohida byuksga joylashtiriladi Ajratilgan chigitlar tortiladi. O‘lchash natijalariga ishlov berish Nuqsonli chigitning massaviy ulushi (D) foizlarda, quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi: bu yerda M100 – 100 ta chigitning massasi, g M1 – mag‘zi bo‘sh va kuygan chigitning massasi, g M2 – mag‘zining rangi shu navning O‘zDSt 596 bo‘yicha ko‘rsatilgan mag‘zining rangidan qoramtir bo‘lgan (qizdirish jarayonida bo‘lgan) chigit va shikastlangan chigit massasi, g. S1–mineral va organik aralashmalarning haqiqiy massaviy ulushi % Hisoblash verguldan keyin ikkinchi o‘nlik belgisigacha aniqlikda bajariladi va verguldan keyingi birinchi o‘nlik belgisigacha yaxlitlanadi. Tahlil natijasi sifatida 8.1 da ko‘rsatilgan ruxsat etilgan tafovutdan oshmagan, ikki parallel aniqlangan natijalarning o‘rta arifmetik qiymati qabul qilinadi. Aks holda tahlil takrorlanadi. Agar takror aniqlashda xam tafovut ruxsat etilgandan oshsa, u holda nuqsonli chigitning massaviy ulushi to‘rtta aniqlashning o‘rta arifmetik qiymati bo‘yicha hisoblanadi. Рухсат этиладиган ўлчаш хатолиги Ta’minlovchi va iste’molchining laboratoriya tahlillari natijalari orasidagi tafovut nuqsonli chigitning massaviy ulushidan oshmasligi kerak: 1,5 gacha 1,5 bilan birga 0,5 abs. % 1,5 dan yuqori 11,0 gacha 11,0 bilan birga 1,0 abs. % 11,0 dan va 11,0 dan ko‘p2,0 abs. % Texnik chigitga oid O‘zDSt 596:2014 standartni o‘rganish Texnik chigitga oid O‘zDSt 596:2014 standart sanoat miqyosida qayta ishlash uchun mo‘ljallangan yog‘ – moy korxonalariga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan g‘O‘zaning texnik chigitiga taalluqlidir. Standart talablari majburiy bo‘lib sertifikatlashtirish maqsadlari uchun yaroqlidir. Ushbu standartda quyidagi standartlarga havolalar keltirilgan: O‘zDSt 581:2002 Paxta momig‘ini qayta ishlash. Atama va ta’riflar O‘zDSt 597:2008. Paxtaning texnik chigiti. Nuqsonli urug‘larning massaviy ulushini aniqlash usuli O‘zDSt 598:2008. Paxtaning texnik urug‘ligi. Namunalarni tanlash usullari. O‘zDSt 602:2008. Paxtaning texnik chigiti. Yog‘lilikni aniqlash usuli O‘zDSt 603:2008. Paxtaning texnik urug‘i. Yog‘ning kislotaviy sonini aniqlash. Standartda O‘zDSt 581 bo‘yicha atamalar qo‘llanilgan. Standartda quyidagi texnik talablar o‘rnatilgan: paxtaning texnik urug‘i to‘rtta sanoat I, II, III, IV naviga nuqsonli chigitlarning massaviy ulushiga ko‘ra bo‘linadi. Sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha paxtaning linterlangan texnik urug‘i 10.1-jadval talablariga muvofiq kelishi, paxtaning tuksizlantirilgan urug‘i 10.2-jadvalda keltirilgan talablarga muvofiq kelishi kerak. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling