Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 28-AMALIYMASHG‘ULOT MUVOFIQLIKNI BAHOLANISHINI O‘RGANISH Mashg‘ulotning maqsadi
- Sertifikatlashtirish
NAZORAT SAVOLLARI:
1. O‘zbekiston Respublikasida mahsulotni sertifikatlashtirish qaysi qoidalar asosida o‘tkaziladi? 2. Mahsulotni va xizmatlarni sertifikatlashtirishning qanday turlari mavjud? 3. Sertifikatlarni berish bo‘yicha barcha ishlarni bajarishni moliyaviy jihatdan ta’minlash qanday mablag‘lar hisobiga amalga oshiriladi? 4. Mahsulotni va xizmatlarni sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartibi nimalarni O‘z ichiga oladi? 5. Sertifikatlashtirish organi talabnoma beruvchilarga qanday axborotni taqdim etadi? 6. Akkreditlash uchun talabnomani rasmiylashtirish mahalliy va import qilinadigan mahsulotlar uchun qay tarzda amalga oshiriladi? 7. Mahsulotni sertifikatlashtirish sxemasi qay tarzda tanlanadi? 8. Sertifikatlashtirish bo‘yicha sinovlar qayerda o‘tkaziladi? 9. Sertifikatlashtirish bo‘yicha sinovlarning obektivligi uchun javobgarlik kimlarga yuklanadi? 10.Sertifikatlashtirish bo‘yicha tahlil muddati necha kundan oshmasligi kerak. 28-AMALIYMASHG‘ULOT MUVOFIQLIKNI BAHOLANISHINI O‘RGANISH Mashg‘ulotning maqsadi: Mahsulotlarni muvofiqligini tasdiqlash jarayonlarini o‘rganish. Xalq iste’moli mollari (tovarlari) uchun sertifikatlashtirishning majburiyligi iste’molchilar huquqini himoya qilish zaruriyati bilan belgilanadi. Sertifikatlashtirish lotin tilidan tarjima qilinganda “to‘g‘ri qilingan” degan ma’noni bildiradi. Mahsulot “to‘g‘ri qilingan”iga ishonch hosil qilish uchun u qanday talablarga muvofiq bo‘lishi va bu muvofiqlikning ishonchli isbotini qanday yo‘l bilan olish mumkinligini bilish kerak. Sertifikatlashtirish – bu muayyan protsedura bo‘lib, uning yordamida uchinchi taraf yozma ravishda mahsulot, jarayon yoki xizmat berilgan talablarga muvofiq ekanligiga guvohlik beradi. Bunday guvohlikning umum tan olingan usuli bo‘lib muvofiqlik sertifikati xizmat qiladi. Umumiy holda “muvofiqlik” atamasi “mahsulot (jarayon, xizmat) ga qo‘yilgan talablarga rioya qilingan” ini bildiradi. Sertifikatlashtirish orqali muvofiqlikni tasdiqlash qabul qilingan protsedura qoidalariga ko‘ra uchinchi tomonning majburiy tarzda ishtirokini nazarda tutadi. Uchinchi tomon - bu mahsulot yetkazuvchi (birinchi tomon)ga ham, uni sotib oluvchi iste’molchi (ikkinchi tomon)ga ham bog‘liq bo‘lmagan shaxs yoki tashkilotdir. Sertifikatlashtirish mahsulot (jarayon, xizmat)ning berilgan talablargi muvofiqligini isbotlovchi eng ishonchli usul hisoblanadi. Hozirgi vaqtda “mahsulot” atamasi “ faoliyat va jarayonlar natijasi” -sifatida ta’riflanadi. Bunda mahsulotning to‘rt xili belgilangan: - uskuna; - qayta ishlanadigan materiallar; - xizmatlar; - dasturiy ta’minot. Muvofiqlikning isboti muayyan qoidalardan, protseduradan va boshqaruvdan iborat u yoki bu tizim bo‘yicha o‘tkaziladi. Sertifikatlashtirish tizimi Sertifikatlashtirish tizimi umumiy holda quyidagilardan tashkil topadi: - markaziy organ, u tizimni boshqaradi va uning faoliyati ustidan nazorat olib boradi; - tizimning ishtirokchilari va a’zolari (sertifikatlashtirish organlari, sinov laboratoriyalari, nazorat organlari); - muvofiqlikni sertifikatlashtirishga oid normativ xujjatlar; - sertifikatlash protseduralari; - inspeksiya nazorati tartibi. Sertifikatlashtirish tizimlari milliy, mintaqaviy va xalqaro darajalarda amal qilishlari mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling