Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining huquqlari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 19-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining majburiyatlari
18-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining huquqlari
Muvofiqlikni baholash organlari: akkreditatsiyaning belgilangan sohasida sertifikatlashtirishni amalga oshirish; muvofiqlik sertifikatlari berish; O‘zi bergan muvofiqlik sertifikatlarining yoki muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishning amal qilishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish yoxud muvofiqlik sertifikatlarini yoki muvofiqlik haqidagi deklaratsiyani ro‘yxatdan o‘tkazishni bekor qilish; akkreditatsiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovini o‘tkazish, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash; akkreditatsiyaning belgilangan sohasida mahsulot sinovlariga oid bayonnomalarni, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash to‘g‘risidagi bayonnomalarni berish; milliy akkreditatsiya tizimi belgisini qo‘llash huquqiga ega. Muvofiqlikni baholash organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 19-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining majburiyatlari Muvofiqlikni baholash organlari: normativ-huquqiy hujjatlarda, shuningdek texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan talablarni bajarishi; manfaatdor shaxsga sertifikatlashtirish, muvofiqlikni deklaratsiyalash, inspeksiya nazorati, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya, mahsulot sinovlari, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza qoidalari va tartib-taomili to‘g‘risida axborot taqdim etishi; muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarni belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishni amalga oshirishi; O‘zi bergan muvofiqlik sertifikatlarining, mahsulot sinovlariga oid bayonnomalarning, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash to‘g‘risidagi bayonnomalarning, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazilgan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalarning hisobini yuritishi; O‘zi bergan muvofiqlik sertifikatlari va ro‘yxatdan o‘tkazilgan muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiyalar, ularga O‘zgartirishlar va (yoki) qo‘shimchalar kiritish, ularning amal qilishini to‘xtatib turish, shuningdek ularni bekor qilish to‘g‘risida Milliy sertifikatlashtirish organini xabardor qilishi; mahsulot sinovlari, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlashning belgilangan qoidalari hamda tartib-taomillariga rioya etishi; mahsulot sinovlari, o‘lchov va sinov vositalarini tekshirish yoki kalibrlash natijalarining to‘g‘riligini ta’minlashi; akkreditatsiya bilan bog‘liq xarajatlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘lashi shart. Muvofiqlikni baholash organlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling