Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari


Download 1.47 Mb.
bet84/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

5-modda. Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari
Muvofiqlikni baholashning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
muvofiqlikni baholashning yagona qoidalari va tartib-taomillarini qo‘llash;
muvofiqlikni baholash haqidagi axborotning ishonchliligi va ochiqligi;
akkreditatsiya qilingan muvofiqlikni baholash organlarining xizmatlaridan foydalanishga to‘siqlar qo‘yishga va ular o‘rtasidagi raqobatni cheklashga yo‘l qo‘ymaslik;
davlat sirlarining, tijorat sirining va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirning saqlanishi;
akkreditatsiya bo‘yicha faoliyatni sertifikatlashtirishga, muvofiqlikni deklaratsiyalashga, yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiyani amalga oshirishga, mahsulot sinoviga, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalarini berishga, ekologik ekspertiza o‘tkazishga doir faoliyat bilan qo‘shib olib borilishiga yo‘l qo‘ymaslik.
6-modda. Muvofiqlikni baholash obektlari
Muvofiqlikni baholash obektlari quyidagilardan iborat:
mahsulot;
ishlab chiqarish jarayonlari;
xizmatlar;
menejment tizimlari;
akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar;
muvofiqlikni baholash sohasida xodim sifatida ishtirok etishga talabgor bo‘lgan mutaxassislar;
muvofiqlikni baholash organlari inspeksiya nazoratidan o‘tkazilishi chog‘ida ushbu organlarning O‘zi.
7-modda. Muvofiqlikni baholashni amalga oshirish
Muvofiqlikni baholash:
akkreditatsiya qilish;
sertifikatlashtirish;
muvofiqlikni deklaratsiyalash;
inspeksiya nazorati;
yukni ortishdan oldin va (yoki) yukni tushirish vaqtidagi inspeksiya;
mahsulot sinovi;
sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya xulosalari yoki ekologik ekspertiza yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8-modda. Akkreditatsiyani amalga oshirish
Akkreditatsiya akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslarning vakolatli ekanligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Akkreditatsiya akkreditatsiya qilinishga talabgor bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning tahlili va ekspertizasini, olingan dalillarni tekshiruvlar o‘tkazish yo‘li bilan baholashni O‘z ichiga oladi.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling