29-modda. Muvofiqlikni baholash organlarining birlashmalari
Muvofiqlikni baholash organlari O‘z faoliyatini muvofiqlashtirish, shuningdek umumiy manfaatlarni ifodalash va himoya qilish maqsadida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda muvofiqlikni baholash organlarining birlashmalarini tuzishi mumkin.
30-modda. Nizolarni hal etish
Muvofiqlikni baholash sohasida yuzaga keladigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
31-modda. Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Muvofiqlikni baholash to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
32-modda. Qonun hujjatlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan O‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.
33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran olti oy o‘tgach kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2013-yil 4-oktabr,
O‘RQ-354-son
30-AMALIY MASHG‘ULOT:
MUVOFIQLIKNI BAHOLASH BOYICHA EKSPERT-AUDITORLAR FAOLIYATINI O‘RGANISH
Standartlar audit printsiplari, audit dasturlarini boshqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar, sifat menejmenti tizimlari va atrof-muhitni boshqarish tizimlari, shuningdek ushbu auditlar uchun auditorlarning vakolati bo‘yicha ko‘rsatmalar mavjud. Standart sifat menejmenti tizimlari va / yoki atrof-muhitni boshqarish tizimlarining ichki va / yoki tashqi tekshiruvlarini o‘tkazish yoki audit dasturlarini boshqarish uchun zarur bo‘lgan tashkilotlar uchun mo‘ljallangan. Standartning tavsiyalari boshqa turdagi auditlarga ham qo‘llanilishi mumkin, agar auditorlik guruhiga a'zolarining vakolatlarini belgilashga alohida e'tibor beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |