27-modda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma quyidagi hollarda bekor qilinishi mumkin:
muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi ariza bilan murojaat qilganda;
akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma soxta hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda bekor qilish sudning hal qiluv qaroriga ko‘ra, ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holda bekor qilish esa, Milliy akkreditatsiya organining qaroriga ko‘ra amalga oshiriladi.
Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organining yoki sudning akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish haqidagi qarorini olgan kundan e’tiboran o‘n kun ichida akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma Milliy akkreditatsiya organiga qaytarilishi, Muvofiqlikni baholash organlarining davlat reyestridan chiqarilishi va yo‘q qilib yuborilishi lozim.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma bekor qilinganligi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim.
Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish haqida sudning hal qiluv qarori qabul qilinganda akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnoma u berilgan sanadan e’tiboran bekor qilingan hisoblanadi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
28-modda. Muvofiqlikni baholashga doir ishlarni moliyalashtirish
Muvofiqlikni baholashga doir ishlarni moliyalashtirish manfaatdor shaxslarning mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni baholash sohasida ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun tariflarni hisob-kitob qilish tartibi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |