Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
-modda. Milliy akkreditatsiya tizimining belgisi
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
- Bu sahifa navigatsiya:
- 24-modda. Akkreditatsiya sohasini O‘zgartirish
- 25-modda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish
23-modda. Milliy akkreditatsiya tizimining belgisi
Milliy akkreditatsiya tizimi milliy akkreditatsiya tizimi belgisiga ega bo‘lib, ushbu belgi uni qo‘llovchi muvofiqlikni baholash organi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan akkreditatsiya qilinganligini bildiradi. Muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomani olish bilan bir vaqtda mazkur guvohnomaning amal qilish muddatida milliy akkreditatsiya tizimi belgisini qo‘llash huquqiga ega bo‘ladi. Milliy akkreditatsiya tizimi belgisining shakli va uni qo‘llash tartibi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan belgilanadi. Mazkur belgini qo‘llash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pulli asosda amalga oshiriladi. 24-modda. Akkreditatsiya sohasini O‘zgartirish Akkreditatsiya sohasini O‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya sohasini kengaytirishni yoki qisqartirishni so‘rab ariza bergan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi tomonidan qabul qilinadi. Muvofiqlikni baholash organining akkreditatsiya sohasini kengaytirish u bilan kelishilgan muddatlarda akkreditatsiya qoidalari va tartib-taomillariga muvofiq amalga oshiriladi. Akkreditatsiya sohasini qisqartirish bo‘yicha qaror muvofiqlikni baholash organi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga rioya etmagan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi tomonidan inspeksiya nazorati natijalariga ko‘ra qabul qilinishi mumkin. Akkreditatsiya sohasini O‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror ustidan Milliy akkreditatsiya organi to‘g‘risidagi nizomda belgilanadigan tartibda shikoyat qilinishi yoxud sudga shikoyat qilinishi mumkin. 25-modda. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Inspeksiya nazorati davomida aniqlangan nomuvofiqliklar bartaraf etilmagan taqdirda, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilishi mumkin. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish Milliy akkreditatsiya organi yoki sud tomonidan amalga oshiriladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi Milliy akkreditatsiya organi tomonidan o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga, sud tomonidan esa, o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi mumkin. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarori muvofiqlikni baholash organiga qaror qabul qilingan kundan e’tiboran uch kundan kechiktirmasdan yozma shaklda yetkaziladi. Sudning akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi hal qiluv qarori muvofiqlikni baholash organiga va Milliy akkreditatsiya organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi. Muvofiqlikni baholash organi akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turishga olib kelgan holatlarni bartaraf etgan taqdirda, akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqida qaror qabul qilgan Milliy akkreditatsiya organi yoki sud mazkur holatlar bartaraf etilganligi haqidagi tasdiqni olgan kundan e’tiboran o‘n kun muddat ichida akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida qaror qabul qilishi shart. Milliy akkreditatsiya organining akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish haqidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishini to‘xtatib turish sud tomonidan asossiz deb topilgan taqdirda, Milliy akkreditatsiya organi muvofiqlikni baholash organi oldida u ko‘rgan zarar miqdorida javobgar bo‘ladi. Akkreditatsiya to‘g‘risidagi guvohnomaning amal qilishi to‘xtatib turilganligi va qayta tiklanganligi haqidagi ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi lozim. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling