Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari


-modda. Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili


Download 1.47 Mb.
bet86/100
Sana28.12.2022
Hajmi1.47 Mb.
#1021131
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   100
Bog'liq
Mетрология услубий курсатма

13-modda. Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili
Muvofiqlikni baholash qoidalari va tartib-taomili muvofiqlikni baholash sohasidagi tashkiliy hamda texnik talablarni, ishlarni bajarish va rasmiylashtirish tartibini, usullarini O‘z ichiga oladi.
Muvofiqlikni baholashga doir ishlar xodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
Muvofiqlikni baholashga doir ishlarga sifat bo‘yicha ekspert-auditorlar va (yoki) tegishli tarmoqlarning muvofiqlikni baholash sohasida ishlarni tashkil etishga, ushbu sohadagi jarayonga yoki faoliyatga taalluqli maxsus bilim va tajribaga ega bo‘lgan texnik ekspertlar jalb qilinishi mumkin.
14-modda. Muvofiqlikni baholash natijalarini tan olish
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hisobga olingan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
2-bob. Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish
15-modda. Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiruvchi organlar
Muvofiqlikni baholash sohasini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
16-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining muvofiqlikni baholash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
muvofiqlikni baholash sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlaydi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining muvofiqlikni baholash sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirib boradi;
O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‘lgan muvofiqlikni baholash obektlari ro‘yxatini tasdiqlaydi;
Milliy akkreditatsiya organi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarining O‘zbekiston Respublikasida tan olinishi tartibini tasdiqlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
17-modda. O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligining, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasining, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining muvofiqlikni baholash sohasidagi vakolatlari
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari O‘z vakolatlari doirasida:
muvofiqlikni baholash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda ishtirok etadi;
muvofiqlikni baholash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek normativ hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasida muvofiqligi tasdiqlanishi shart bo‘lgan muvofiqlikni baholash obektlari ro‘yxatiga O‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritishga doir takliflar ishlab chiqadi;
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkazilgan muvofiqlikni baholash natijalarini O‘zbekiston Respublikasida tan olish zarurligi to‘g‘risida belgilangan tartibda takliflar kiritadi;
muvofiqlikni baholash sohasi uchun mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishda ishtirok etadi.
O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, boshqa davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.

Download 1.47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling