Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash asoslari
Download 1.47 Mb.
|
Mетрология услубий курсатма
ilgarilama standart — bir turdagi mahsulotlar guruhi texnikaviy darajasi va sifati asosiy ko‘rsatgichlariga bo‘lgan talablarni belgilovchi «Umumiy texnikaviy talablar» (O‘z DSt UTT) ko‘rinishidagi davlat standarti;
yangi mahsulot — hozirda ishlab chiqilayotgan mahsulotdan yuqoriroq texnikaviy darajasi va sifati bilan harakterlanadigan, O‘zining texnikaviy-iqtisodiy ko‘rsatgichlari yoki fan-texnika rivojlanishi istiqboli bilan zamonaviy talablarga javob beradigan mahsulot; aniq mahsulot — mahsulotning belgilangan konstruktiv-texnologik yechimlari va aniq fo‘nksional ko‘rsatkichlari qiymatini xarakterlovchi modellari; bir turdagi mahsulotlar guruhi — umumiy asosiy xususiyatlarga, umumiy funksional vazifalarga ega bo‘lgan mahsulotlar jamlamasi; mahsulot texnikaviy darajasi va sifati bosqichi (pog‘onasi) — ilgarilama standartda belgilangan bir turdagi mahsulotlar guruhi yoki aniq mahsulotning texnikaviy darajasi va sifati asosiy ko‘rsatgichlari miqdorining jamlamasi. Bir turdagi mahsulotlar guruhi (ishlab chiqarish-texnologik uskunalar, halq iste’moli mollari, jamlash (komplektlash) buyumlari, materiallar)ga ilgarilama standartlarni ishlab chiqish, bu eng yuqori darajadagi xalqaro talablarga hamda xo‘jalik yurituvchi subyektlar va iste’molchilar talablariga mos ravishda mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqarishga qaratilgan jarayondir. Bu jarayonda, birinchidan, iste’molchi (buyurtmachi)larning mahsulotning turi, texnikaviy darajasi va sifatiga bo‘lgan ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy jihatdan asoslangan talablarini qondirishga; ikkinchidan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan mahsulotlarga standartlar ishlab chiqishda ilmiy-tekshirish ishlari natijalari, fan-texnika yutuqlarini to‘liq qo‘llashga; uchinchidan, bir turdagi mahsulotlar guruhi texnikaviy darajasi va sifatining asosiy ko‘rsatgichlarini belgilash orqali, aniq mahsulotlarni yaratish va ishlab chiqishda kerakli (mo‘ljaldagi) sifat darajasiga erishiladi. Ilgarilama standartlar (O‘z DSt UTT), odatda, bir turdagi mahsulotlar guruhi asosiy ko‘rsatgichlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish jarayonida ishlab chiqiladi va ularda texnikaviy daraja va sifatning uch bosqichi o‘rnatiladi: bosqichda asosiy iste’molchining talablari asosida ilgari ishlab chikslgan mahsulotga talablar belgilanadi; bosqichda yuxori xalqaro daraja talablarida yaratilayotgan (modernizatsiya kslinayotgan) mahsulotga talablar belgilanadi; bosqichda eng yuqori darajadagi xalqaro talablar asosida istiqbolli yangi mahsulot yaratishga mo‘ljallangan talablar belgilanadi. Ilgarilama standartlarga kiritilayotgan mahsulotlarni texnikaviy darajasi va sifatining asosiy ko‘rsatgichlar sohadagi yetakchi tashkilotlar (xususan, ilmiy-tadqiqot muassasalari, standartlashtirish bo‘yicha TQ va tayanch tashkilotlar) tomonidan belgilanadi va xalqaro amaliyotdagi rivojlanish an’analariga (masalan, ISO, MEK va boshqalar standartlariga) mos bo‘lishi kerak. Yuqorida ko‘rsatilgan texnikaviy daraja va sifatning navbatdagi bosqichi amalga oshirilganda, quyi bosqich bekor qilinishi kerak. Mahsulotlar, xizmatlar va jarayonlar, ularning texnikaviy darajasi va sifatini ko‘rsatuvchi alohida parametrlari, sifat ko‘rsatgichlari va buyumlari (materiali, xomashyosi va boshqalar), ishlab chiqarish vositalari va uslublari, nazorat va sinovlar uslublari hamda boshqalar ilgarilama standartlarning obyekta hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida davlat standarti sifatida qabul qilingan xalqaro, regional MHlar ilgarilama standart sifatida qabul qilinishi mumkin. Download 1.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling