Har bir operatsiya bo‘yicha oldini oluvchi amallar ro‘yxati
Kritik nazorat nuqta. Kritik nazorat nuqta xavfli omillarni va barcha operatsiyalarni shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlari blok-sxemalarini hisobga olib aniqlanadi. Kritik nazorat nuqtalari zaruriy sharti ko‘rilayotgan operatsiyaning xavf-xatarlar alomatlarni nazorat qilish (xavfli omillarni identifikatsiyalash va (yoki) oldin oluvchi (boshqaruvchi) ta’sirlar, xavf-xatarlarni bartaraf etish yoki ruxsat etilgan darajagacha kamaytirish) bo‘lib hisoblanadi.
Kritik nazorat nuqtani “Qaror qabul qilish daraxti” usuli bilan aniqlash algoritmi keltirilgan.
Kritik nazorat nuqtalar miqdorini ziyon yetkazmasdan kamaytirish maqsadida shartlarni bajarish uchun nuqtalarni inobatga olmasdan ularning xavfsizlikni ta’minlash uchun bajariladigan shartlar quyida keltirilgan.
Oldini oluvchi ta’sirlar sanitar qoidalar va meyorlarda, qurilmalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish tizimida, sifat tizimi protseduralarida va korxonaning boshqa menedjment tizimlarida reglamentlangan va rejali tartibda tizimli amalga oshiriladi.
Nazorat nuqtalariga taalluqli bo‘lmagan oldini oluvchi ta’sirlarni bajarilishi ichki tekshiruvni o‘tkazishda davriy tekshiriladi va HACCP guruhi baholaydi. Xavfli omillarning tahlil natijalari va kriik nazorat nuqtalarini anqlash asoslangan va hujjatlashtirilgan bo‘lishi shart.
-idenifikatsiyalash mezonlari – xavfli omillar uchun;
-ruxsat etilgan (ruxsat etilmagan) xavf-xatarlar mezonlari – xaf-xatarlar alomatlarini nazorat qilish uchun;
-ruxsat etilgan chegaralar – qo‘llaniladigan oldini oluvchi ta’sirlar uchun. “Kritik chegarlar” deb nomlanuvchi kritik va ruxsat etilgan chegaralar barcha xatoliklarni shuningdek, o‘lchashlarni ham hisobga olib berilishi shart. Miqdoriy alomatlarni vizual kuzatuv bilan baholashda etalon-namunalardan foydalanish maqsadga muvofiq.
Kritik chegaralar 6 – jadvalda keltirilgan shakl bo‘yicha HACCP ishchi varag‘ida kiritladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |