O’lchashning tasodifiy xatoligi
–
bitta kattalikni qayta
o’lchashda tasodifiy tarzda o’zgaradigan, ishorasini va qiymatini
oldindan bilib
bo’lmaydigan o’lchash xatoligining tashkil etuvchisi.
Tasodifiy xatolikni paydo
bo’lishini bilib ham, oldini olib ham
bo’lmaydi.
Tasodifiy xatolik
tashqi omillar tasodifiy
o’zgarganda paydo
bo’lishi mumkin.
Tasodifiy xatolikni to’liq yo’qotib bo’lmaydi, u
har doim u yoki
bu darajada o’lchashlarning natijalarini o’zgartiradi.
Lekin o’lchashlarni qayta-qayta o’tkazish hisobiga natijaning
aniqligini oshirish mumkin.
31
O’lchashning mutlaq xatoligi
– o’lchash
natijasining
o’lchanayotgan kattalikning topilgan qiymati uning haqiqiy qiymatidan
og’ishini ifodalovchi tavsifi.
Do'stlaringiz bilan baham: