"metrologiya va standartlashtirish" fanining ma`ruza mashg’uloti
Download 0.94 Mb.
|
1 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch so‘z iboralar
- 1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari.
- «Metrologiya»
- Asosiy vazifalar
"METROLOGIYA VA STANDARTLASHTIRISH" FANINING MA`RUZA MASHG’ULOTI 1-MA’RUZA. Kirish. "Metrologiya va standartlashtirish" fanining maqsadi va vazifalari. Reja: 1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari,. 2. “Standartlashtirish to‘g’risida”. 3. “Mahsulot va hizmatlarni sertifikatlashtirish” to‘g’risida. 4. “Metrologiya“ to‘g’risida respublika qonuni, kridet modul tizimi to‘g’risida. Tayanch so‘z iboralar: kattaliklar, o‘lchamlik, o‘lchash birligi, kattalikning asosiy birligi, hosilaviy birligi, SI birliklar tizimi. kattaliklar, o‘lchamlik, o‘lchash birligi, kattalikning asosiy birligi, hosilaviy birligi, SI birliklar tizimi. 1. “Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish” fanini rivojlanish tarixi, maqsad va vazifalari. Metrologiya fan sifatida o‘lchashlar, ularga bog’liq va tegishli bo‘lgan qator masalalarni o‘z doirasiga oladi. Metrologiya aslida yunonchadan olingan bo‘lib, o‘lchash, o‘lcham, nutq, mantiq, ilm yoki fan ma’nolarini bildiradi. Umumiy tushunchasini oladigan bo‘lsak, metrologiya - o‘lchashlar haqidagi fan. «Metrologiya» - o’lchashlar, ularning birligini ta’minlash usullari va vositalari hamda kerakli aniqlikka erishish yo’llari haqidagi fandir. Metrologiya asoslari fanini o‘rganishdan maqsad: talabalarda xalq xo‘jaligining texnika-texnologiya, energetika, menejment va marketing sohalaridagi ishlab-chiqarish, savdo, nazorat va iste’mol bilan bog’liq bo‘lgan turli metrologik masalalar bilan shug’ullanish borasida yetarli bilim va malakalarni hosil qilish. Asosiy vazifalar esa talabalarni uzluksiz ta’lim tizimida metrologiya asoslari bo‘yicha tayyorlashdan kelib chiqadi. Bunda maxsus fanlar doirasida rivojlanuvchi va chuqurlashuvchi metrologiya, kvalimetriya, sifatni o‘lchash bo‘yicha fundamental ma’lumotlar o‘rganiladi. Sifat masalasi har bir ishda, u qanday ish bo‘lishidan qat’iy nazar, uning asosiy baholash kriteriyasi (ko‘satkichi) bo‘lishi kerak. Agarda har bir inson o‘z ishiga yuqori ma’suliyat bilan qarab asosiy baholash kriteriyasiga munosib ravishda ish ko‘rsa hayotimiz kundan – kunga yaxshilanib borishi turgan gap, bu esa butun mamlakat bo‘ylab sifat masalasini yuqori darajaga ko‘taradi. Metrologiyaning rivojlanish davrini uning mazmuni va mohiyatiga asoslangan holda quyidagi bosqichlarga bo‘lish mumkin: 1. Antik rivojlanish davri. 2. Stixiyali rivojlanish davri. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling