"metrologiya va standartlashtirish" fanining ma`ruza mashg’uloti
Download 0.94 Mb.
|
1 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standartlashtirishning qisqacha tarixi
2. “STANDARTLASHTIRISH” TO‘G’RISIDA.
Mazkur fan – «Elektroenergetika» bakalavriatura ta’lim yo‘nalishi uchun asosiy mutaxasislik fanlari jumlasidan bo‘lib, talabalarga standartlashtirishning xuquqiy, me’yoriy, nazariy, tashkiliy-nazorat xamda iqtisodiy jabxalari bo‘yicha asosiy tushinchalar berishni nazarda tutadi. Fanni o‘zlashtirish jarayonida talabalar standart turlari, uni ishlab chiqarish va joriy etish jarayonlari, standartlashtirishning xalq xo‘jaligidagi xamda xalqaro munosabatlardagi axamiyatli roli xaqida nazariy bilim va amaliy ko‘niikmalarga ega bo‘ladilar. “Standartlashtirish” fani matematika, fizika kabi fundamental, materialshunoslik, o‘zaroalmashinuvchanlik, asbobsozlik kabi umumtexnika xamda iqtisodiyot, ekalogiya, tabiat va mexnat muxofazasi kabi maxsus fanlarga tayangan xolda o‘zaro taraqqiyotda bo‘ladi. Standartlashtirishning qisqacha tarixi Insoniyat taraqqiyotining Xomo xabilis (tadbirkor odam) darajasidan xomo Sapiens (farosatli odam) darajasiga uning faoliyati turlari ichida ko‘zga tashlanganlaridan biri bu biz xaqli ravishda atashimiz mumkin bo‘lgan standartlashtirishdir. Qadim zamon odamlari, o‘ta qiyin tabiiy sharoitlarda xayot kechirish, ya’ni yemoq uchun xayvonlarni ovlash, o‘simliklarni iste’mol qilish va boshqa tabiat in’omlaridan foydalanishga majbur edilar. Ovlashning metod va vositalari inson «tirikchiligi» faoliyatida amalda sinalib takomillashib borish bilan birga, qabiladan-qabilaga, avloddan-avlodga me’yoriy - «standart» lar tarzida o‘tib keldi. Bunday tartiblanishuv inson faoliyatining boshqa jabxalarida xam kuzatila boshladi. Aytaylik, sovuqdan, tabiiy ofat va boshqa kutilgan va kutilmagan xodisalardan yashirinish joylarini qidirish, qurish va mustaxkamlash, xayvon mo‘ynalaridan xayotda foydalanish, po‘stin va cho‘qay tikish kabi ishlarni amalga oshira borish standart talablarining dastlabki ko‘rinishlari sifatida ijtimoiy xayot talablari ekanligini e’tirof etish mumkin. Qadimgi Misrda, Fraunlar davrida katta tarixiy inshootlar, jumladan, Misr tarixiy piramidasining qurilish jarayonida inson ishqalanish kuchini yengish, kam kuch bilan katta yukni joyidan siljitish uchun avvalo chanasimon sirpanish vositalari, keyinchalik esa g’o‘lasimon vositalarini ixtiro qildilar. Natijada og’ir yukni yengil ko‘zg’alishini ta’minlovchi aylanma xarakat orqali istalgan ilgarilanish masofasiga eltish vositasi G’ildirak paydo bo‘ldi. Doimiy o‘zgarmas o‘lchovlarga (60x60x120 sm) ga ega bo‘lgan qurilish materiallari qo‘llanilib ularning o‘lchami nazorat qilib turiladigan bo‘ldi. Quldorlik tuzumi davrlarida butun Rim imperiyasi uchun jaroxatlangan o‘q otish vositalarining elementlari o‘zaroalmashinuvchan bo‘lishi ta’minlangan edi. SHuningdek Imperiya shaxar xududi suv ta’minotida bir xil diametrli boshlang’ich diametri taxminan 95 mm, tarnov (truba) lar ishlatilib, boshqa o‘lchamlari ta’qiqlangan edi. Feodalizm tuzumi davrida, quldorlikka nisbatan taraqqiyot yanada jadallashib va juda ko‘p buyum va vositalar o‘zlarida standart elementlarini mujassamlashtira bordi. Bu borada XII-XIV asrlarda Germaniya xunarmadnchiligida yuz bergan ba’zi bir tartiblashtirilgan, masalan maxsulot sifati, ish vaqtining davomiyligi, shogirdlar soni, ish usullari va shu kabilarni belgilab qo‘yish amalga oshirildi. To‘qimachilik sanoatida 1298-yillarda sifat va o‘lcham uchun me’yorlar o‘rnatildi. 1715-yili Rossiyaning Tula qurol zavodida bir xil kalibr belgilangan. Rossiya Imperiyasining Pyotr I xukmronligi davrida XVII-XVIII asrlarda yaratilgan juda kop qurol aslaxa elementlari aniq bir xil namunalardan qilinishi belgilanib, xozirgi zamon standartlashtirilishining prototipi tarzida namoyon bo‘lgan. 1785- yili Frantsuz muxandisi Leblan 50 dona qurol-aslaxa qulflarini yaratdi, ularning xar biri boshqa qurol – aslaxalar uchun ishlovsiz tushar edi. 1846-yilda esa Germaniyada temir yo‘llar eni (koleyasi)ni va vagon ulash ilashmasini unifikatsiyasi (birxillashtirish) amalga oshirildi. 1869-yilda esa temir yo‘l relsi profili o‘lchamlari bo‘yicha standart na’munalar to‘plami chikdi. 1870 - yilda Yevropaning bir qator mamlakatlarida Standart g’ishtlar chiqarila boshladi. 1891 yilda Angliyada, keyinchalik esa boshqa Yevropa mamlakatlarida Standart burama (rezba) lar ishlab chiqarila boshlandi. XIX asrning oxirlariga kelib yevropa mamlakatlari, ayniqsa ko‘p mamlakatli Germaniyada standartlashgan deb atalishi mumkin bo‘lgan narsalar soni juda ko‘payib, F. Egelьs ta’biri bilan aytganda o‘lchash va tarozilashning turlari shunchalik ko‘pki, xatto bir yillik kunlar soniga tengdir. CHunki buning o‘ziga xos sabablari bor edi. Katta bir mamlakat ichida kichik-kichik respublikalar mavjud bo‘lib, xali umumlashgan talablar ro‘yobga chiqmagan, o‘lchovlar tasodifiy tanlangan edi. Masalan Genrix-I ma’lum uzunlikka teng o‘lcham "lokot" nomi bilan, buyuk Karl oyog’i o‘lchamiga teng birlik "fut" nomi bilan yuritilgandi. 1790-yilda Fransiyada ilk bor uzunlik birligi sifatida "metr" yaratilib, u yer meridiani chorak uzunligining o‘n milliondan birini tashkil etdi. Oradan 85 yil o‘tgach, Parij konventsiyasida xalqaro o‘lchov va tarozilov maxkamasi uzunlik birligi sifatida "metr"ni qabul qildi. Bu voqea ilmiy texnik taraqqiyotning muxim xodisalaridan biri bo‘ldi. XIX asrning oxiri va XX asrning boshlarida texnika taraqiyotida anchagina yutuqlarga erishildi, sanoat va ishlab chiqarishni yiriklashuvi vujudga keldi. Bu esa bir qator rivojlanayotgan mamlakatlarda standartlashtirishga qiziqishni kuchaytirdi. Bu mamlakatlarning ba’zilarida milliy standartlashtirish tashkilotlari paydo bo‘ldi. Standartlashtirish qo‘mitasi barpo bo‘lgan mamlakatlar orasida Angliya birinchi bo‘ldi. Qo‘mitaning asosiy vazifasi Buyuk Britaniya imperiyasi iqtisodiy saloxiyatini, ashyo– maxsulot, xarbiy texnika, buyumlariga standartlar ishlab chiqish va uni joriy etish xisobiga amalga oshirishni ko‘zlashdan iborat edi. Standartlashtirish tarixiy jarayoni taxlili shuni ko‘rsatadiki, Davlatlarning xukmronlikka intilishi, jumladan urush jarayonlari standartlashtirishni jadallashtiradi. Xususan, birinchi jaxon urushi vaqtida va uning tugallanishidan keyin bir qator mamlakatlar: Gollandiya, Germaniya, Fransiya, SHvesiya Avstriya, Vengriya, Belgiya, Italiya, Yaponiya va boshqalarda standartlashtirish bo`yicha milliy tashkilotlar tuzilgan edi. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling