"metrologiya va standartlashtirish" fanining ma`ruza mashg’uloti
“MAHSULOT VA HIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH”
Download 0.94 Mb.
|
1 maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulot xususiyati
- Sifat darajasi
- 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g’risida”, “Metrologiya to‘g’risida” va “Mahsulot va hizmatlarni
- Metrologiya to‘g’risida
3. “MAHSULOT VA HIZMATLARNI SERTIFIKATLASHTIRISH”
TO‘G’RISIDA” Mahsulot sifati deganda uning yaroqliligini aniqlaydigan xossalari majmuasiga aytiladi. Bu ta’rifdan ko‘rinib turibdiki mahsulot sifatining dastlabki sifati qilib mahsulot xususiyatlari olinadi. Mahsulot xususiyati – bu ishlab chiqarishda, ekspluatatsiyada va iste’molda yuzaga chiqadigan xislatlardir. Xar bir mahsulot bir qancha xususiyatlarni o‘z ichiga oladi. Bu xususiyatlar orqali bir mahsulotni boshqasidan farqlash mumkin. Yengil sanoat maxsulotlari turli xil materiallardan tayyorlanadi. SHuning uchun birinchi navbatda kiyimlar sifati uning qanday materialdan tayyorganligiga bog’liq bo‘ladi. Sifat darajasi – mahsulot sifatining nisbiy xarakteristikasi bo‘lib, u sifat ko‘rsatkichlar majmuasiga va asosiy ko‘rsatkichlarga asoslanadi. Asosiy ko‘rsatkichlar – bu maxsulot sifatining ko‘rsatkichi bo‘lib, sifatga baho berishda dastlabki omil hisolanadi. Mahsulot sifatiga baho berishda ikki gurux ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi: • Ob’ektiv texnik ko‘rsatkich; • Orgaleptik ko‘rsatkich. Ob’ektiv texnik ko‘rsatkich standartlar va texnik sharoitga asoslanadi. Organoleptik ko‘rsatkich balli sistema bo‘yicha baholanadi. Sifatni baholash maxsulot tayyorlashning barcha stadiyalarida olib boriladi. “Metrologiya to‘g’risida” respublika qonuni, kridit modul tizimi to‘g’risida. Ma’lumki, 1993 yilning 28 dekabrida Prezidentimiz tomonidan ketma-ket uchta, ya’ni “Standartlashtirish to‘g’risida”, “Metrologiya to‘g’risida” va “Mahsulot va hizmatlarni sertifikatlashtirish” “Metrologiya to‘g’risida”gi qonun 5 bo‘limdan iborat bo‘lib, bu bo‘limlar 21 moddani o‘z ichiga olgan. Respublikamizda metrologiya xizmatini yo‘lga qo‘yish va bunda jismoniy va yuridik shaxslarning ishtiroki va funktsiyalari, bu boradagi javobgarliklar bo‘yicha keng ma’lumotlar berilgan. Qonunda yana bir masala - davlat ro‘yxati belgisini qo‘yish to‘g’risida ham bayon etilgan. “Metrologiya to‘g’risida”gi qonunda aytilishicha, tasdiqlangan o‘lchash vositalariga yoki ularning foydalanish hujjatlariga ishlab chiqaruvchi davlat ro‘yxati belgisi qo‘yilishi shart. Ma’lumki, ishlab chiqarishdagi o‘lchash vositalarining holati va ularni vaqti- vaqti bilan qiyoslashdan o‘tkazib turish har doim e’tiborda bo‘lmoqligi lozim. Ular bo‘yicha ro‘yxatlar tuziladi va o‘lchash vositalari turkumlarining ro‘yxati “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlanadi. Ilmiy-tadqiqotlar bilan bog’liq o‘lchash vositalari, asboblari, qurilmalari hamda o‘lchovlari “Metrologiya to‘g’risida”gi qonunning 17-moddasi asosida “O‘zstandart” agentligining davriy ravishda qiyoslashdan o‘tkazilib turilishi lozim bo‘lgan o‘lchash vositalari guruhining ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu qonunning 7-moddasiga binoan, amaliy foydalanishda bo‘lgan o‘lchash vositalari belgilangan aniqlikda va foydalanish shartlariga mos holda, qonuniy birliklardagi o‘lchash natijalari bilan ta’minlashlari lozimligi alohida ko‘rsatib o‘tilgan. Download 0.94 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling