"metrologiya va standartlashtirish" fanining ma`ruza mashg’uloti


Download 0.94 Mb.
bet2/6
Sana08.05.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1441523
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1 maruza

Antik rivojlanish davri. O‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoj qadim zamonlarda yuzaga
kelgan. «O‘lchash» atamasining tom ma’nosi bo‘yicha tahlil etadigan bo‘lsak, qadimgi
davrda insoniyat asosan «organoleptik o‘lchashlar» - ya’ni, o‘zining his etish a’zolari
orqali u yoki bu fizikaviy xossa bo‘yicha taxminiy ma’lumotlar olgan. Bunda mana shu
his etish organlari o‘lchash vositasi vazifalarini bajargan. Garchand bu kabi
o‘lchashlarda aniq bir qiymat olinmasa ham, har bil o‘lchashda, aniqrog’i baholashda
muayyan bir o‘lchovga nisbatan solishtirish amalga oshirilgan. Dastlab, solishtirish
o‘lchovi moddiy bo‘lmagan, balki insonning o‘z tajribasi, zakovati va atrof-muhitni
bilish darajasiga qarab individual tarzda belgilangan. Keyinchalik ish va ozuqa topish
qurollari amalda qo‘llana borgan sari solishtirish o‘lchovlari moddiylasha borgan. Inson
kundalik hayotida har xil kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining yuzalarini,
jismlarning o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu jarayonlarning yuzaga
kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi va tajribasi asosida o‘lchay
boshlagan.
Insoniyat rivojlana borib, ish qurollarini va yashash tarzini yanada takomillashtira
borgan. Yashash va mehnat sharoitlarini yanada qulaylashtirish harakatida bo‘lgan.
Moddiy bo‘lmagan o‘lchovlar bilan ishlash noqulayligi, va individualligi tufayli, uni
moddiylashtirish yo‘llarini axtara borgan. SHu asnoda turli o‘lchash birliklari paydo
bo‘lgan.
Eng qadimgi o‘lchash birliklari – antropometrik. U insonning
muayyan a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda
kelib chiqqan. Masalan: qarich - qo‘l kafti yoyilgan holda bosh
barmoq va jimjiloq orasidagi masofa, quloch - qo‘llar ikki tomonga
yoyilganda orasidagi masofa, qadam - balog’at yoshidagi odamning
sokin odimlashidagi yurish birligi, tirsak - kaft va tirsak orasidagi
masofa, chaqirim - ochiq dala sharoitida
birining tovushini ikkinchisi eshita olishi
mumkin bo‘lgan masofa, ladon- bosh barmoqni
hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining
kengligi; fut- oyoq tagining uzunligi; pyad-
yozilgan bosh va ko‘rsatkich barmoqlar
orasidagi masofa, va hokazolar.
Metrologiyaning tarixida bu kabi birliklarni joriy etishda yirik fan yoki davlat arboblarining antropometrik
o‘lchamlarini asos qilib olish hollari ham uchraydi. Masalan, ingliz qiroli Genrix I (12-asrning boshi) yard o‘lchash
birligini (91,44 sm) joriy etgan. Bunda namunaviy o‘lchov sifatida qirolning burni uchidan oldinga cho‘zilgan
qo‘lning o‘rtancha barmog’i uchiga bo‘lgan masofa olingan.
Antropometrik o‘lchash birliklari bilan bir vaqtda tabiiy o‘lchash birliklari ham paydo
bo‘la boshlagan. Bu birliklar sifatida tabiatdagi ba’zi doimiy, o‘zgarmas hisoblangan
ob’ektlarning hususiyatlari olingan. Masalan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi
sifatida keng qo‘llanilgan, "no‘xotcha" ma’nosini anglatuvchi "karat", "bug’doy doni"
ma’nosini bildiruvchi "gran" shular jumlasidandir. Dastlabki tabiiy o‘lchovlarning yana bir
namoyondasi, hamma yerda ishlatiladigan vaqt o‘lchovlaridir. Munajjimlarning ko‘p yillik
kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat tushunchalari
ishlatilgan. Keyinchalik yerning o‘z o‘qi atrofida to‘la aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400
qismi sekund nomini olgan. Qadimgi Vavilonliklar bizning eramizgacha bo‘lgan II
asrdayoq vaqtni Minalarda o‘lchashgan. Mina taxminan ikki astronomik soat vaqt oralig’iga
teng bo‘lib, bu vaqt mobaynida Vavilonda rasm bo‘lgan suv soatidan massasi taxminan 500
grammga teng bo‘lgan "mina suv" oqib ketgan. Keyinchalik «mina» o‘zgarib, biz o‘rganib
qolgan minutga aylangan.
Keyinchalik tabiiy «o‘lchovlar» turmushda keng qo‘llana boshlandi.
SHunday o‘lchovlardan biri yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini vaqt birligi sifatida
ishlatilishidir. Jamiyatning rivojlanishi, savdo va dengiz sayohatining rivojlanishiga,
sanoatning paydo bo‘lishiga, fanning rivojlanishiga olib kelgan bo‘lsa, shu bilan birga
maxsus texnika va o‘lchash vositalarini bunyod etishga ham sababchi bo‘ldi.
Insoniyat taraqqiyot rivojlanishining ilk davrlaridanoq "moddiy" o‘lchashlar va
o‘lchash birliklarining katta ahamiyatini tushunib yetishganlar.

Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling