“Метрология ва стандартлаштириш” кафедраси


I-BOB.Namlik oʻlchash asboblari


Download 138.2 Kb.
bet4/16
Sana18.06.2023
Hajmi138.2 Kb.
#1576865
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Soha Kurs ishi

I-BOB.Namlik oʻlchash asboblari
1.1. Namlik oʻlchagichlar
Gazlar, suyukliklar va qattiq jismlar (shu jumladan, sochiluvchan jismlar, Masalan; tuproq, qum) namligini oʻlchaydigan asbob. Gigroskopik, elektr-kimyoviy, gigrometrik va psixometrik xillari bor. Gigroskopik Namlik oʻlchagichning ishi materiallar va moddalarning atrof muhitdagi namlik (suv buglari) ni oʻziga yutish xossasiga asoslangan. U gazlar va suyukliklarning namligin oʻlchashda ishlatiladi. Elektrkimyoviy namlik o’lchagich jismlardan elektr toki utkazilganda unda kimyoviy reaksiya yuz berib, namlik miqsorini oʻzgartirishga asoslangan. U bilan ham gazlar va suyukliklarning namligi oʻlchanadi. Gigrometrik Namlik oʻlchagichning ishi namlik miqdoriga qarab yogʻsizlantirilgan soch tolasining oʻz uzunligini oʻzgartirishi xossasiga asoslangan. U gazlarning namligini oʻlchash uchun ishlatiladi. Psixrometrik Namlik oʻlchagichning ishi ikki termometr (biri quruq, ikkinchisining ustiga hoʻllangan mato oʻralgan) ning koʻrsatishlar farqini oʻlchashga asoslangan. Bu ham gazlar uchun moʻljallangan. Namlik oʻlchagich larning sigʻimli, konduktometrik va yadroviy magnit rezonans hodisasiga asoslangan turlari ham bor. Bular suyukliklar va qattiq jismlar namligini oʻlchash uchun moʻljallanad.
Binobarin, litiy xlorid va uning ichidagi termorezistorning harorati atrof-muhit haroratiga hamda namligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi. Termorezistorlar qarshiligini o‘lchash uchun o‘zgarmas tok kompensatorlaridan foydalaniladi.
Sochiluvchan massalar, misol uchun, bug‘doy, sholi, dorivorlar, kimyoviy moddalar namligini o‘lchash uchun elektrostatik o‘zgartkichlar asosida namlik o‘lchagichlar ishlab chiqarilgan. Sochiluvchan material namunasi silindrsimon elektrodlar orasiga solinadi. Elektrodlar orasidagi dielektrik singdiruvchanlik o‘zgaradi va o‘zgaruvchan tok ko‘prik muvozanatini buzadi. Ko‘prik chiqishidagi kuchlanish dielektrik singdiruvchanlikka, ya’ni namuna namligiga proporsional bo‘ladi. Shuning uchun asbob o‘lchanayotgan har bir sochiluvchan massa turiga qarab darajalanadi.
Hozirgi vaqtda tuproqva boshqa sochiluvchan materiallar namligini uzluksiz o‘lchash uchun radioizotop namo‘lchagichlar qo‘llaniladi. Radioizotop manbai sifatida plutoniy-berilliy birikmalar, qabul qiluvchi uskuna sifatida sekinlashgan neytron hisoblagichlar qo‘llaniladi.



Download 138.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling