Arxiv bo’limlari – viloyatlar va Toshkent shahar hokimligining bo’limi bo’lib, joylarda davlat arxivlar faoliyatiga rahbarlik qiluvchi vakolatli davlat organlari
Kadrlarni tanlash va
joy-joyiga qo’yish – arxivda mehnat qilayotgan xodimlarning bilimi, malakasi, tajribasini hisobga olgan holda u yoki bu lavozimga joylash
Malakaviy tavsifnoma – har bir lavozimni egallash uchun zarur bo’lgan va bajariladigan vazifalar majmui
Nazariy tadqiqotlar – arxivlarda hujjatlashtirish, arxeografiya va arxivshunoslik masalalari bo’yicha olib boriladigan ilmiy tadqiqot ishlari
Amaliy tadqiqotlar – arxiv ishi ahvolini o’rganish va uni yanada yaxshilash maqsadida o’tkaziladigan tajriba va eksperimentlar
Ilmiy ishlanmalar – nazariy va amaliy tadqiqotlar yakuniga ko’ra arxiv ishini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy tavsiyalar, joriy etishga mo’ljallangan qoidalar, nizomlar va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: |