Мева кўчатзори


СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК


Download 439.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/40
Sana31.01.2024
Hajmi439.62 Kb.
#1828456
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
Bog'liq
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)

СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 
10 
 
 
 
 
 
3-rasm. sitrus ekinlari gulining tashqi ko‘rinishi: 
1-apelsinning guli; 2-limonning g‘unchalari va gullari; 3-mandarinning gullari 
Qator navlarda changchilari zaif bo‘ladi yoki ular hayotiy qobiliyatga ega 
bo‘lmagan chang donachalari shakllanadi, ularda urug‘lar faqatgina boshqa navlar 
bilan chatishgandagina hosil bo‘ladi. Kindikchali apelsinlarda bunday holatda 
urug‘ kam hosil bo‘ladi, chunki ayrim urug‘kurtaklargina otalanishga qodir 
bo‘ladi. 
Mo‘tadil mintaqa mevali ekinlaridan farqli ravishda ishlab chiqarish 
sharoitlarida sitrus ekinlarining changlanishi muammo hisoblanadi. Ayrim navlar 
changlanmasdan ham, ya’ni urug‘siz meva tuga oladi (partenokarpik). Ularga 
kindikchali apelsinlar, greypfrut Marsh, Unshiu mandarini kabi yetakchi navlari 
misol bo‘la oladi. Biroq ko‘pgina navlar muvaffaqiyatli hosil tugishi uchun 
changlanishga muhtojdir va changlanish bo‘lmasa meva tugilmaydi. Bunda barcha 
navlar o‘zini-o‘zi changlovchi bo‘lib, o‘z changi bilan mevaffaqiyatli meva tuga 
oladi (4-rasm). 
Sitruslarning gullarida otalanishga qodirlik 5 va undan ortiq kun saqlanib 
turadi. Aksariyat ekinlar singari sitruslarda ham jami gullarning kichik foizi yetuk 
meva beradi. Me’yordagi o‘sish sharoitlarida ortiqcha tugunchalarning to‘kilish 
jarayoni daraxtning kuchi va barg maydonining rivojlanishi bilan boshqa-riladi. 
Olimlarning 
hisob-kitoblari 
shuni 
ko‘rsatdiki, bir dona greypfrutning 
muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun daraxtda 50 dan 75 donagacha barg bo‘lishi talab 
etiladi. Demak, barg nisbatii bu miqdordan kam bo‘lsa hosildorlik va mevalarning 
sifati pasayadi, tugunchalarning to‘kilishi ortadi. Ortiqcha tugunchalarning maksi-
mum to‘kilishi odatda noqulay sharoitlarda (qurg‘oqchilik, ozuqa elementlarining 
keskin yetishmasligi, kasallik bilan zararlanish) gullashdan so‘ng boshlanadi. 
Rivojlanayotgan mevalarning to‘kili-shi juda katta o‘lchamlarga yetishi mumkin. 



Download 439.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling