Мева кўчатзори
СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
9 2-rasm. Limon daraxtida remontantlik: 1-har xil darajada yetilgan mevalari, 2-g‘unchalari, 3-guli. Mandarin boshqa sitrus ekinlardan farqli ravishda, kurtaklar differensiatsiyasining kech boshlanishi (fevral-mart) bilan ajralib turadi, bu esa uning sovuqlardan zararlanishini butunlay mustasno qiladi. Mazkur xususiyati, shuningdek gullarni faqatgina asosiydan emas, balki qo‘shimcha kurtaklardan ham rivojlantira olishi tufayli mandarinni subtropik mintaqaning eng shimoliy hududlarida ham yetishtirish imkoni vujudga keldi. Mandarinda kurtaklarning differensiatsiyasi hatto eng cho‘zilgan davrda ham 50-70 kundan oshmaydi. Gul shakllanishining eng kichik davomiyligi 7 kun. Gul kurtaklarining mo‘l hosil bo‘lishi uchun sitrus o‘simlik-lar yuqori ozuqa zahirasiga ega bo‘lgan holda qishki nisbiy tinim davriga ertaroq kirishi lozim. Buni hisobga olgan holda sug‘orish va o‘g‘itlash mazkur jarayonni boshqaruvchi asosiy usul hisoblanadi. Gullash davri barcha sitrus ekinlarda yetarlicha cho‘zilgan bo‘lib, 3 dan 5-7 haftagacha davom etadi, ya’ni ularning gullari bir paytda ochilmaydi. sitrus ekinlarning biologik xususiyatlarini chuqur bilish ularning o‘sishi va hosil berishini, shu jumladan gullash muddatini boshqarish imkonini beradi, bu esa yuqori iqtisodiy ahamiyatga egadir. Ko‘p hollarda bog‘bonlar apelsin, greypfrut va mandarinning yilda bir marta gullashiga harakat qilishadi. Buning aksicha, limon, laym va sitron qulay sharoitlarda yil davomida gullashi mumkin (garchi ko‘pgina hududlarda gullash jadalligi kuchli o‘zgarsa ham). Sitrus ekinlarning gullari yetarlicha yirik, ularda 5 ta gultojbarg va ko‘p sonli changchilar mavjud, changchilari ko‘pincha naycha bo‘lib birikishadi. Gullari ikki jinsli, ammo ayrimlarida urug‘chisi rivojlanmagan bo‘ladi va bunday gullar funksional erkak gul deb hisoblanadi. Ularning miqdori nav va iqlim sharoitlariga bog‘liq. Ko‘pgina tadqiqotchilarning ma’lumotiga ko‘ra, ikki jinsli gullar limonda 72,9, sitronda 16,2 va laymda 42,9% ni tashkil etgan. Limon, mandarin va boshqa turlarda ikki jinsli gullar jami gullarning atigi 10-20% qismini tashkil etgan holatlar ham kuzatilgan (3-rasm). 1 2 3 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling