Мева кўчатзори
СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
5 3 1-rasm. Citrus (1), Fortunella (2) va Poncirus (3) mevalari Sitrus ekinlarning sistematikasi va tasnifi hozirgi kunga qadar murakkab masalaligicha qolmoqda. Buning asosiy sababi shuki, Citrus L. avlodida haddan tashqari polimorfizm kuzatiladi. sitrus avlodining tasnifi bilan har xil davrda ko‘plab sistema-tik olimlar shug‘ullanishgan: Gallezio (1811), Dekandol (1824), Engler (1897), Svingl (1943), Luss (1947), Tanaka (1954). Hozirgi kunda sitrolog olimlar asosan Svingl va Tanaka sistematikasini qo‘llab-quvvatlashadi. Svingl sitrus avlodiga 16 turni kiritgan. Uning tasnifi ko‘pgina mamlakatlarda, ayniqsa Amerika va Angliyada keng tan olingan. Tanaka esa sitrus avlodiga 140 turni, shu jumladan duragay va mutant shakllarni ham kiritdi, so‘ngi yillarda esa uni yana 19 ta tur bilan to‘ldirdi. Amerikalik sitrolog olim Xodjson (1961) ikkala tizimni ham tahlil qilib shunday xulosaga keldiki, Svingl tasnifidan 16, Tanaka tasnifidan 20 turni olgan holda bu ikkala tizimni bir-lashtirish lozim va bunda Citrus avlodi 36 turni o‘z ichiga oladi. Citrus avlodi A.I.Luss (1947) tasnifiga ko‘ra 29 turni qamrab oladi. Ular ichidan quyidagi turlar madaniy holda keng tarqalgan: apelsin – C.sinensis Osb., mandarin – C.retiiculata Blanco, limon – C.limon Osb., sitron – C.medica L., laym – C.aurantifolia Sw., greypfrut – C.paradisi Macf., pompelmus (sheddok) – C.qrandis Osb. va boshqa xo‘jalik ahamiyatli turlar. Olimlar Hindiston, Xitoy va qisman Indoneziyani sitrus ekinlarning beshigi (eramizgacha 2-3 ming yil avval) deb hisoblashishadi. Hindiston va Xitoyda saqlanib qolgan juda qadimgi tarixiy hujjatlarga ko‘ra, sitrus ekinlarning mevalari o‘sha zamonlarda shifobaxsh-gigienik vosita sifatida juda mashhur bo‘lgan yoki ularni diniy-sehrli ta’sirga ega deb hisoblashgan. Hammadan ham ko‘ra, sitruslar iste’mol qilinadigan oddiy mevali o‘simlik sifatida qadrlangan. V.P.Alekseevning fikriga ko‘ra, shirin mevali navlar ancha keyinroq yuzaga kelgan. Yevropaga sitruslardan birinchi bo‘lib sitron kirib kelgan. Bir necha yuz yillar keyinroq esa (11-12 asrlar) arablar dorivor o‘simliklar sifatida noranja va limonni tarqatishgan. Portugaliyaliklar Xitoyga dengiz yo‘llarini ochgandan keyin apelsin Yevropaga tanildi, mandarin esa ancha kechroq – 19 asrning boshlarida bu yerlarga yetib keldi. Greypfrut hanuzgacha “amerika” mevasi hisoblanadi, pompelmus esa Janubiy-sharqiy Osiyodan tashqarida hali ham xo‘jalik ahamiyatini kasb eta olgan emas. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling