Мева кўчатзори
СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК
Download 439.62 Kb. Pdf ko'rish
|
SUBTROPIK VA SITRUS MEVACHILIK МАJMUA (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- III. GLOSSARIY.................................................................................
- СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 2 I. NAZARIY MATERIALLAR 1-mavzu: Kirish. Subtropik va sitrus mevalarni biologiyasi. Reja
СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 1 MUNDARIJA I. O‘QUV MATERIALLARI...............................................................2 II. MUSTAQIL TA’LIM MAShG‘ULOTLARI................................ III. GLOSSARIY................................................................................. IV. ILOVALAR.................................................................................... СУБТРОПИК ВА ЦИТРУС МЕВАЧИЛИК 2 I. NAZARIY MATERIALLAR 1-mavzu: Kirish. Subtropik va sitrus mevalarni biologiyasi. Reja: 1. Subtropik ekinlarning tabiiy sharoitlari. 2. sitrus ekinlarning kelib chiqishi va sistematikasi 3. Subtropik o‘simliklarning biologik xususiyatlari Tropik mintaqa bilan chegaradosh territoriyalar XIX asr oxiridan boshlab subtropik mintaqa deb atala boshlandi. Subtropik mintaqadagi o‘simliklarning vegetatsiyasi yil davomida kechadi, ammo issiq va sovuq davrlar bo‘yicha ularning tabiati birmuncha farq qiladi. Subtropik mintaqalarda eng sovuq oyda havoning kunlik o‘rtacha harorati 0 0 S dan past bo‘lmaydi. Bu joylarda yozda issiqlik tartiboti tropik mintaqalarning tartibotidan farq qilmaydi, ammo qishi tropik mintaqalarning qishidan farq qiladi. Subtropik mintaqalarning asosiy agroiqlim ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat: tropik mintaqa chegarasida (25 0 sh.k.) sovuqlar kuzatiladi yoki sovuq urish xavfi yuzaga keladi, mo‘tadil iqlim mintaqasi chegarasida esa (43-44 0 sh.k.) eng uzun kun 15 soat, eng qisqa kun 9 soatga teng, 10 0 S dan yuqori haroratlar yig‘indisi 3000-4000 0 S ni tashkil etadi. Subtropik mevalar uchun yil davomida ikki o‘suv davrining mavjud bo‘lishi xosdir. Eng sovuq davr havoning o‘rtacha harorati muayyan chegaragacha pasaygan paytdan emas, balki sovuqlar yuzaga kela boshlagan davrdan boshlanadi. Subtropik mintaqalarda bi-rinchi sovuqlar oktyabr-noyabr oylarida kuzatilishi mumkin, ammo bu davrda havoning harorati yetarlicha yuqori bo‘ladi. Bu davrda qish sezilmaydi, chunki barcha o‘simliklar hali yashil tusda bo‘ladi. Sovuqlar kutilmaganda boshlanadi va birinchi sovuqdan so‘ng yana 1-2 oy mobaynida issiq ob-havo qaror topishi mumkin. Biroq sovuqsiz kunlar bu davrga kelib tugaydi. Bu paytda sitruslar va paxta hosilini yig‘ib olish tugallanadi. Sovuq ob-havo dekabr- yanvarda boshlanadi va u mart yoki aprelgacha davom etadi. Subtropik hududlarda kuz va bahor go‘yoki qo‘shilib ketadi, barqaror sovuq davrli qish esa kuzatilmaydi. Kuzdan bahorgacha davom etadigan nisbatan salqin va sovuq urish xavfi kuzatiladigan mazkur davr subtropiklarda qish deb ataladi. Subtropiklarda qishda havoning o‘rtacha oylik harorati mo‘-tadil iqlimlarda kuzatiladigan darajagacha tushishga ulgurmaydi va bahor boshlanishi bilan (odatda fevralda) harorat muntazam ko‘tarila boshlaydi. Subtropiklar sovuq urish xavfi kuzatiladigan davrning mavjudiligi va termik mavsumiyligi bilan tropiklardan keskin farq qiladi, ya’ni tropiklarda bunday holat Download 439.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling