Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi
Download 35.08 Kb.
|
7. Meva-sabzavotlarni quritish texnologiyasi 7
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turshak tayyorlash usullari.
- Qaysa tayyorlash .
O‘rikni quritish
Quritishdan oldin zararkunanda bilan zararlangan, ezilgan, xom o‘riklar ajratilib, ifloslanganlari tozalanadi. O‘rik asosan 3 usulda quritiladi: turshak (danagi bilan birga quritiladi); qaysa (danagi olib quriladigan); kuraga (ikkiga yorib quritiladi). Quritish uchun o‘riklar texnik pishish davrida yig‘ishtirib olinib har qaysi nav o‘ziga xos yumshoq holda bo‘lishi talab etiladi. O‘rik qanddorligi navlariga qarab 14-20%, kislotaligi 0,3-1,1% bo‘lganda quritish uchun terishga tavsiya etiladi. Yig‘ishtirganda faqatgina terib olish lozim. Ayrim hollarda qoqib olish hollari (ishni yengillatish uchun) ham uchraydi. Qoqib olib quritish qat’iy man etiladi, chunki bunday o‘rikdan olingan turshaklarning sifati past bo‘lib, standart talabi bo‘yicha sotish imkoniyati bo‘lmaydi. Terganda ham katta bo‘lmagan (10-12 kg) yashiklarga terilishi lozim. Turshak tayyorlash usullari. Turshak tayyorlash texnologiyasi o‘rikni terib olishdan boshlab to mahsulotni standart namlikkacha quritib olish davrida bo‘ladigan barcha (terish, saralash, yuvish, dudlash, joylashtirish, saqlash) jarayonlarni o‘z ichiga oladi. Turshak tayyorlash qaysa, kuraga tayyorlashga nisbatan keng tarqalgan bulsada, narxi past bo‘lganligi sababli bu usulda asosan mayda donali hamda sifati birmuncha past bo‘lgan o‘rik navlari quritiladi. Quritish uchun terilgan o‘riklar tarkibidagi quruq modda miqdori navlar bo‘yicha (22-26%) standart talabga javob berishi lozim. Qaysa tayyorlash . Qaysa tayyorlash uchun yuqorida aytganimizdek, o‘rikning danagi olib tashlab quritiladi. Bunda yirik donali, yuqori navli o‘riklar quritiladi. Mahsulotni quritishga tayyorlash (danagini ajratish) uchun xarajat ko‘p bo‘lganligi sababli bu usul kam qo‘llaniladi. Quritish texnologik jarayoni qariyib turshak tayyorlash jarayonidan farq qilmaydi. Qaysaning bahosi turshaknikiga nisbatan ancha yuqori bo‘lganligi sababli qilingan xarajatlarning o‘rnini olingan foyda bir necha barobar ko‘proq qoplaydi. Shu sababli o‘rikni shu usulda quritishga ko‘proq e’tibor berish lozim. Bu usulda quritish uchun danagi mag‘zidan oson ajraladigan o‘rik navlari qulay bo‘lib hisoblanadi. Quritish 8-14 kun davom etadi. Standart bo‘yicha 18% li namlikda 20-28% miqdorda quruq tayyor mahsulot olish mumkin. Download 35.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling