Meva va sabzavotlarda pyure sous va qaylalar tayyorlash texnologiyasi Reja: Kirish Asosiy qism


Meva qaylalarini tayyorlash texnologiyasi


Download 118.66 Kb.
bet13/14
Sana31.01.2024
Hajmi118.66 Kb.
#1820021
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Meva va sabzavotlarda pyure sous va qaylalar tayyorlash texnolog

Meva qaylalarini tayyorlash texnologiyasi

Meva qaylalari. Qaylalar sousga o‘xshash texnologiya asosida tayyorlanadi. Shirin (o‘rik, olma, olxo‘ri, brusnika-olma, olxo‘ri-olma) va achchiq (mushmula va olchadan) qaylalar ishlab chiqariladi.
Shirin qaylalarni ishlab chiqarishda pyurega qand (18-20%) va mayda yanchilgan ziravorlar - dolchin, gvozdika (qalampirmunchoq), imbir qo‘shiladi. Mahsulotda xom ashyo turiga qarab 30-35% quruq modda mavjud.
Achchiq qaylalar tarkibiga pyure, qand (4,3%), osh tuzi, piyoz, sarimsoq, uksus essensiyasi, maydalangan ziravorlar – qora va qizil murch, gvozdika, dolchin kiradi.
Mevalar (asosan olma) va turli rezavorlar ishqalangan yoki maydalangan holda qand qo‘shib konservalanadi.
Rezavorlar yuvilib inspeksiyalangandan so‘ng ulardagi dum va shoxchalari, gulbarglari olinadi, agar keyinchalik ishqalab maydalansa 3-6 daqiqa issiq suvda blanshirlanadi. Suv miqdori meva massasidan 10-15%-ni tashkil etadi. Agar meva yirikroq o‘lchamda maydalanishi kerak bo‘lsa u holda blanshirlanmaydi.
Olmaning urug‘doni tozalab olinadi va ishqalash yoki maydalashdan ilgari unga bug‘ bilan 15 daqiqa ishlov beriladi.
Tayyorlangan meva juftlangan mashinada ishqalanadi. Birinchi korpusdagi to‘r teshiklarining diametri 2 mm, ikkinchi korpusdagisi esa 0,75-0,8 mm. Maydalash uchun reshyotkasi diametri 3-5 mm-ni tashkil etuvchi volchokdan ham foydalaniladi.
Ishqalangan yoki maydalangan massaga qand qo‘shiladi. Qandning miqdori meva turi va uning tarkibidagi quruq modda miqdoriga qarab keskin o‘zgarishi mumkin. Aralashmadagi qand miqdori o‘rtacha olma uchun 5, chernika uchun 32, qolgan rezavorlar uchun 50%-ni tashkil etadi.
Ranglovchi modda va vitaminlarni saqlab qolish uchun aralashma deaeratsiyalanadi. Buning uchun u vakuum-bug‘latish apparatida bug‘latiladi, so‘ngra shisha yoki laklangan tunuka taraga qadoqlanadi, berkitiladi, 15-60 daqiqa 95-1000S temperaturada sterillanadi va suvda tez sovutiladi.
Tayyor mahsulot tarkibida quruq modda miqdori – olma pyuresida 14%-dan yuqori, chernika pyuresi uchun 36%, qolgan tur rezavorlar pyuresi uchun 54% -dan kam bo‘lmagan chegarada me’yorlanadi.
S vitaminining miqdori qand qo‘shilgan va ishqalangan yoki maydalangan qora qorag‘atning 100 g-da 30 mg-dan kam bo‘lmasligi kerak.
Og‘ir metallarning odatdagi miqdori bo‘lishiga ruxsat beriladi.

Xulosa
Global inqiroz va pandemiya sharoitida dunyo bo‘ylab oziq-ovqat ta’minoti va xavfsizligining ahamiyati ortib bormoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha pandemiya oqibatida ocharchilikdan qiynalayotgan aholi soni hozirgidan 2 barobarga oshib, 1 milliard 600 millionga yetadi. BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) 2020 yil 29 martda e’lon qilingan
“COVID-19 va oziq-ovqat ta’minoti zanjiridagi risklar: qanday yo‘l tutmoq kerak?” nomli hisobotida ta’kidlanganidek, koronovirusga qarshi kurash doirasida jahon miqyosida ko‘rilayotgan choralar oziq-ovqat yetkazib berish zanjirida uzilishlarni yuzaga keltirib, tizimda beqarorlikni keltirib chiqaradi va oqibatda kambag‘al, qashshoq aholiga katta zarar yetkazadi. Bu ayniqsa oziq-ovqat ta’minotining muqobil manbalariga ega bo‘lmagan mamlakatlarga katta xavf soladi .
Global pandemiyaning mamlakatimiz oziq-ovqat xavfsizligiga ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Koronavirus pandemiyasi insonlar hayotiga xavf solish bilan bir qatorda butun dunyoni iqtisodiy inqirozga olib kelayotgani tobora aniq bo‘lib borayotgan bir paytda, oziq-ovqat ta’minoti masalasi kuchayib, ayrim davlatlar o‘zi yetishtirgan asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini chetga chiqarmaslik choralarini ko‘rmoqda. Shuning uchun qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish bugungi kunda eng dolzarb masalaga aylanib boryapti. Jahon banki o‘z hisobotida global inqiroz va pandemiya sharoitida Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida iqtisodiyotning o‘sish sur’atlarini ta’minlaydigan eng asosiy manbalardan biri qishloq xo‘jaligi ekanligini e’lon qilib, bu borada O‘zbekistonda imkoniyatlar kattaligiga alohida e’tibor qaratgan.
Shuningdek, mavzuga doir adabiyotlarni va boshqa ko’plab manbalarni, mutahasislarning fikrlarini o’rganib chiqib quyidagilarni taklif qilaman:

  • Meva va sabzavotlarda pyure, sous va qaylalar tayyorlash texnologiyasini ko’rib chiqish va mavjud muammolarni o’rganish va ularni bartaraf etishni;

  • Meva va sabzavotlarda pyure, sous va qaylalar tayyorlash texnologiyasinining zamonaviy usullarini o’raganishni va joriy etishni;

  • Meva va sabzavotlarda pyure sous va qaylalar tayyorlash texnologiyasida resurstejamkor, innovatsion texnologiyalarni amaliyotga tadbiq etishni;

  • Pandemiya sharoitidagi xalqaro iqtisodiy inqiroz oqibatlari ta’sirini hisobga olgan holda barcha shart-sharoit va imkoniyatarni o’rganib chiqishni.

  • Qishloq xo’jaligidan samarali foydalanish uchun investetsiyalar joriy etishni

  • Oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqaruvhchilarni xalqaro sertifikatlar bilan taminlash tizimini yo’lga qo’yishni

  • Ishlab chiqaruvchilarning xalqaro sertifatlarga ega bo’lishi uchun ularga ba’zi imtiyozlar yaratishni

  • Logistika tizimini yaxshilashni

  • Qishloq xo’aligi imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun rivojlangan mamlakatlar tajribasini o’rganish va foydalanishni

  • Sohaga yuqori texnologiyalarni va xalqaro malakali mutahasislarni jalb qilishni.



Download 118.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling