Meva va uruglarning tashqi omillarsiz tarqalishi
Download 0.57 Mb.
|
Meva va uruglarning tashqi omillarsiz tarqalishi
Quruq mevalar:
A-yong’oq; B-yong’oqcha; D-don; E-pistacha; F-murakkab yong’oqcha; G-hakalak (eman); H-qanotli; I-ikki qanotli; J-yertut murakkab yong’oqcha mevasi. 88-rasm. Ko’p urug’li quruq mevalar: A-bargak; B-murakkab bargak; D-dukkak; E-qo’zoq; F-bo’g’imli qo’zoq; G-qo’zoqcha; H-I-J-ko’sak. Ko‘sak meva - ikki yoki bir nechta meva barglarining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan, ko‘p urug‘li quruq meva. Ko‘sak mevalarning ochilish yo‘llari: teshikchalar yordamida (ko‘knorda Papaver); qopqoqchasi bilan (mingdevonada - Hyoscyamus); tishchalar yordamida (chinniguldoshlarda Caryophyllaceae); chanoqlar yordamida (g‘o‘za - Gossypium va bangidevona - Datura) bo‘ladi. Yong‘oq va yong‘oqcha - meva qati qattiq yog‘ochlangan, bir urug‘li, ochilmaydigan quruq meva. Yong‘oqcha mevasi yong‘oqnikidan kichik bo‘ladi. Yong‘oq meva o‘rmon yong‘oq o‘simligida, yong‘oqcha mevasi esa hiloldoshlar oilasida mavjuddir. Don - ikkita meva bargchasining birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan, ochilmaydigan quruq meva. Meva qati urug‘ po‘sti bilan birikib o‘sgan. Ma’lumki, bug‘doy (Triticum), sholi (Oryza), suli (Avena), arpa (Hordeum) mevalari don hisoblanadi. Qanotcha - meva yonligi terisimon, uning ekzokarp qavati yaxshi rivojlangan pardasimon qanotcha hosil qilgan (qayrag‘och-Ulmus). Urug’ deb o’simliklarning tarqalishiga, ko’payishiga xizmat qiluvchi generativ organga aytiladi. Urug’ urug’ kurtakda ro’y bergan qo’sh urug’lanish jarayonidan keyin rivojlanib hosil bo’ladi. U o’zida bo’lg’uvchi o’simlikning barcha qismlarini ildiz, poya va bargini saqlagan bo’ladi. Bu qismlar qo’sh urug’lanish jarayonidagi tuxum xujayraning otalanishidan hosil bo’lsa, zapas oziq moddalar to’planadigan epdosperm markaziy xujayraning otalanishidan hosil bo’ladi. Urug’ po’sti urug’kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Tabiatda urug’lar turli - tumandir. Ularning og’irligi milligramdan 15 kg gacha bo’ladi (palma). 2. Urug’ning shakli, o’lchami, rangi turlichadir. Har qanday urug’ quyidagi qismlardan tashkil topgan bo’ladi. Urug’ po’sti, murtak va zapas oziq moddalar saqlanuvchi qism. Zapas oziq moddalarning saqlanishiga qarab urug’larni uchta guruhga ajratish mumkin. 1. Endospermli urug’lar. 2. Endospermsiz urug’lar. 3. Perisperimli urug’lar. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling