Meva va uruglarning tashqi omillarsiz tarqalishi
O’simliklarning ko’payishi, usishi va rivojlanishi
Download 0.57 Mb.
|
Meva va uruglarning tashqi omillarsiz tarqalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Jinsiz ko’payish. 2. Jinsiy ko’payish. 3. Vegetativ ko’payish.
- N. V. sitsin
2.2 O’simliklarning ko’payishi, usishi va rivojlanishi
Ko’payish barcha tirik organizmlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanib, uning mohiyati o’ziga o’xshash nasl qoldirish xususiyatidir. Natijada har bir turning saqlanishiga, tiklanishiga va ko’payishiga sabab bo’ladi. Turlarni ko’payishi hayotida ba’zi o’simliklarda bir marta ayrimlarida bir necha marta bo’lishi mumkin. Ayrim bir xujayrali o’simlilkar bir yilda bir necha marta ko’paysa, ayrimlari ikki yilda, ayrim ko’p yillik o’simliklar - bambuk, agovalar hayotida bir marta ko’payadi. O’simliklarning ko’payishini quyidagi turlari mavjud. 1. Jinsiz ko’payish. 2. Jinsiy ko’payish. 3. Vegetativ ko’payish. 2. Vegetativ ko’payish. Vegetativ ko’payishda yangi organizm vegetativ organlarning va vegetativ xujayraning hisobiga hosil bo’ladi. Vegetativ ko’payish tabiatda keng tarqalgan bo’lib, bir xujayrali organizmlarda xujayraning teng ikkiga bo’linishi, ko’p xujayrali suv o’tlarida tollomini bo’linishdan, zamburug’larda mitseylining bo’linishdan hosil bo’ladi. Ko’p yillik gulli o’simliklarda vegetativ ko’payish kurtakdan, ildizdan, poyadan, bargdan va ularning metamorfozidan vujudga keladi. Tabiatda gulli o’simliklar: itburun, pechak kabi o’simliklar ildizlar vositasida, lola, liliya, chesnok, piyoz kabilar piyozboshlar vositasida qulupnay, ayiqtovon, g’ozpanja kabi o’simlilklar poyalari, kartoshka tuganaklari vositasida ko’payadi. Vegetativ usulda ko’payuvchi o’simlilkarning ko’pchiligi qishloq xo’jaligi ekinlari orasida begona o’t hisoblanadi. Payvadlash mevali o’simlilkarni yaxshi navlik xususiyatini saqlab turuvchi asosiy vegetativ ko’paytirish usulidir. Masalan: Olma, nok, shafttoli, gilos kabi o’simliklar payvandlash yo’li bilan ko’payadi. O’simliklarning yovvoyi turlariga madaniy navlarni payvandlash asosida ularnig sovuqqa va kasallikka chidamliligi ortiriladi. Payvandlash 2 turga bo’linadi: 1. Kurtak payvand. 2. Qalamcha payvand. Kurtak payvandda payvandtak T shaklida kesilib unga kurtak o’tkaziladi. Qalamcha payvandning 100 dan ortiq tur mavjud bo’lib, qalamcha 3-4 ta kurtakka ega bo’lishi kerak. Payvandlashda bir turdagi o’simliklar tezda tutib ketadi. Masalan: Sibir olmasini, o’rmon olmasi bilan payvandlash. Har xil oilaga kiruvchi o’simliklarni payvandlashda ham yaxshi natijalar olingan. Masalan: michurin limon va nokni payvandlab uni doimiy yashil rangda bo’lishiga olib keladi. N. V. sitsin akatsiyaning ildiziga no’xotni payvand qilgan. Respublikamizda yantoq ildiziga tarvuz urug’ini ekib undan hosil olish mumkin. Jinsiy va jinsiz yo’l bilan ko’payish bir biri bilan uzviy bog’liq bo’lib, jinsiz ko’payishda turlar soni ortsa, jinsiy yo’l bilan ko’payganda turning sifati yaxshilanib boradi. Ko’pchilik o’simliklarda jinsiy va jinssiz usulda ko’payish doimiy ravishda almashinib boradi. 4. Jinssiz ko’payish. Jinssiz yo’l bilan ko’payish sporalar va z00sporalar hosil qilish yo’li bilan amalga oshadi. Ular murtakni o’zida saqlagan bo’lib, turlicha kelib chiqadi. Sporalar quruqlikda o’suvchi o’simliklarga xos bo’lib, sporangiyda hosil bo’ladi. Z00sporalar - z00sporangiyda hosil bo’lib, unda harakatni ta’minlaydigan xivchini mavjudligi bilan sporalardan farq qiladi. Ular zamburug’lar suv o’tlari uchun xosdir. Spora mug’or zamburug’ida sporongiyda hosil bo’lsa, pensilium zamburug’ida konidiya bandida hosil bo’ladi. Sporani sitoplazmasi zapas oziq moddalarga boy bo’lib, spora po’sti qalin kutin moddasi bilan to’yingan bo’ladi. Spora va z00sporalar qulay sharoitga tushganda jinsiy jarayonsiz yangi organizm hosil bo’ladi. Jinsiz ko’payishning xarakterli xususiyati, bir organizmda minglab spora hosil bo’lib ularni turini oshishiga olib keladi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling