Meva va uruglarning tashqi omillarsiz tarqalishi
Endospermsiz urug’larning tuzilishi
Download 0.57 Mb.
|
Meva va uruglarning tashqi omillarsiz tarqalishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Endospermli urug’larning tuzilishi.
- Urug’ning otalanmasdan rivojlanishi.
Endospermsiz urug’larning tuzilishi. Endospermsiz urug’lar ikki pallali o’simliklar uchun xos bo’lib (dukkakdoshlar, murakkabguldoshlar, krestguldoshlar, gulxayridoshlar, atirguldoshlar) quyidagi qismlardan tashkil topgan bo’ladi.
1. Urug’ po’sti. 2. Murtak. 3. Urug’palla Urug’ po’sti, urug’ kurtakdagi integumentning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Ikki pallalilarning urug’ po’sti ayrimlarida tericha, ayrimlarida parda, ayrimlarida yogochlangan bo’ladi (uzum). Urug’ po’stining rangi oq, qo’ng’ir,, qizil va qora ranglarda bo’lishi mumkin. Urug’ po’stining yuzasi silliq yoki g’adir - budir (no’xat) tukchali (g’o’za, terak, qoqio’t) bo’ladi. Bu o’zgarishlar urug’larning tarqalishiga va tuproqka joylashib olishga xizmat qiladi. Murtak urug’nig asosiy qismi hisoblanadi. U otalangan tuxum xujayraning rivojlanishidan hosil bo’ladi. Murtakda, murtak kurtakchasi, murtak ildizchasi joylashgan bo’lib, uning rivojlanishi-dan bargli poya va o’q ildiz hosil bo’ladi. Urug’larda zapas oziq moddalar to’planib u o’simlikning birinchi bargi hisoblanadi. Endospermli urug’larning tuzilishi. Endospermli urug’lar g’allaguldoshlar, lolaguldoshlar va qiyoqdoshlar oilasi vakillari uchun hosdir. Endosmpermli urug’lar quyidagi qismlardan tuzilgan bo’ladi. 1. Urug’ po’sti. 2. Endosperm. 3. Murtak. Qalqoncha bir pallali urug’lar uchun xarakterli organ hisoblanadi. Uning asosiy funksiyasi endospermadagi zapas oziq moddalarni diostaza fermenti ta’sirida parchalab murtak qismiga o’tkazib berishga xizmat qilishdir. Ayrim o’simliklar endosperm o’rniga zapas oziq moddalarni peresperm qismida to’plash xususiyatiga ega bo’ladi. Perisperm urug’kurtakning nutsellus qismidan hosil bo’ladi. Perisperimning farqi uning tarkibida oqsil va yog miqdori kamroq bo’lib, asosiy qismini kraxmal tashkil qiladi. Perisperm hosil qilish chinnigul, lavlagi, shura, olabuta uchun xosdir. Urug’ning otalanmasdan rivojlanishi. O’simliklar dunyosida urug’ning hosil bo’lishi va rivojlanishi har doim yukoirdagi qonuniyatga amal qilavermaydi. Ayrim o’simliklarda urug’ va meva otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug’ va mevani otalanib hosil bo’lishi amfimiksis deyladi. Apomiksis jarayonida urug’ va mevalar urug’ kurtaklarning nutsellusidan urug’kurtak po’stidan, sinergiddan hosil bo’ladi. Urug’ murtak qismining hosil bo’lishida quyidagi jarayonlar buzilishi mumkin. 1. Partenogenez - murtaknnig otalanmagan tuxum xujayradan hosil bo’lishi (qoqio’t). 2. Apogamiya - murtakning tuxum xujayra o’rniga sinergid va antipodning rivojlanishidan hosil bo’lishi (zubturum, sarimsoq piyoz) 3. Aposporiya - murtakni nutsellusning yoki urug’kurtak po’stining rivojlanishidan hosil bo’lishi. 4. Poliembrioniya - urug’da bitta murtak o’rniga bir necha murtak hosil bo’ladi. masalan: limon, apelsin, mandarin. 5. Partenokarpiya - urug’siz meva hosil qilish. Bunday o’simliklarda vegetativ, usulda ko’payishi yaxshi rivojlangan bo’ladi. Masalan: mandarin, apelsin, nok, uzumda. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling