Mexanik asfiksiya


Download 28.41 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi28.41 Kb.
#1563010
Bog'liq
MEXANIK ASFIKSIYA


MEXANIK ASFIKSIYA

Asfiksiyaning kechishi 5 davrga bo’linadi:


1) asfiksiya oldi davri;
2) xansirash davri;
3) nafas olishning qisqa muddatga to’xtash davri (pauza davri);
4) terminal nafas olish davri;
5) nafas olishni to’lig’icha to’xtash davri.

Asfiksiya oldi davrida nafas olish qisqa muddatga (10-15 sekund) to’xtaydi. Ba’zan tartibsiz harakat qilishi mumkin. Bu davrda asfiksiyaning hech bir belgisi kuzatilmaydi.


Ikkinchi davrda organizmda karbonat angidrid yig’ilgani va kislorod kamaygani uchun nafas olish tezlashadi. Avvalo nafas olish chiqarishga qaraganda ancha chuqur va davomli bo’ladi. Bunga inspirator xansirash deyiladi. Taxminan bir minutdan keyin inspirator xansirash ekspirator xansirash bilan almashinadi. Bunda nafas chiqarish nafas olishga qaraganda ustunlik qiladi. Bu davrning oxirida
kuchli klonik talvasalanish boshlanib o’ziga bog’liq bo’lmagan holda axlati va siydigi ajraladi. Pauza davrida nafas olish to’xtaydi, reflekslari, og’riqni sezish va taktil sezuvchanligi yo’qoladi, ammo yurakning qisqarishi saqlanadi. Bundan keyin terminal nafas olish davri boshlanadi. Bu davrda havo etishmovchiligi tufayli tez va kalta-kalta nafas olish kuzatiladi. Bu davr tugagach, beshinchi davr nafas olishning to’liq to’xtashi ko’zga tashlanadi. Bu davrda yurak urishi tezlashadi va kuchsizlanib, ko’pincha asfiksiya boshlangan davrdan 5-8 minut o’tgach to’xtaydi, o’lim sodir bo’ladi. Ko’pincha nafas olish to’xtagandan keyin ham yurak urishi 15-30 minutgacha davom etadi. Yuqorida ko’rsatilgan vaqt asfiksiyaning turi, rivojlanishining ayrim holati va organizmning individual xususiyatlariga qarab o’zgarishi mumkin.
Asfiksiyaning rivojlanish jarayonida qon aylanish keskin buzilishi ko’zga tashlanadi. Yurak muskullariga o’tkir kislorod etishmasligidan yurakning qisqarishi susayadi hamda arterial bosim kamayadi. O’pkadan qonni oqib ketishi qiyinlashishi tufayli yurakning o’ng tomoni qon bilan to’lib, g’ovak venalardan qonni oqib ketishi qiyinlashadi. Buning natijasida venoz sistemasi qon bilan to’lishib ichki organlar to’laqonli bo’lib qoladi. Ayrim yurak-qon tomiri kasalliklarida asfiksiyaning o’tishi yurakning to’xtab qolishi nafas olishning to’xtashiga qadar sodir bo’ladi.
Mexanik asfiksiyada markaziy nerv sistemasi funktsiyasining og’ir buzilishi bilan birga davom etadi. Asfiksiyaning birinchi minuti oxiri va ikkinchi minutining boshida xushini yo’qotadi, bo’yin tomirlari siqilganda, ayniqsa osilish paytida yanada oldinroq xushini yo’qotish kuzatiladi. Agar asfiksiya sekinlik bilan rivojlansa xushini yo’qotish bilan birgalikda ko’rish, eshitish hamda og’riqni sezish qobiliyati ham yo’qoladi.
Mexanik asfiksiya uchun barcha mushaklarda qisqarishlar (talvasalar) tufayli va aktiv harakat qilish qobiliyatini yo’qotilishi ham xarakterli hisoblanadi. Ichak va siydik pufagi silliq mushaklari qo’zg’aluvchanligi oshishi hamda sfinktorlarning kuchsizlanishidan odamni o’ziga bog’liq bo’lmagan holatda axlati va siydigini chiqib ketishi kuzatiladi. Shu sababga ko’ra erkaklar spermasi ham
ajralishi mumkin.

Asfiksiyaning belgilari. Mexanik asfiksiyadan o’lganda murdani tekshirishda qator belgilar kuzatiladi. Ammo bu belgilar umumasfiksik deb atalib, faqatgina mexanik asfiksiyadagina emas, balki o’lim birdaniga sodir bo’lganda (masalan, yurak-qon tomiri sistemasi kasalliklari, elektr tokidan jarohatlanish va to’satdan o’lim) ham kuzatilishi mumkin. Shu bilan bir qatorda ko’pgina hollarda shu belgilar mexanik asfiksiyadan o’lgan murdalarni tanasida topilmasligi ham mumkin. Bunday hollarda aniqrog’i umumasfiksik belgilar emas, balki tezda sodir bo’ladigan o’limning belgilari deb gapirish to’g’ri bo’ladi.


Asfiksiyaning belgilari 2 guruhga: tashqi va ichki belgilarga bo’linadi. Asfiksiyaning tashqi belgilariga quyidagilar kiradi:
1. Ko’zning biriktiruvchi pardasiga mayda nuqtali qon quyilish. Ular ko’p yoki alohida bo’lishi mumkin. Ko’pincha kon’yunktivaning o’tuvchi burmasida joylashadi. Uzoq davom etuvchi asfiksiyada qon quyilishlar ko’z qovog’i terisi, yuzi, bo’yni, ko’kragining yuqori qismi, og’iz shilliq pardasida (bu belgi venoz bosimning oshib ketishi, gipoksiya tufayli tomir devori o’tkazuvchanligining oshishidan darak beradi) ko’zga tashlanadi.
2. Yuzini ko’karishi - ko’p uchraydigan, ammo doimiy bo’lmagan belgi; u murdaning pastki qismiga qonni oqishi tufayli o’lgandan keyin dastlabki birinchi soatda yo’qoladi; boshqa tomondan, murdani yuzi bilan pastga qaratib qo’yilganda ko’karish mexanik asfiksiya bilan bog’liq bo’lmagan holda ham kuzatilishi mumkin.
3. Tarqalgan intensiv to’q-binafsha murda doglarining paydo bo’lishi. Ularning intensivligi qonning suyuq holatda bo’lishiga bog’liq va shuning uchun ham tananing pastki qismida qon almashinuvi buzilishi tufayli ko’zga tashlanadi; murda dog’larining bunday holati o’lim tez sodir bo’lgan barcha hollarda kuzatilib, bu belgining diagnostik ahamiyati uncha muhim emas.
4. O’ziga bog’liq bo’lmagan holda axlati, spermasi va siydigining chiqishi.

5. Ko’z qorachig’ining kengayishi.


6. O’limning belgilarini erta paydo bo’lishi va murdaning tez chirishi.


Asfiksiyadan o’lganlikning ichki belgilariga quyidagilar kiradi:


1. Qonning suyuq va xira bo’lishi. Bu doimo uchraydigan belgi bo’lib, qonning tarkibidagi fibrinogenni erishi bilan bog’liq.


2. Yurakning o’ng tomoni va unga kelib quyiladigan katta qon tomirlarining to’laqonligi. Bu kichik qon aylanish doirasida qon aylanishning qiyinlashuvi bilan bog’liq.
3. Ichki organlarning to’laqonligi. Bu holat kichik qon aylanish doirasida qon bosimining oshib ketishi tufayli ichki organlardan qonni oqib ketishi qiyinlashuvi tufayli yuzaga keladi.
4. Taloqning kamqonligi – bu belgi kamroq uchraydi, ammo asfiksiyaning boshqa belgilari bilan birgalikda mexanik asfiksiyadan o’limning diagnostikasida foydalaniladi.
5. Plevra va epikard tagida mayda qon quyilishlar bo’lishi. Bunga Tarde dog’lari deyiladi. Bu qon quyilish kapillyarlarning to’la qonligi va kapillyar bosimining oshib ketishi tufayli sodir bo’ladi.
6. Alveolalar emfizemasi va o’pka shishi. Alveolalar emfizemasi xansirash paytida yuzaga kelib, alveolalar chegara devori uzilganda oralik emfizema ham rivojlanishi mumkin. Organlar to’laqonligi, qon tomirlari devori o’tkazuvchanligi oshishi, qon aylanish doirasida qonning dimlanishi tufayli o’pka shishi kelib chiqadi.
Shunday qilib, umumasfiksik belgilar ko’pligiga qaramasdan ular ichida mexanik asfiksiya uchun doimiy birorta xarakterli belgi yo’q. Shuning uchun ham mexanik asfiksiyadan o’limning diagnostikasida faqat barcha ko’rsatilgan belgilar birgalikda asfiksiyaning alohida turi (strangulyatsion egatcha, bo’ynida yarimoysimon shilinishlar, burni va og’iz bo’shlig’i atrofida mayda pufakchali ko’pik bo’lganda va boshqalar) ga xos belgilar bilan qo’shilib kelgan taqdirda muhim hisoblanadi.
Osish

Tana va tana qismlarining butun og’irligi bilan bo’yindagi sirtmoqning qisilishiga osish deyiladi. Shunga ko’ra to’liq va to’liqsiz osilishlar farqlanadi. To’liqsiz osilish ancha ko’proq uchraydi va u ko’pincha odam oyog’ida, tizzasida turganda, o’tirganda va yotganda ham kuzatilishi mumkin (63-rasm.)


Odatda odam sirtmoq yordamida osilishi, ba’zan daraxt shoxlari orasida, taxtali devor taxtalari bilan bo’yin tomirlari siqilib qolishi ham mumkin. Siquvchi vosita bo’lib stulning suyanchig’i, stol yoki taburetkalar taxtasi orasida boshining og’irligi bilan o’ziga xos holatda yotganda kuzatiladi.
Sirtmoq qaysi materialdan tayyorganligiga ko’ra yumshoq, yarim qattiq va qattiq turlarga bo’linadi. Yumshoq sirtmoq sharf, bo’yin bog’i, sochiq va boshqalar farqlanadi. Ayrim hollarda kiyimlarning kirish qismi (bo’yni) ham sirtmoq vazifasini bajarishi mumkin. Yarim qattiq sirmoqqa arqon, chilvir, qayish va
belbog’lar kiradi. Qattiq sirtmoq uchun elektr simi, har xil simlardan foydalaniladi.

dengizchi, to’quvchi va boshkalarni) taxmin qilish mumkin.


Osilishda sirtmoqning holati yuqoriga ko’tariluvchi qiyshiq holda ko’zga tashlanadi. Sirtmoq tipik holatda bo’lganda, u bo’yin yuzasining oldingi yon tomonida joylashsa, tugun esa bo’yinning orqa tomonida yoki engsa qismida joylashadi. Yon tomonidan osilishda esa tugun o’ng yoki chap tomonida, atipik osilganda tugun iyagining tagida yoki yuzining pastki qismi to’g’riligida bo’ladi
Osilganda o’limning genezi
Bo’yinda sirtmoqning holatiga qarab o’pkaga havoning yoki qisman kirishi, bo’yin tomirlarining siqilishi, bo’yindagi nerv stvolining (ayniqsa adashgan va simpatik nervlar) siqilishi ko’zga tashlanadi, ba’zan umumiy uyqu arteriyasining tarmoqlanuvchi joyidagi sinokarotid tugunchaning siqilishi kuzatiladi.
Burun halkumni qisman yoki to’liq yopilishi, til ildizining yuqori va orqaga siljishi tufayli o’pkaga havo kirishining qiyinlashuvi yoki to’xtashi muhim ahamiyatga ega, ammo bu o’limning genezida asosiy emas. Tajribada isbotlanilishicha, traxeostomiya qilingan hayvonlarda sirtmoq traxeostomadan yuqorida joylashganda ham havoning o’pkaga kirishi saqlanganligi, o’lim sodir bo’lganligi, biroq xuddi sog’lom hayvonlardagi singari o’lim sekinlik bilan vujudga kelganligi ma’lum bo’lgan.
Uyqu arteriyasining siqilishi tufayli miyada o’tkir kislorod etishmovchiligi o’limning genezida muhim rol o’ynaydi. Ammo bu siqilish darajasi doimo ham bosh miyaga qonni kelishini to’liq to’xtaolmasligi mumkin. Bo’yinturuq venalar hatto nisbatan sirtmoq bilan kuchsiz siqilganda ham kalla bo’shlig’idan qonni oqib ketishi buziladi va natijasida kalla bo’shlig’ida bosimni tez oshib ketishiga sababchi bo’ladi. Agar to’lig’icha siqilmagan tomirlardan bosh miyaga qonning kelishi tezda ko’paya borsa, miya po’stlog’i va hayot uchun muhim markazlarning siqilishidan tezlikda (minutlar ichida) xushini yo’qotadi va nafas olish to’xtaydi.
Shunday qilib, kalla ichida bosimning oshib ketishi va u bilan bog’liq holda miya po’stlog’i va hayot uchun muhim markazlarning funktsiyasini o’tkir buzilishidan osilganda o’lim sodir bo’lishi mumkin.
Download 28.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling