Inersion tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:
80 foiz mayda sharchalar bilan yuklangan, barabandan, podshipniklarga o‘rnatilgan debalansli vallardan (tebratgichlardan), ularga esa barabanning yon tomonidagi devorlariga mahkamlangandir. Baraban prujinalar orqali poydevor ramalariga o‘rnatilgan. Tebratgich kojux bilan yopilgan. Debalansli valni (tebratgichni) oxirida qo‘shimcha debalanslar mahkamlangan.
Gratsion tegirmon quyidagilardan tarkib topgan:
6-markazi siljigan valga (ekssentrik valga), podshipniklar orqali (yordamida) osilgan 5-barabandan. Baraban prujinalar yordamida, poydevor ramasiga mahkamlangan, qaysiki qobiqni aylanib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi.
Markazi siljigan val (ekssentrikli val) va podshipniklarga mahkamlangan, ular esa poydevor ramasiga o‘rnatilgandir. Markazi siljigan val mufta orqali elektrodvigatelda aylanadi.
Markazi siljigan val (ekssentrikli val) va podshipniklarga mahkamlangan, ular esa poydevor ramasiga o‘rnatilgandir. Markazi siljigan val mufta orqali elektrodvigatelda aylanadi.
Tebratguvchi tegirmonlar kukunlashni ho‘l va quruq usullar bilan ochiq va yopiq sikllarda ishlashi mumkin.
OQIMLI TEGIRMONLAR
Oqimli tegirmonlar materiallarni juda mayda qilib kukunlash uchun mo‘ljallangan. Oxirgi mahsulot bo‘lagining o‘lchami 3 mkm gacha borishi ham mumkin. Bu tegirmonlar ikki gruppaga bo‘linadilar:
ketma-ket maydalash va saralash hamda aralash;
maydalash va saralash.
Birinchi gruppadagi tegirmonlar konstruktiv xossalariga ko‘ra qo‘zg‘almas qaytargichli, oqimga qarshi kamerali va soploda bosimni kamaytiruvchi; ikkinchi gruppalarga tekis gorizontal yoki vertikal kamerali va maydalovchi trubalilari kiradi.
Kukunlash kamerasi vertikal trubali bo‘lgan tegirmon ko‘rsatilgan. Ishlash vaqtida mahsulot lentasimon konveyer bilan bunkerga uzatiladi, truba orqali diffuzorga. Energiya tashuvchi (inertgaz, havo, bug‘) truba tarmog‘i orqali, kollektorga keladi va sopl sistemasi orqali, kukunlash kamerasini quyi qismiga yuboriladi. Energiya tashuvchi oqimining tezligi 100-180 m/s. Soplolar ikki qator bo‘lib joylashgan. Ular shunday joylashtirilganki, ulardan chiqayotgan energiya tashuvchi oqimlari bir-birlari bilan kesishadi.
Tekis yuzali kukunlovchi kamerali tegirmonlarda materiallar truba orqali energiya tashuvchi, taqsimlaguvchi kollektorlarga beradi va 2,5 soplolar orqali katta tezlikda kukunlovchi kameralarga yuboriladi. Kattaligi 200 mkm gacha bo‘lgan boshlang‘ich material trubalar orqali edektor bilan kukunlovchi kameralarga yuboriladi. Material zarrachalari energiya tashuvchining qarama-qarshi oqimlariga tushib, bir-biri bilan uriladi va maydalanadi.

Material zarrachalariga kukunlagich kamerasida markazdan qochma va markazga intiluvchi kuchlar ta’sir etadi. Markazdan qochuvchi kuch zarrachalarni kameraning devorlariga uloqtiradi. Zarrachalarning kichrayishi bilan markazdan qochuvchi kuchlarning ta’siri ularga kamayadi, shunda markazga intiluvchi kuchlarning ta’siri ko‘proq foydali bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |