Mexanika-mashinasozlik


-rasm. Barabanli vakuum-filtr: a- filtrni prinsipial sxemasi


Download 1.25 Mb.
bet11/21
Sana02.02.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1147664
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21
Bog'liq
Modda almashinish

3.1-rasm. Barabanli vakuum-filtr: a- filtrni prinsipial sxemasi;
b- taqsimlash kallagi; v- taqsimlash kallagining kesimi;
I- filtrlash sohasi; II- cho‘kmani suvsizlantirish sohasi; III- cho‘kmani yuvish sohasi; IV- cho‘kmani havo bilan puflash va yumshatish soxasi;
1- baraban; 2- sapfa; 3- sferik idish; 4- chayqaluvchi(tebranuvchi) aralashtirgich; 5- ichki silindr; 6- tashqi silindr; 7- filtrlovchi material; 8- to‘siqlar; 9-sektorlar; 10- taqsimlash kallagi; 11- quvurlar; 12- taqsimlash kallagining qo‘zg‘almas qismi; 13- forsunka; 14- pichoq.

Filtrning asosiy ishchi organi - sekin aylanuvchi ikki devorli silindrik barabandir. Barabanning ichki silindrini yuzasi yaxlit bo‘ladi, tashqi silindr esa g‘alvirsimon yuzali bo‘lib, unga metall to‘r tortilgan. Sim to‘r ustiga filtrlovchi material qoplanadi. Baraban ichi bo‘sh sapfalar yordamida podshipniklarga o‘rnatiladi.


Baraban yuzasining 1/3 qismi suspenziyali idishga botirilgan holatda o‘r-natiladi. Sferik idish tubiga o‘rnatilgan chayqaluvchi aralashtirish moslamasi suspenziya tarkibidagi zarrachalarni cho‘kmaga tushishining oldini oladi.
Baraban silindrlari oraligida hosil bo‘lgan halqasimon bo‘shliq uzunasiga o‘rnatilgan to‘siqlar yordamida bir xildagi bir necha sektorlarga ajratilgan. Ushbu seksiyalar barabanni 1 marotaba to‘liq aylanishi natijasida filtrlash, cho‘kmani yuvish, suvsizlantirish, ajratish va filtrlovchi materialni regeneratsiya qilish zonalaridan o‘tadi.
Barabanli filtrning ishi taqsimlash kallagi orqali boshqariladi. Ushbu moslama yordamida barabanning barcha seksiyalari vakuum, siqilgan havo va yuvuvchi suyuqlik magistrallari bilan aniq belgilangan ketma-ketlikda tutashadi.
Filtrlash bosqichida qurilmaning suspenziyaga botirilgan qismi vakuum liniyasi bilan tutashadi. Natijada sferik idishdagi filtrat filtrlovchi material orqali so‘rib olinadi, cho‘kma esa material yuzasiga yopishib qoladi. Baraban yuzasidagi cho‘kma toza suyuqlik bilan yuvilib suvsizlantirilgandan so‘ng, material yuzasidan pichoq bilan qirib tushiriladi.
Barabanli filtrlar pivo va achitqi (xamirturish) suspenziyalarini ajratishda keng qo‘llaniladi.
Diskli filtrlar ko‘p hollarda gorizontal baraban shaklida ishlanadi. Baraban markazidan ichi bo‘sh val o‘tgan bo‘lib, unga filtrlovchi elementlar to‘plami – disklar (720 dona) o‘rnatiladi. Har bir disk bir necha (710 ta) filtrlovchi sektorsimon elementlardan tashkil topgan. Sektorlar bir-biri bilan kegay (spitsa) va tortkichlar vositasida mahkamlanadi.
Har bir sektorli element ichi bo‘sh g‘alvirsimon yassi ramka shaklida ishlangan bo‘lib, filtrat chiqaruvchi shtutserga ega. Sektorlar yuzasiga konvert uslubida tikilgan filtrlovchi material (qopcha) kiydirilib, xomut bilan mahkamlanadi. Ushbu elementlar ichi bo‘sh valga o‘z shtutserlari vositasida o‘rnatiladi.
O‘ta mayda dispersion tarkibli suspenziya nasos yordamida barabanga kollektor orqali haydaladi. Kollektor patrubkalari orqali beriladigan suyuqlik disklar ustiga quyiladi. Barabandagi suspenziya filtrlovchi kopchalar orqali bosim ostida suziladi. Filtrat valga qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan silindrik kollektorga kelib tushadi va uzluksiz ravishda kelgusi operatsiyalarga uzatiladi.
Suspenziya tarkibidagi qattik zarrachalar diskka kiydirilgan material yuzasida ushlab qolinadi. Qopchalar yuzasida hosil bo‘layotgan cho‘kma qatlami barabanga berilayotgan suspenziyaning yangi porsiyasi bilan yuvib turiladi. Shu tariqa baraban tubiga yig‘ilgan cho‘kma (shlam) maxsus quvur orqali qurilmadan davriy ravishda chiqarib turiladi.
Sektorli valni doimiy aylanish tezligi 18 min-1. Vaqt o‘tishi bilan disklar yuzasidagi cho‘kma qatlami qalinlashib, filtrlash bosimi meyoridan ortib ketishi mumkin. Bu paytda valni aylanish tezligi 70 min-1 ga uzgartiriladi (davriy ravishda).
Suspenziyalarni markazdan qochma kuch ta’sirida ajratish uchun filtrlovchi sentrifugalar qo‘llaniladi. Bunday sentrifugalarning asosiy ishchi qismi perforatsiyalangan baraban bulib, uning yuzasiga drenaj turi va filtrlovchi material tortiladi. Filtrlovchi sentrifugalar davriy yoki uzluksiz rejimda ishlaydi. Asosiy valni joylashuviga ko‘ra sentrifugalar vertikal yoki gorizontal barabanli bulishi mumkin. sentrifugalarda ajratilgan cho‘kma qo‘l kuchi bilan og‘irlik va markazdan qochma kuchlar ta’sirida tushirilishi mumkin.
Filtrlovchi sentrifugalarni tuzilishi va ishlash prinsiplari cho‘ktiruvchi sentrifugalarnikiga o‘xshash bo‘ladi



Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling