1-bosqich
Filtrlovchi qurilmalarni hisoblash
Davriy ishlovchi filtrlarni hisoblash ishlari ikki yo‘nalishda bajariladi:
- filtrlash yuzasi ma’lum bo‘lgan qurilmaning ish unumdorligini hisoblash;
- qurilmaning berilgan ish unumdorligi bo‘yicha zaruriy filtrlash yuzasini aniqlash.
Texnologik liniyalarning ish unumdorligi bo‘yicha filtrlovchi jihoz turi tanlanib, ularning zaruriy soni aniqlanadi.
Filtrlash jarayonining sikli (minut) quyidagicha hisoblanadi
T = f + yuv + yor
bu yerda f- filtratsiya jarayoni vaqti; yuv- cho‘kmani yuvish uchun sarflangan vaqt; yor- yordamchi operatsiyalar (yig‘ish‚ ishga tushirish va boshqalar) vaqti.
Filtrlash jarayoni vaqti f, jarayonni ish rejimlariga ko‘ra, yordamchi operatsiyalar uchun sarflanadigan vaqtlar (yuv,yor) sanoat tajribalari asosida ishlab chiqilgan tavsiyalar bo‘yicha qabul qilinadi, masalan, yor = (0.150.25) f
Filtrlovchi qurilmaning bir sutkadagi ishchi sikllari soni
n = (24.3600)/(T.60)
Agar filtr-pressning birlik ish unumdorligi f (m3/soat) ma’lum bo‘lsa,
u holda bir siklda hosil bo‘ladigan filtrat miqdori (ish unumdorligi, m3/soat) quyidagicha aniqlanadi
Vs = 3600 fF/T
bu yerda F- filtrlash yuzasi‚ m2.
VAZIFA:
1-bosqich bo‘yicha 3.1-jadvalda keltirilgan son qiymatlaridan foydalanib barabanli quritgichning gidravlik hisobi aniqlansin.
ESLATMA:
Har bir talaba guruh jurnalidagi nomeridan foydalanib jadvalda keltirilgan son qiymatlaridan foydalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |