Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika
Download 1.33 Mb.
|
DARSLIK11
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar
XULOSALAR
Konservativ kuchlar ta’sirida bajarilgan ishlar mexanik energiyaga aylanadi va aksincha. Bunday holda, yopiq tizimda to‘liq mexanik energiya (kinetik va potentsial energiyalar yig‘indisi) doimiy bo‘lib qoladi. Bunda jismlar yopiq tizimining impulsi ham doimiy bo‘lib qoladi. Agar ochiq tizimda biron bir yo‘nalishda paydo bo‘ladigan natijaviy kuch nolga teng bo‘lsa, tizim impulsining ushbu yo‘nalishdagi tashkil etuvchisi ham o‘zgarmas bo‘ladi. Elastik to‘qnashuvda ikkala saqlanish qonuni ham bajariladi, elastik bo‘lmagan to‘qnashuvda esa faqat impulsning saqlanish qonuni bajariladi. Jism massasi - nisbiy tushunchadir (sanoq tizimiga bog‘liq). U nafaqat harakatsizlik va tortishish o‘zarota’sirining o‘lchovidir, shuningdek, jismning energiyasi o‘lchovi hamdir. Energiya va impulsning saqlanish qonunlari makro va mikroolamlarda qat'iy bajariladi va ko‘plab texnik yechimlar, shu jumladan qurol va harbiy texnika bilan bog‘liq masalalar yechimlari asosida yotadi. Nazorat uchun savollar 1. 1919 yilda ingliz astrofizigi A. Eddington Quyosh tutilishi paytida Quyosh gardishi yaqinidagi yulduzlarni kuzatdi. Bunday kuzatuv sharoiti yulduzlarning ko‘rinadigan holatiga ta’sir qiladimi? 2. Nima uchun raketalar ikki va uch bosqichli qilinadi? 3. Massasi 3 tonna bo‘lgan avtomobil 60 km/soat tezlikka ega. Uning kuzoviga bog‘langan sanoq tizimiga nisbatan kinetikasi energiyasi nimaga teng? 4. Vertolyotda 10 kg yukni 100 m balandlikka ko‘tarish orqali 1 kJ dan ortiq ish bajarish mumkinmi? 1 kJ dan kamchi? 5. Avtomobil tezligini ikki baravar oshirganda, boshlang‘ich tezlik 20 km/soat va 50 km/soat bo‘lgan holatlarda, yonilg‘i sarfi bir xil bo‘ladimi? Xuddi shu boshlang‘ich tezliklarda, uning tezligini 20 km/soatga oshirsakchi? 6. Nega yuqoriga qarab harakatlanayotganda mashina haydovchisi tezlikni uzatmalar qutisidan pastki tezlikga o‘tkazadi va pastga tushayotganda uni o‘chiradi? 7. Yadro reaktorlaridagi neytronlarni sekinlashtirish uchun, neytronlar bilan massasi neytronning massasidan 12 baravar katta bo‘lgan uglerod yadrolarining elastik to‘qnashishidan foydalaniladi. Har bir to‘qnashuvda neytron enargiyasining qanday qismini yo‘qoladi? 8. Uzun yengil ipga osilgan yog‘och sharga, karabindan gorizontal yo‘nalishda o‘q uzildi. Qaysi holatda osmaning vertikaldan og‘ishi kattaroq bo‘ladi: ip materiali po‘lat yoki rezina bo‘lganda? 9. O‘zgarmas tezlikda harakatlanadigan mashina marshrutning uzunligi teng bo‘lgan uch sohasidan o‘tadi: qavariq, gorizontal va botiq. Bu sohalardan qaysi birida yoqilg‘i sarfi maksimal? Qaysi birida minimal? 10. Arava novda ishqalanmasdan dumalayapti, uning shakli yo‘lning do‘nglik va chuqurliklarini simulyatsiya qiladi. Konservativ kuchning ishi potentsial energiyaning sarfiga teng ekanligidan foydalanib, aravaga turli nuqtalarda ta’sir qiluvchi kuchlarning yo‘nalishlarini aniqlang. Barqaror va beqaror muvozanat holatlarni aniqlang. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling