Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika
Download 1.33 Mb.
|
DARSLIK11
Amaliyotdan misollar_____________________________________________
Asteroidning Yerga elastik bo‘lmagan urilishida, Xirosimaga tushgan yadro bombasining portlashi natijasida ajralgan energiyadan katta energiya chiqarishi mumkin va global miqyosdagi oqibatlarga olib keladi. Bolg‘alash, shtamplash, poydevor qozig‘ini qoqish yoki yo‘l-transport hodisasi paytida sezilarli darajada kamroq, ammo texnologik jihatdan muhim energiya ajralib chiqadi. Harbiy harakatlarda, bunday “hodisalar” ba’zan qasddan amalga oshirilgan: ikkinchi Jahon urushi paytida sovet uchuvchilari va yapon kamikadzelari halokatga uchragan samolyotlarini dushman kolonnasi ustiga yo‘naltirishgan. Harbiy texnika tuzilmalarining mustahkamligi qurollarning yakson etuvchi ta’siriga chidamliligini, ag’darilishlar, to‘qnashuvlar va hokazolarda xavfsizlikni belgilaydi. Qadim zamonlardan buyon nishonga tegadigan elastik bo‘lmagan zarbalar qurol yordamida, tosh, qo‘rg‘oshin va quyma temirlarni uloqtirish orqali amalga oshirilgan. Hozirgi vaqtda kinetik qurol-yarog‘lar, o‘qlar, kalibrlangan zirxni teshuvchi snaryadlar, elektromagnit qurollarning snaryadlari. XVI asrda portlovchi snaryadlar ishlatila boshladi. Porox bilan to‘ldirilgan ichi kovak cho‘yan yadrolar(olov olish uchun trubkasi bilan), hozirgi davrda minalar, kassetali bombalar, granatalar, torpedalar va yadro qurollari shaklini oldi. O‘qning teshib o‘tish ta’siri uning kalibriga, massasiga, shakli va tuzilishiga shuningdek, teshib o‘tiladigan muhit materialiga bog‘liq. Tez oqim ta‘sirida, u ba’zan kutilmagan xususiyatlarni namoyish etadi, masalan, suyuqlik o‘zini qattiq va mo‘rt shisha kabi tutadi, zarbalarda parchalanadi. Shu bilan birga shisha o‘qning qobig’ini deyarli butunlay “yechib olishga” qodir, ayniqsa uchli o‘q, uchib ketgan qismida faqat kichik massani qoldirish. To‘mtoq pistolet o‘qlari past tezlikda uchayotganida bunday bo‘lmaydi. Yengil zirx qoplangan samolyotni urib tushirish uchun energiyasi 1000 J ga teng bo‘lgan o‘q kerak, odamning mag‘lubiyati uchun 80 J energiyali o‘q yetarli bo‘ladi. Merganlar miltig’i o‘qining shikastlovchi ta’siri tanasining bosh qismida biroz seziluvchi yon tomonga qiyshaytirib qo‘yilgan po‘lat yadrosi bilan kuchayadi. Chunki u tananing yumshoq to‘qimalariga kirganda yon tomonga burilib uni titib tashlaydi va unga katta shikast yetkazadi. O‘qning teshib o‘tish ta’siri 2,5 sm qalinlikdagi bir-biridan 2,5 sm masofada joylashgan qarag‘ay taxtalari yordamida aniqlanadi. Masalan, snayper miltig‘ining o‘qi 100 metr masofadan 36 ta taxtaga qadar kirib boradi. Snaryadlar nishonni zarb bilan, portlash gazlari va snaryad parchalari bilan shikastlaydi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling