Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika
Download 1.33 Mb.
|
DARSLIK11
Amaliyotdan misollar____________________________________________
1. Yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, o‘q otish paytida o‘q (snaryad) pastdan turtki oladi. Bundan tashqari, uning inertsiya markazi C havoning qarshilik kuchlari markaziga nisbatan pastga siljiydi. Natijada, snaryad o‘qi va uning traektoriyasiga urinma o‘rtasida ma’lum bir burchak yuzaga keladi. Shuning uchun havo qarshiligining kuchi o‘q (snaryad) o‘qi bo‘ylab emas, balki unga ma’lum burchak ostida ta’sir qiladi, uning oqibatlarini 4.6-rasmdan tushinib olish mumkin. Ular o‘q otilgan stvol turiga qarab farqlanadi. Silliq stvolli quroldan uchib chiqqandan so‘ng, o‘qga(snaryadga) ta’sir qiluvchi havo qarshiligining kuchi o‘qning C inertsiya markaziga nisbatan M momentni hosil qiladi. 4.6-rasm, a da tasvirlangan proektsiyada u o‘qni soat strelkasi yo‘nalishiga teskari yo‘nalishda buradi, va u ag‘darilib ketadi, bu hodisa uning uchish uzoqligi va nishonga tegishining aniqligiga ta’sir qiladi. Faraz qilaylik endi snaryad (o‘q) L impulsi momenti bilan o‘z o‘qi atrofida aylanib, qurolning narezli stvolidan uchib chiqsin, (4.6-rasmga qarang). Havo qarshiligining kuchi bu yerda ham aniq xuddi shu moment M ni yaratadi, ammo endi u butunlay boshqacha ta’sir qiladi. (4.29) formuladan kelib chiqadiki, u M vektori bilan bir xil yo‘nalgan impuls momentining o‘zgarishini yuzaga keltiradi. U L vektori bilan qo‘shilib yangi L' impuls momentini hosil qiladi(4.6-rasm, b) va o‘qning L' vektoriga to‘g‘ri keladigan aylanish o‘qi chapga buriladi. Bu mantiqqa zid ko‘rinadi: jism F kuchning ta’sir yo‘nalishi bo‘yicha harakat qilmaydi, balki unga perpendikulyar yo‘nalishda harakatlanadi. L vektorining keyingi o‘zgarishi L' vektoriga perpendikulyar bo‘ladi va hokazo. kuchining ta’siri uzluksiz va uning yo‘nalishi o‘q(snaryad)ga nisbatan o‘z o‘qining har bir og‘ishi bilan o‘zgaradi, keyin o‘q uchining aylana va uning o‘qi konus chizishini tasavvur qilish qiyin emas(3.6, a-rasmga qarang). Konusning uchi o‘qning inertsiya markaziga, uning o‘qi esa, inertsiya markazining tezlik vektori ga to‘g‘ri keladi. Har qanday aylantirilgan jismning o‘qi o‘zini xuddi shunday tutadi, masalan, konus sirtini chizuvchi pildiroq. Ushbu harakat pretsessiya deb ataladi. 2. Pretsessiya hodisasi velosipedchilar va mototsiklchilar tomonidan tushunmagan ravishda foydalaniladi, rulni burmasdan, burilish tomonga egilish natijasida, tortishish kuchining buruvchi momenti vektorini hosil qiladi, va oldingi g‘ildirakning aylanish o‘qini xuddi shu tomonga buradi. (4.6, b -rasmdan ekanligi kelib chiqadi. Shu bilan birga, (4.29) formuladan dL = Mdt ekanligini anglash mumkin. Ushbu ikkita tenglikdan biz L = Mdt ni olamiz, ya’ni pretsessiyaning burchak tezligi (4.30) Pretsessiya snaryad(o‘q) o‘qining berilgan traektoriyadan og‘ishini kamaytirishi bilan diqqatga sazovordir. Bu o‘rtacha eng yaxshi suyrilikni beradi, havoning qarshilik kuchini kamaytiradi va uchish uzoqligining va otish aniqligining oshishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu holda snaryad nishonga tasodifiy qismi bilan emas, balki bosh qismi bilan uriladi. O‘q uchun bu uning kiruvchanlik imkoniyatini, snaryad uchun – bosh qismida joylashgan portlatgich qurilmasi ishlashining ishonchliligini oshiradi. Download 1.33 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling