Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Savol. Ko‘rib chiqilgan effekt snaryadning aylanish tezligiga bog‘liqmi? Javob


Download 1.33 Mb.
bet52/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Savol. Ko‘rib chiqilgan effekt snaryadning aylanish tezligiga bog‘liqmi?
Javob. Agar burchak tezligi oshsa, u holda L" impuls momenti ham oshadi (4.6-rasm, b-rasmga qarang). Binobarin, xuddi shu kuch momenti M bir xil o‘zgarishiga nisbatan o‘qning kichikroq burilishiga olib keladi, snaryad aylanishi (3.6, b-rasmdagi uzuk-uzuk chiziq) o‘qining nisbatan kichikroq og‘ishiga olib keladi.

O‘q va snaryadlarning stvol kanalidagi ilgarilanma harakatining tezligi juda katta (200 dan 3000 m/s gacha), bundan tashqari ular juda katta aylanish tezligiga ham ega bo‘ladi, masalan, Kalashnikov avtomatida o‘q -3000 ayl/s chastotada aylanadi.




Savol. Har qanday tartibga solish sarf qilishni talab etadi(termodinamika qonunlar). Ularning snaryadga aylanma harakatni berishdagi sarfi qanday?
Javob. Stvol ichidagi narezkalar(kemtiklar)da snaryadning katta tezlikda harakatlanishi natijasida ishqalanishning keskin oshishi yuzaga keladi bu energiya yo‘qotishlarga va qurol samaradorligining pasayishiga olib keladi, xususan snaryadning boshlang‘ich tezligi va uchish uzoqligi kamayadi.


Amaliyotdan misollar_____________________________________________
Birinchi Katyushalarning snaryadlari ~ 8,5 km masofaga otilgan. Bularda snaryadlarning katta sochilishi tufayli 1943 yilda modernizatsiya qilingan versiyada snaryadlarga aylanma harakat berildi. Biroq, bu stvoldagi narez(kemrik)lar tufayli emas, balki porox gazlarning bir qismi chiqib ketadigan tanjensial teshiklar yordamida amalga oshirildi. Bunda albatta o‘t ochish zichligi keskin oshdi, ammo snaryadlarning uchish uzoqligi 7,9 km gacha kamaydi. 1944 yilda paydo bo‘lgan nemis reaktiv minomyotlarida ham snaryadlarga simmetriya o‘qi atrofida aylanma harakat berishni amalga oshirdilar.

Sarf qilishlarning ikkinchi turi quyidagicha. Butun uchish davomida snaryadga tortishish kuchi ta’sir qiladi va havo qarshiligining yuqoriga qarab yo‘nalgan komponentini hosil qiladi. 4.7 – rasm(snaryadning tepadan ko‘rinishi)dan, u M kuch momentini va snaryadning aylanish yo‘nalishi bo‘yicha yo‘nalgan impuls momenti o‘zgarishini hosil qiladi. Natijada, snaryad traektoriyadan uning aylanish yo‘nalishi bo‘yicha chetga chiqadi. Bunga derivatsiya deyiladi va u artilleriya otish jadvallarida hisobga olinadi.


Nemis matematigi va astronomi I. Bonenberger (1765-1831) tomonidan ixtiro qilingan giroskopda pretsessiya keng qo‘llaniladi. Giroskop rotori katta burchakli tezlikda aylanadi va uning aylanish o‘qi kardan osmasi tufayli tanasiga bog‘langan harakatlanayotgan vositaga nisbatan erkin harakatlana oladi, masalan raketa kabi.

Bu raketa tanasining holati o‘zgarganda, va giroskop tanasining uning rotorining aylanish o‘qiga nisbatan holatini o‘zgartiradi. Natijada yuzaga keladigan nomuvofiqlik rulga berilgan tuzatish signaliga aylantiriladi. Ushbu tamoyil raketa navigatsiya tizimlarining, kosmik kemalar, xususan teleskoplar, kemalardagi, samolyotlar, suvosti kemalari avtopilotlarining ishlashi asosida yotadi.



Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling