Mexanika, molekulyar fizika va termodinamika


Berilgan: Pa; Pa; t = 7 °C = 280 К; М = 29 g/mol = 29•10-3 kg/mol. Yechish


Download 1.33 Mb.
bet68/79
Sana18.06.2023
Hajmi1.33 Mb.
#1558196
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79
Bog'liq
DARSLIK11

Berilgan: Pa; Pa; t = 7 °C = 280 К; М = 29 g/mol = 29•10-3 kg/mol.

Yechish.Barometrik formulaga asosan

Bundan
,
Son qiymatlarini qo‘yib hisoblasak, ni olamiz.
5.3. Bo‘yi 1,7 m , ko‘kragining kengligi 0,4 m va massasi 80 kg bo‘lgan parashyutchining belgilangan tushish tezligi qanday? Agar parashyutni ancha vaqt ochmasdan tushayotganda tanasi gorizontal, qo‘llari esa ikki tomonga yoyilgan.
Berilgan:

Yechish. Parashyutchining belgilangan tushish tezligini (5.33) va (5.34) formulalar hamda 5.1 jadval yordamida aniqlash mumkin. Jadvaldan c = 0,3. Faraz qilaylik o‘rtacha kesim . Qo‘llar ikki tomonga yoyilganligini hisobga olsak, yuzani kvadrat deb olish mumkin: Bu qiymatlarning o‘rtachasini olsak, bo‘ladi. Berilgan va topilgan kattaliklarni (5.34) formulaga qo‘yib hisoblasak quyidagini olamiz ).
Izoh. Atmosferaning balandligi va holatiga bog‘liq holda parashyutchining tushish tezligi 50 — 150m/s ni , balkim undan ham ko‘pni tashkil etishi mumkin. Misol uchun, avstriyalik parashyutchi F. Baumgartner maxsus skafandrda 39 km dan boshini pastga qilib sakraganda 1343 km/soat tezlikka erishgan, bunday paytda 0°С temperaturali havoda tovushning tarqalish tezligi 1193 km/soat ni tashkil etadi.


Mustaqil yechish uuchun masalalar
5.4.Chiqarish taktida dvigatel tsilindridan atmosferaga tarkibida massasining 1,8% ga teng miqdorda uglerod oksidi bo‘lgan, 0,6 g chiqindi gazlar chiqariladi. Tirsakli valining aylanish chastotasi 1800 min-1 bo‘lgan to‘rt taktli sakkiz silindrli dvigateldan 1 s ishida atmosferaga qancha CO molekulalari chiqadi? (Eslatma: Dvigatelning ish tsikli chastotasi tirsakli vali aylanish chastotasining yarmiga teng.)
5.5. Avtomobilning pnevmatik tormoz tizimining 20 litrli tsilindrida 20 °C temperaturada havo bosimi Pa. Xavfsizlik qopqog‘i ishga tushirilganda, bosim tezda Pa gacha kamayadi. Tsilindrda undan chiqarilgan havo qancha hajmni egallagan? Tsilindrda qolgan gazning temperaturai qanday? (Eslatma: Havo molekulasini ikki atomli va o‘zaro qattiq bog‘langan deb hisoblansin.)
5.6. Suv osti sho‘ng‘uvchisi nafas olishi natijasida hosil bo‘lgan havo pufakchasining hajmi suv havzasi yuzasida bir yarim barobar oshdi. Atmosfera bosimi Pa. Suv osti sho‘ng‘uvchisi qanchalik chuqurlikda joylashgan? Temperatura doimiy deb hisoblansin.
5.7. Bir xil parashyutlarda og‘irligi 100 kg va 50 kg bo‘lgan bir xil shakl va o‘lchamdagi yuklarni tashladilar. Birinchisi 6 m/s barqaror tezlikda tushadi. Agar havoning qarshilik kuchi tezlik kvadratiga mutanosib bo‘lsa, ikkinchi yuk qanday tezlikda tushadi?
5.8. Domkrat ishlatilganda 20 litr hajmli avtomobil shinalari kamerasidagi havo bosimi Pa. Mashinani domkratdan tushirilgandan so‘ng, kameraning deformatsiyasi natijasida uning hajmi 0,5 litrga kamaydi. Havoni siqish uchun qanday ish bajarilgan?


Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling