1 atomli gaz uchun γ=1,67 (i=3)
2 atomli gaz uchun γ=1,4 (i=5)
3 atomli gaz uchun γ=1,33 (i=6)
Gaz molekulalarining tezliklari.
Ma’lumki, gaz molekulalarining ilgarilama harakati kinetik energiyasi uchun quyidagi ifodalarni yozgan edik.
(1)
(2)
bu tenglamalarning o’ng tomonlarini tenglasjtiramiz
(3)
bundan molekulalarning o’rtacha kvadratik tezligini hisoblash mumkin
(4)
Demak, gaz molekulalarining o’rtacha kvadratik tezligi absolyut temperaturadan chiqarilgan kvadrat ildizga to’g’ri proporsional.
O’rtacha kvadratik tezlik molekulalar harakatining statistic xarakteristikasidir. Haqiqatda esa temperaturaning biror T qiymatida molekulalar turli tezliklar bilan harakatlanadi. Tezlikning biror Δv intervaliga Δn molekulalar soni to’g’ri keladi.
nisbatning v tezlikka bog’liqligiga molekulaning tezliklar bo’yicha taqsimot funksiyasi deyiladi. Bu taqsimot funksiyasini birinchi marta ingliz fizigi Maksvell aniqlagan edi.
Molekulalarning eng katta ehtimolli tezligi ve deb shunday tezlikka aytiladiki, uning yaqinida birlik intervalga eng ko’p molekula soni to’g’ri keladi. Maksvell taqsimotiga binoan
(5)
14 – rasm
Quyidagi ifodaga molekulalarning o’rtacha arifmetik tezligi deyiladi
(6)
Gazlarda ko’chish hodisalari.
Gaz molekulalarining tartibsiz harakati natijasida gaz uzluksiz aralashib turadi.
Diffuziya, issiqlik o’tkazuvchanlik va ichki ishqalanish (yopishqoqlik) hodisalari gaz molekulalarining aralashib turishi bilan bog’liq bo’lib, ular umumiy nom bilan - ko’chish hodisalari deb ataladi.
Diffuziya
Bir – biriga tegib turgan ikki xil gazning aralashib ketish hodisasiga diffuziya deyiladi. Diffuziyada gazning massasi ko’chiriladi. Biror O nuqtada gaz manbai joylashgan bo’lib, gazning zichligi OX yo’nalishida kamayayotgan bo’lsin. OX yo’nalishiga perpendikulyar bo’lgan ΔS yuzani hayolan ajratib olamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |